-ovuch: hurkovuch,iskovuch -mas: o‘tmas(pichoq),indamas(odam) -(i)ndi: asrandi(bola) -a: ko‘tara(savdo) -msiq: qarimsiq,achimsiq Boshqa turkumlardan sifat yasovchi qo‘shimchalar : Ravishdan: -gi: kechagi,dastlabki
Sifatdan: no-: noma ’lum, noto ‘g ‘ri. -lom: sog ‘lom Taqlid so‘zdan: -ildoq: bijildoq,likildoq So‘zlarni qo‘shish, bog‘lash va juftlash bilan quyidagi turdagi sifatlar yasaladi:
qo‘shma sifatlar quyidagicha yasaladi va yoziladi:
ot va otdan. Bular qo‘shib yoziladi: bodomqovoq,sheryurak;
sifat va otdan. Bular qo‘shib yoziladi: qimmatbaho;
v) ot yoki ravishga -ar qo‘shimchali fe'lni qo‘shish bilan yasaladi. Bular qo‘shib yoziladi: tezoqar daryo, ertapishar (o‘rik) g) otga aro, umum, yarim, g‘ayri, nim, rang so‘zlarini qo‘shish bilan. Bular qo‘shib yoziladi: xalqaro, umumkomanda, yarimavtomat, g‘ayridin, nimpushti. Qo‘shma sifatlar a) ikki tub so‘zdan tashkil topadi: sovuqqon, xom semiz, kamgap; b) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas, o‘zbilarmon. birikmali sifatlar tarkibi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi va ular orasidagi munosabatlar aniq sezilib turgan bo‘ladi, bunday sifatlar aralash,yo‘q,ko‘p,oliy,och,to‘q,to‘la,chala,yarim,bir,ikkikabi so‘zlar ishtirokida hosil qilinadi: qumaralash(loy), tengiyo‘q,ko‘ptarmoqli,oliy
-ovuch: hurkovuch,iskovuch ma’lumotli,ochqizil,qornito‘q,to‘qqizil,to‘lahuquqli,chalamulla,bir tomonlama, ikki qavatli, yuqori hosilli (dala), uzun tolali (paxta), yoshi ulug‘ (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan(yigit)
juftsifatlar quyidagicha yasaladi: 1) qarama-qarshi ma'noli so‘zlardan: katta- kichik, uzun-qisqa, maza-bemaza, sezilar-sezilmas, bilinar- bilinmas, kirdi- chiqdi; 2) sinonim ko‘rinishdagi so‘zlardan: erka- arzanda, boy-badavlat, sog‘ - salomat, uzuq-yuluq, ola-chipor, soya- salqin, mo‘min-qobil, xor-zor; 3) yaqin ma'noli so‘zlardan: och-nahor, shaldir-shuldir, o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik- nihol, ola-quroq, kuydi-pishdi.
Juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi, -u,-yuyuklamalari bilan bog‘lansa, chiziqcha qo‘yilmaydi: yakkayu yagona farzand. So‘zlarni takrorlash bilan ham sifatlar yasaladi: Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo‘l-yo‘l (ko‘ylak), manman (odam), shiqshiq (tugma), liplip (chiroq), chaqchaq(odam),
Sifatlar tuzilishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
Sodda sifatlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: aqlli,yaxshi.
Qo‘shma sifatlar - rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar:
1) ikki tub so‘zdan tashkil topib, otQot (kulcha yuz bola), otQsifat, sifatQot (sovuqqon), ravishQot ko‘rinishlarida bo‘ladi: ommabop, xom semiz (yigit), kamgap; 2) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: sovuqqon, ishyoqmas, erksevar, tilbilmas. Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta), yoshi ulug‘ (inson), gapga usta
(odam), oqishdan kelgan (yigit).
Juft sifatlar - o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol,ola-quroq.
