2-savol. “Topib moslashtirish” didaktik o`yini. O`yinning sharti. Detallarning tarqoq joylashtirilgan ko`rinishlarini jamlab, bir butun komleks chizma tayyorlash.
Maqsad. O`quvchilarning chizmalarni o`qish ko`nikmalarni tahlil qilishni, topqirlikni o`rgatish, ularning fazoviy taffakurini o`stirish
Jihozlar. Deatllarning uchtadan ko`rinishlari chizilib, ularni bir-biridan qirqib, karta singari aralashtirib qo`yiladi. Mazkur detallarning yaqqol tasvirlari yoki modellari tayyor qilinib, yashirib qo`yiladi.
O`yin tafsiloti. O`qituvchi detallarning aralashtirib yuborilgan ko`rinishlarini o`quvchilarga bittadan tarqatadi va ularga har qaysi detalning uchtadan o`zaro mos ko`rinishlarini topib kompleks chizma tayyorlashni buyuradi. O`quvchilar bir-birining qo`llaridagi chizmalari orqali kompleks chizma tuzishga kirishadi. O`quvchilar kompleks chizma tuzishga qiylanishsalar, o`qituvchi ularga yashirib qo`yilgan detallarning yaqqol tasvirlarini yoki modellarini ko`rsatib, ular orqali bosh ko`rinishlarini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Detalning uchala ko`rinishini to`g`ri topib kompleks chizma bajarganlar g`oliblar hisoblanadi.
Bu o`yinni boshqacha yo`sinda o`tkazish ham mumkin. O`qituvchi detallarning detallarning bosh ko`rinishlarini ma’lum masofada qator qilib magnitli doskaga ilib qo`yadi va ularning ustidan hamda chapdan ko`rinishlarini o`quvchilarga tarqatib beradi. O`quvchilar detallarning yaqqol tasvirlari yoki modellariga qarab ularning bosh ko`rinishlari ostiga va yoniga ko`rinishlarini mos ravishda qo`yib chiqadilar.
XULOSA Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, O`zbеkistonda ta`lim sohasida kеng imkoniyatlar ochildi,vatanimizning halqaro sahnadagi muvaffaqiyati,obru-e`tibori va o`rni milliy o`zligimizni anglashda, chizmachilik fanlari еtakchi mavqе kasb etib, har bir fuqoroning mamlakat taqdiri uchun mas`ullik hissini yanada oshi- rishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan, ta`lim sahosidagi tub islohatlarga etibor kuchaytirilmoqda. Chunki kelajak avlodni, bilimli, har tamonlama yetuk shaxs qilib tayyorlashda pedagog o`qituvchilar oldiga katta mas`uliyat yuklamoqda. Shu bilan birga fan texnika taraqiyoti natijasida muxandislik fanlariga bo`lgan talab oshib bormoqda.
Shuning uchun kurs ishimda qurilish chizmachiligining inson hayotidagi ahamiyati tarixi haqida hukumatimiz tamonidan olib borilayotgan ta`lim saxosidagi qarorlar va kadirlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat t`alim standartlarida qurilish chizmachiligi fani oldiga qo`yilgan asosiy vazifalarni, chizmachilik fanining fan va texnika taraqqiyoti davridagi ahamiyati haqda ma`lumotlar to`pladim, ushbu ma`lumotlar yozdim.
Inson uchun zarur bilimlar miqiyosi tobora kеngayib borayotgan hozirgi sharoitda muayyan faktlar yig`indisini o`zlashtirish bilan chеklanib bo`lmaydi. Shuning uchun o`quvchilarga o`z bilimlarini mustaqil ravishda to`ldirib va boyitib borishni, o`zining diqqat-e`tiborini ilmiy va siyosiy axborotlarning eng muhimlariga qaratishni o`rgatish kеrak. Bu vazifa o`quvchilarning badiiy bеzash ishlarini, ta`lim-tarbiya jarayoni bilan uzviy bog`liq xolda kеngaitirish va rivojlantirishni taqozo etadi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki,talabalarga boshlang`ich kurslardan boshlab chizmachilik, chizma geometriya, Mashinasozlik chizmachiligi arxitekturaqurilish chizmachiligi, topagrafik chizmachiligi kabi mutaxassislik fanlarining asosi bo`lgan boshlang`ich proeksion chizmachilik mashg`ulotlari ham amaliy, ham ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart.
O`tmish tarixdan ma`lumki, qadimda buyuk me`morlarlar chizmalarning ilmiy asoslarini qo`llash natijasida, katta yutuqlarga erishganlar.
Bularni talabalarga o`qitishda didaktik prinsiplarning asosiysi hisoblangan– ilmiylik- prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim.
Mеn o`zimning yozgan kurs ishimda qurilish chizmachilik haqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim, loyiha ishlash usullarini misollar kеltirish bilan yoritdim. Shu bilan birga chizmalarga doir bir nеchta misollarni ko`rsatdim. Mеn o`z yozgan kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga erishdim deb o'ylayman.