13
KIRISH
Iqtisodiy
rivojlanishning mazmuni, omillari, o‘lchamlari va muammolarini
o‘rganish doimo iqtisodiy fanlar hamda davlat siyosatining asosiy vazifalaridan
bo‘lib kelgan. Ana shu kabi muhim masalalarni samarali hal qilish ko‘p jihatdan
kishilarning iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga hos hususiyatlari va sir-asrorlari,
ularning talab va hususiyatlari,
qonun-qoidalari, amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning maqsad va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir.
Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya
qilish va diversifikatsiyalash bo‘yicha tanlangan strategiya va inqirozga qarshi
choralar dasturni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar
qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash,
aholining moddiy farovonligini yuksaltirishga erishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul
qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni
1
da mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini
ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish
hisobiga YaIM hajmi va o‘sish sur’atlarini oshirish, olib borilayotgan islohotlar
samaradoligini ko‘tarish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi
uchun
shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab
chiqarishni
diversifikatsiya
qilish
hamda
hayotning
barcha
sohalarini
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida “2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar
strategiyasida mamlakatimizda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini
jadal rivojlantirish, YaIM hajmini ko‘paytirish, makroiqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni har tomonlama rivojlantirish va
liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi.
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida” gi PF-4947-son Farmoni. //”Xalq so'zi” 08.02.2017 y.
14
Mamlakatda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, halq farovonligini oshirish asosida, albatta,
tarkibiy
o‘zgartirishlarni
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi
tapmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning
raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi.
Butun jahonda «O‘zbek modeli» nomi bilan tan olingan o‘zimizga xos va mos
rivojlanish modeli yo‘lida dadil qadamlar bilan borayotganimiz qo‘lga
kiritilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘lmoqda.
Pirovardida iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin
ravnaq topib, mamlakatimizning nafaqat shaharlari, balki qishloqlarida ham sanoat
jadal rivojlanib bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
korxonalari barpo etilmoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning
mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari
va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi
ma’ruzasida «Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘anievich
Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq, Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab
chiqilgan taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat
barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz»,
deb ta’kidlab o‘tildi
2
.
“Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarni
iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularning
echimlari bilan tanishtirish hamda ularga iqtisodiy rivojlanish nazariyalarini
o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifalari - iqtisodiy rivojlanishto‘g‘risidagi turli xil nazariya va
qarashlar; iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga hos hususiyatlari;
iqtisodiy rivojlanish
2
Sh.M.Mirziyoev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi. 15.01.2017
y.
15
mexanizmlarining amal qilish qonuniyatlari; iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda
davlat siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari; iqtisodiy rivojlanishning xorij
tajribasi kabi bilimlar bilan talabalarni qurollantirishdan iborat.
“Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari” fani fundamental fanlardan biri bo‘lib,
boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu fanni o‘rganish jarayonida o‘qitishning ochiq, muammoli va vizual
ma’ruzalar o‘tkazish, insert, klaster va aqliy hujum kabi ilg‘or
pedagogik hamda
axborot texnologiyalari qo‘llaniladi. Darslikda fanning mohiyatini, iqtisodiy
rivojlanish omillarini ochib beruvchi eng asosiy mavzular va muammolar o‘z
aksini topgan.
Ushbu darslikni tayyorlashda K.K. Mambetjanovning doktorlik dissertatsiyasi
(Doctor of Science) ishidagi ilmiy yangiliklar va taklif qilingan nazariy-uslubiy
tavsiyalardan samarali foydalanildi.