Takroriy sifatlar - baland-baland, uzun-uzun, yo‘l-yo‘l (ko‘ylak).II Sifatni o'rganish mavzusi materialni leksik va grammatik tomondan
izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko'zda tutadi. O'quvchilar sinfda sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga qanday?,
II Hamroyv M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G'ulomova X, Yo'ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, B. 61-64.
qanaqa? so'rog'ini berishga o'rganadilar; sinfda sifat-so'z turkumi sifatida o'rganiladi; sinfda ilgari o'rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog'liq holda qo'shimchasi bilan yasalgan qiyosiy va qip-qizil, yamyashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o'rgatiladi. Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo'lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi, maza-tami, xarakter- xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma'nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun sinfdanoq bolalar e'tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi. O'quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida gapda so'zlarning bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so'z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog'liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) rejada olib borishni talab etadi.
Boshlang'ich sinflarda «Sifat» mavzusi quyidagi izchillikda o'rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (I sinf); 2) sifat haqida tushuncha berishdi (II sinf);
3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o'zlashtirish (III, IV sinflar).
Sifat bilan (terminsiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma'nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo'lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat
tushunchasini shakllantirish uchun uning ma'nolarini aniqlash talab etiladi. O'qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma - qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) lenta - uzun, keng, ko'k lenta. Albatta, suhbat asosida o'quvchilar olma, lenta so'zlari nima? so'rog'iga javob bo'lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so'zlar qanday? so'rog'iga javob bo'lib, predmetning' belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O'qituvchi atrofimizni o'rab olgan predmetlarning o'z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini misol bilan tushuntiradi: (Qanday daraxt? - Katta, chiroyli, sershox, ko'mko'k daraxt. Qanaqa shkaf? - Oynali, baland shkaf.) Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar predmet belgisini bildiradi.
O'quvchilar belgi bildirgan bunday so'zlarning nutqimizdagi rolini anglashlari uchun sifat ko'p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so'ngra sifatlari bilan o'qib beriladi va mazmuni taqqoslab qo'rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so'zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko'rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O'quvchilar qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan (predmet belgisini bildirgan),so'zlarni o'zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so'roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so'zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so'zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni va unga bog'langan qanday? qanaqa? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni tanlab (so'z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so'zlar va rasm asosida gap va hikoyacha tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: «sifat» tushunchasini shakllantirish hamda o'quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o'rinli foydalanish ko'nikmasini o'stirish hal qilinadi.
«Sifat» tushunchasini shakllantirish o'quvchilarning «predmet belgisi» degan umumlashtirilgan kategoriyani o'zlashtirish darajasiga bevosita bog'liq. SHu maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so'zlar gruppalanadi va shu so'zlarking xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma'nosi bilan birga untsng xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o'quvchilar uning so'z turkumi sifatidagi o'ziga xos ko'rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday? yoki qanaqa? so'rog'iga javob bo'ladi, v) gapda otga bog'lanib, shu ot bilan so'z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo'lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og'zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog'i yoki parkka sayohat vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoyacha tuzish kabilar)ga katta o'rin beriladi.
O'quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o'stirish uchun: ) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday shaftoli? SHirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday bino? Baland, g'ishtli, chiroyli bino;
2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi..., (tulki); 3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi rolini puxta o'zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonim sifatlar ustida
ishlash, o'qish darslarida sifatning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o'rganish jarayonida so'z yasashga oid mashqlarni muntazam o'tkazib borish o'quvchilarda u yoki bu so'z turkumini yasash uchun so'z yasovchi qo'shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og'zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o'rinli foydalanish ko'nikmasini o'stirish bilan bog'liq holda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan sifatlarni va ko'mko'k, yamyashil kabi sifatlarni to'g'ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o'quvchilarning nutqini o'stirishga qaratiladi.
Nazariy ma'lumotlarga asoslanib matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo'yish, gapda sifat bog'langan otni (so'z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so'z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shunigdek, tiptiniq, sapsariq kabi sifatlar ko'proq bo'lishiga e'tibor beriladi. O'quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-
sekin murakkablashtira boriladi. SHunday qilib, sifatni o'zlashtirishda uni ot bilan o'zaro bog'liq holda o'rganishga asoslaniladi.1 Boshlang'ich sinflarda "Sifat" mavzusini o'rgatish metodikasi katta o'rin tutadi. Sababi, 1-sinfdan boshlab o'quvchilarga narsa-buyum belgisini bildiruvchi so'zlar bu sifat-so'z turkumi ekanligi haqidagi tushuncha shakllantirib borilishi natijasida ular bu haqda to'liq ma'lumotga ega bo'ladilar.