At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov


Chizmachilik faning mavzularini tushuntirishda interfaol usullarni turgan o`rni va ahamiyati



Yüklə 57,69 Kb.
səhifə6/9
tarix29.05.2022
ölçüsü57,69 Kb.
#59976
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xushboqova Yulduz yangi kurs ishi chala

2.2. Chizmachilik faning mavzularini tushuntirishda interfaol usullarni turgan o`rni va ahamiyati
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari xam takomillashib bormoqda. Hozirgi inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yangi texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so`nggi yillarda pedagogik texnologiyaga amal qilina boshladi .
Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning mazmuni esa o`qituvchi, tarbiyachi tomonidan o`quvchiga aqliy, ruhiy, axloqiy haqiqatdan turli usulda ta’sir o`tkazishdan iborat.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo`ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o`tib kelmoqda.
Dastlab bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar o`rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb qo`llanilib, o`quv jaroyonida texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb, ta’limning kompyuterli va
axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasini ikki xil izohlash mumkin: birinchidan, uning o`quv jaroyonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalashi nazarda tutilib, ta’limdagi o`qitishdagi texnologiya deb nomlash
mumkin bo`lsa, ikkinchidan bu tushuncha o`quv jarayonining o`zini ko`rish texnologiyasini bildiradi, deb xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning ham turli ta’riflari mavjud:
Texnologiya-biror ishda, san’atda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi.
Pedagogik texnologiya - o`qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo`llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va joylashuvini belgilovchi psixologik tartiblar majmuasi, u pedagogik jarayonning tashkiliy- uslubiy vositalaridan iborat. (b. T. Ligachyov)
Pedagogik texnologiya-o`quv jarayonining o`quvchilar va o`qituvchi uchun so`zsiz qulay sharoitlar ta’minlash, tashkil qilish, o`tkazish bo`yicha hamma detallari o`ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli. (V. M. Makaxov)
Pedagogik texnologiya - bu o`qituvchining o`qitish vositalari yordamida o`quvchilarga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldinda belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir. (N. Saidaxmedov)
Pedagogik texnologiya - bu o`qitishda o`ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifodalanishi, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi. (B. L. Farberman)
Hozir ta’lim-tarbiya rivojlanib borayotgan yo`nalishlaridan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o`quv jarayonida qo`llash bo`lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Ma’lumki ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o`z bilim va tajribalarini o`sib kelayotgan avlodga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu jarayonda inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni o`qituvchining o`quvchiga yetkazayotgan bilim saviyasining samaradorligini tashkil etadi. Shunday ekan, o`qituvchi yangi pedagogik texnologiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglagan holda, uni asos qilib, yangicha metod va usullar orqali dars o`tishi zarurdir.
Garchand, fan va texnikaning jadal rivojlanishi mustaqil mamlakatimizda san’at va qishloq xo`jalik ishlab chiqarishning qiyofasini tubdan o`zgartirib yubormoqda.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishdagi ko`pgina kasblar faqat ma’lumotli kishilarnigina emas, yuksak rivojlangan ijodiy qobiliyatga ega kishilarni jalb qilishni talab qilmoqda.
O`quv jarayoniga tadbiq etilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda umumiy o`rta ta’lim muassasalari uchun yaratilgan “Davlat ta’lim standarti”da o`quvchilarning bilishlari zarur bo`lgan majburiy bilimlar hajmi aniq
ko`rsatilgan. Ularni o`quvchilarga yetkazish , o`quvchilarni faqat puxta bilim olibgina qolmay, balki mustaqil ravishda o`qib olish va ijodiy izlanishga yo`naltirish, o`zlaridagi qobiliyatni rivojlantira borish ko`nikmalarini orttira olish uchun o`qituvchilar yangi pedagogik texnologiya asosida pedagogikaning turli shakl va usullaridan foydalana olishlari zarur bo`ladi.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o`qituvchining g`oyaviy e’tiqodi, kasb mahoratiga, san’ati, iste’dodi va ma’naviyatiga hal qiluvchi darajada bog`liqdir.Haqiqatdan o`qituvchisiz jamiyat taraqqiyotini, uning kelajagini tasavvur etish qiyin.
Ta’lim-tarbiya jarayonini turli tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o`qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir.
Har bir pedagog shuni doim esda tutishi kerakki, dars o`quv tarbiya jarayonining asosiy formasidir. Hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari o`quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ijod qilishga o`rgatishdan iboratdir.
Biz o`qituvchilar dars jarayonida birinchi navbatda o`quvchilardan fanlardan chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga, ularda bilimga qiziqishni, mehnat qilishga ehtiyojni tarbiyalab borishni ko`zda tutamiz.
Hozirgi zamon darsi 3 ta maqsadni: ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarini ko`zda tutadi.

Hozirgi zamon darsiga qo`yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo`lishidir, ya’ni darsdan ko`zlangan maqsad hamda o`quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, o`tiladigan mavzu bilan bog`lash o`quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarni ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo`ladigan jihozlarni belgilash va ko`rgazmali qurollar bilan boyitish, qo`shimcha axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir.


Darsga qo`yiladigan asosiy talablardan biri –ta’lim metodlari va usullarini bir-biri bilan mustahkam bog`lab olib borish samaradorligini oshirishdir.Darsga qo`yiladigan asosiy talablardan yana biri - barcha didaktik vazifalar darsning o`zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o`quvchilarning darsda oladigan bilimlarining mantiqiy davomi bo`lishi kerak.
Dars davomida o`qituvchi o`quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. O`tilgan har bir darsning o`quvchilar bilan birga tahlil qilib borilishi ham yaxshi natija beradi.
Eng asosiysi o`quvchi dars o`tishi innovatsion usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi.
O’zbekiston davlat ta’lim siyosatida o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi, mahorati va bilimdonligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullarni darslarda qo’llay olishi, o’quvchiga puxta bilim berishi, erkin, ijodiy fikrlash ko’nikma, malakalarini hosil qila olishi zamon talablaridan biridir.
Interfaol ta’lim jarayonida dars o’quvchilarning o`zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so’zidan olingan bo’lib, «Interakt», ya’ni, Inter
— bu «o’zaro», «akt» — harakat, ta’sir, faollik ma`nolarini bildiradi.
Interfaol metod – ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Interfaollik – o’zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o’quvchi-o’qituvchi, o’quvchi-o’quvchi (sub’yekt-sub’yekt) suhbatlarida sodir bo’ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi – o’quv jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o’quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o’quvchi chetda qolmay, eshitgan, o’qigan, ko’rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’zaro fikr almashish jarayoni sodir bo’ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o’zaro do’stona munosabatlar shakllanadi.
Interfaol metodlar o’z xususiyatiga ko’ra didaktik o’yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muammoli
vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o’z ichiga oladi [16].
Didaktik o’yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metod o’quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o’ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to’siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
O’yin texnologiyalaridan tashqari interfaol metodlardan “Aqliy hujum”, “6x6x6”, “Bahs-munozara”, “Savol bering”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Burchaklar metodi”, “Kubiklar”, “Pinbord”, “Bumerang”, “Skarabey”, Roven diagrammalari”, “Blits-o’yin”, “Klaster”, “Loyihalash”, “Zanjir”, “Insedent”, “Sinkveyn”, “Muzyorar”, “Debat” kabilarni sanab o’tish mumkin. Bu metodlar sinfda o’rganiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni yaratishga, mavzuni muhokama qilish asosida bahs – munozara orqali muammo yechimini topishda yaqindan yordam beradi [12].

Yüklə 57,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin