Atamalar lug’ati. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi



Yüklə 30 Kb.
tarix04.05.2023
ölçüsü30 Kb.
#107171
Atamalar lug’ati.


Atamalar lug’ati.


Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi -Iqtisodiyotni boshqarishdagi o'zgarishlar, bozor munosabatlariga o'tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko'rsatadi.
Hisobning halqaro tizimlariga o'tish- bu uning uslubiyatining Yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Hisobchidan korxona moliyaviy holatini ob’ektiv baholarini bilish - moliyaviy tahlili usullarini egallash, qimmatli qog'ozlar bilan ishlashni mukammal bilish, bozor sharoitlarida pul mablag'lari investitsiyalarini hisoblash va boshqalarni talab qiladi.
Buxgalteriya hisobi - murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarini axborotli o'zaro hamkorliklarini, tashqi aloqalar boshqaruvning o'ziga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo'linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari - an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o'z ichiga oladi: "asosiy vositalar hisobi", "moddiy boyliklar hisobi", "mehnat va ish haqi hisobi", "tayyor maxsulotlar hisobi", "moliyaviy hisoblash operatsiyalarni hisobi", "ishlab chiqarish harajatlar hisobi", "yig'ma hisob" va hisoblarni tuzish.
Buxgalteriya hisob majmualari - murakkab ichki va tashqi aloqalarga bo'linadi.
Provodka - bosh kitob-balans mashina dasturni asosiy modeli hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining asosiy vositalari - hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi hisobi kabi uchastkalari uchun boshlang'ich dastlabki ma’lumotlar xo'jalik operatsiyalarni boshlang'ich hujjatlarda sodir bo'ladi.
Iqtisodiy vazifalari - ishlab chiqarish yangi axborot texnologiyalarni avtomatlashtirilgan ish joiy va hisoblash tarmog'i va yakka tarkibdagi loyihalar har xil konfiguratsiyasida, ya’ni markazlashgan, taqsimlangan mahalliy ma’lumotlar bazasini tashkil qilishga mo'ljallangan.
Avtomatlashtirilgan joyi foydalanuvchining ish faoliyatini avtomatlashtirish vositasi- Vazifaviy texnologiya ba’zi bir qoidalar bo'yicha amalga oshirilayetgan ta’minlovchi va predmetli texnologiyalar sintezidan iborat bo'ladi.
Avtomatlashtirilgan ish joiy (AIJ) - yakuniy foydalanuvchiga ma’lumotlarni ishlab chiqarish va aniq muammoli sohada boshqaruv vazifalarini avtomatlashtirishni ta’minlovchi axborot dasturiy va texnik resurslar majmui sifatida namoyen bo'ladi.
Avtomatlashtirilgan ish joyini samarali tartibi - uning mahalliy hisoblash tarmoqlari doirasida ishchi stansiyalar sifatida faoliyat yuritishdir. Bunda axborot hisoblash resurslarini bir necha foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlash talab qilinadigan variantlar maqsadga muvofiqdir va har bir foydalanuvchiga servis bazaga chegaralangan kirim imkoniyati o'rnatiladi.
Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan texnologiyalari - Buxgalteriya vazifalarni yechishni avtomatlashtirgan axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish deganda buxgalteriya hujjatlarni tuzish paytida birlamchi ma’lumotlarni yozishdan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlovchi operatsiyalarning yigindisidir
Axborot to'plamlarning har xil turlari hisob vazifalarni ishlab chiqarishga asos bo'ladi. 1 chi turdagi birlamchi hujjatlarni yig'ish va ro'yxatga olish bosqich bilan bog'liq. Chunki mahalliy kompyuterdan foydalanishda ularni mashina bilan shakllantirish imkoniyati paydo bo'ladi va ushbu hujjatlarni yaratish jarayeni avtomatlashtiriladi.
Yüklə 30 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin