O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Boshlang`ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi
Kurs ishi
Mavzu: 3-sinf Sifat mavzusini o’rganish usullari 3-kurs 301- guruh talabasi Xushboqova Nafisa
Termiz – 2020-yil
Mavzu: 3-sinf Sifat mavzusini o’rganishusullari
Mundarija Kirish…………………………………………………………………
bob Sifat -so'z turkumi va uningtavsifi………………………………..
Sifatni o'rganish metodikasi…………………………………………..
bob 3- sinflarda «Sifat» mavzusini o'rgatishning ahamiyati.
O'quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish…………………………………………………………
Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar
Xulosa………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…………………………………. Kirish. Ma'lumki, keyingi yillarda yurtimizda va hattoki, jahon miqyosida ro'y bergan va ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlar, ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, «O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonunning e'lon qilinishi o'zbek tili va adabiyotiga munosabatni, uning mavqeini tubdan o'zgartirdi.
So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli gruppalarga ajratilishi — so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
So'zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1) leksik ma'nosi (nimani ifodalashi, ya'ni shaxs, narsa harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma'nolari), 2) morfologik ( so'zning turli formalar sistemasi) va 3) sintaktik (turli morfologik formalarning snntaktik funktsiya bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so'z turkumlari ustida ishlash o'quvchilarning muayyan guruhdagi so'zlarning umumlashtirilgan ma'nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe'l) bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-grammatik gruppa alohida o'rganiladi. Bu so'z turkumlarini o'rganishning boshlang'ich bosqichidayok ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, sifat, son, fe'lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar: 1) so'z nimani bildirishi (shaxs, narsa belgisi, shaxs, narsa sanog'i va tartibi, shaxs, narsa harakati yoki holati), 2) qanday so'roqlarga javob bo'lishi, 3) o'zgarish- o'zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi, 4) gapda, asosan, qanday bo'lak vazifasida kelishi. O'quvchilar mana shu o'rgangan belgilari
asosida so'z turkumlarini taqqoslaydilar.I Sifatni o'rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon-dan izchillik biJan boyitib, murakkabjashtirib borishni ko'zda tutadi. O'quvchilar 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so'rog'ini berishga o'rganadilar; 3-sinfda sifat so'z turkumi sifatida o'rganiladi; 4-sinfda ilgari o'rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog'liq holda qip-qiz.il, yam- yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o'rgatiladi. Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo'lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asos-lanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi, maza-ta'mi, xarakter- xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga mu-nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma'nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq o'quvchilar e'tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi. O'quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida gapda so'zlarning bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so'z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog'liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo'nalishda olib borishni talab etadi.
Boshlang'ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o'rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3- sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o'zlashtirish (4-sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma'nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshla-nadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo'lib, uni rangi, mazasi, shakli; xil- xususiyatlari tomonidan
tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushun-chasini shakllantirish uchun uning ma'nolarini aniqlash talab etiladi.
O'qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun, ko'k ip. Albatta, suhbat asosida o'quvchilar olma, ip so'zlari nima?so'rog'iga javob bo'lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so'zlar qanday? so'rog'iga javob bo'lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli) ni bildirishini aniqlaydilar. O'qituvchi atrofimizni o'rab olgan pred-metlarning o'z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir- ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt - Katta, chiroyli, sershox, ko 'm-ko 'k daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar predmet belgisini bildiradi.
O'quvchilar belgi bildirgan bunday so'zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko'p uchraydigan matn tanlanib, awal sifatlarini tushirib qoldirib, so'ngra sifatlari bilan o'qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko'rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so'zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko'rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O'quvchilar qanday?, qanaqa?so'roqlariga javob bo'lgan (predmet
belgisini bildirgan) so'zlarni o'zlashtirisnlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so'roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so'zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so'zlardan gap tuzish; 3) matndan kim?yoki nima?so'rog'iga javob bo'lgan so'zni va unga bog'langan qanday? va qanaqa? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni tanlab (so'z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so'zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat" tushunchasini shakllantirish hamda o'quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o'rinli foydalanish ko'nikmasini o'stirish hal qilinadi.
,,Sifat" tushunchasini shakllantirish o'quvchilarning ,,predmet belgisi" degan umumlashtirilgan kategoriyani o'zlashtirish darajasiga bevosita bog'liq. Shu maqsadda rang, maza. shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so'zlar guruhlanadi va shu so'zlarning xususiyatlari llmurnlashtiriladi. Sifatning leksik ma'nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umuinlashtirish asosida o'quvchilar uning so'z turkumi sifatidagi ° 2iga xos ko'rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi,