B1+ fizika qonunlarini boshqa fanlardagi axborotlar bilan mantiqiy bog‘lay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
B1 o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda fizika va texnikaning amaliy mohiyatini ifodalay olish;
o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirib borish.
B1+ o‘z xatti-harakatini adekvat baholay olish va mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
B1 sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishi, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilishi;
atrof-muhitda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarni tushunish;
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish va unga rioya qilish;
B1+ boshqalar fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
B1 Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
Fizik olimlarning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissalarini qadrlash;
orasta kiyinish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
fizikaning har bir shaxs va jamiyatni asrashdagi o‘rnini tushuntish.
B1+ fan sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini o‘rganish va mustaqil tahlil qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
B1 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish;
inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish;
fanning so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘lish.