Ko`p hollarda infeksion yoki baktyerial pnevmoniya bilan ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Uning rivojlanishiga alveolalarning ichida yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan baktyeriyalar sababchi bo‘ladi. Nafas olish qopchalari ichidagi zararlangan qismlarning havosi yallig‘lanish suyuqligiga almashadi. Karkas – intyerstisiya – bunda deyarli shikastlanmaydi, tomirlarning devorlari zich bo‘lib qoladi.

Bunday pnevmoniyaning alomatlaridan biri – haroratning ko‘tarilishi va balg‘amli yo‘tal. Yo‘talning paydo bo‘lishi yallig‘lanish suyuqligi alveolalar ichida ekani va u bronxlar orqali tashqariga chiqishi bilan izohlanadi. Yo‘talni engillashtirish uchun mukolitiklar (balg‘am hajmini oshirmasdan, uni suyultiradigan va balg‘amning o‘pkadan chiqishini engillashtiradigan dori vositalari – muallif izohi) tayinlanadi. Haroratning ko‘tarilishi aynan baktyerial yallig‘lanish bilan bog‘liq. Shu tarzda organizmimiz kasallik qo‘zg‘atuvchilarini – baktyeriyalarni yo‘q qiladi. “Dushman” yo‘q qilinishi bilan, ahvol yaxshilanadi, odam sog‘ayadi.