1 898-yilda gandbolga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o`qituvchisi XOLGER NILSON futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yomg`irli havoda zalda o`ynasa bo`ladigan yangi sport o`yinini yaratishga qaror qiladi (1-rasm). U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini qisqartirib, to`pni uzatish va
otish faqat qo`l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu tariqa olamda «handball» inglizchadan tarjima qilinganda hand-qo`l, ball-to`p ya`ni “gandbol” yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jaxonga tarqab ketadi. 1904-yili birinchi bo`lib Daniya gandbol federatsiyasi tashkil topdi. 1906-yili Kopengagen shahrida gandbol o`yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X. Nilson hisoblanadi.
Sobiq Ittifoqda gandbol bo`yicha birinchi yirik musobaqa 1928-yili butunittifoq spartakiadasi doirasida o`tkazilgan. 1955-yilda butunittifoq gandbol federatsiyasi tashkil topgan. 1962-yildan boshlab erkaklar va ayollar o`rtasida muntazam ittifoq chempionatlari o`tkazilib turgan.
Hozirgi kunda xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 176 davlati a`zo bo`lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug`ullanadi. Shu jumladan, 1,4 million shug`ullanuvchi sobiq ittifoq mamlakatlari gandbolchilaridir.
1938-yilda Respublikamizda gandbol bo`yicha birinchi chempionat o`tkazildi. 1960-yilgacha O`zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida ta`lim oluvchi kursantlar orasida 11x11 gandbol musobaqalari o`tkazilgan. 1960-yili Xarkov shahrida yoshlar orasida gandbol bo`yicha Butunittifoq musobaqalari o`tkazildi va Shundan so`ng sportning bu turi mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960 yilda O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor gandbol mutaxassisligi bo`limi ochildi. 1960-yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha boshladi va O`zbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha boshlagan yili deb qayd etildi. 1962-yili Tbilisi va Sverdlov shaharlarida o`tkazilgan, ikkinchi sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar orasida O`zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo`llanma oldi.
O`zbekiston terma jamoasini tashkil etgan F.Abdurahmonov, M.Jukov,
B.Pikin, V.Ogirenko, M.Sirotenko, M.Magdullin, A.Oleynikov, N.Rahmatov, A.Pantasenko va A.Sodiqov O`zDJTI va Toshkent Irrigatsiya instituti jamoalari vakillari edi. Sobiq Ittifoq chempionatlarida jamoaga V.Sevastyanov va V.Lemeshkovlar murabbiylik qilgan.
O`zbekiston gandbolchilari 1972-1973 yillarda yuqori natijalarga erishdilar. Ular sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari orasida o`tkazilgan chempionatda oltinchi o`rinni egalladilar. O`zDJTI jamoasi Butun-ittifoq talabalar o`rtasidagi musobaqalarda uch karra g`oliblikni qo`lga kiritdi.
O`zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983-yillarda sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasida faxrli oltinchi o`rinni egalladi. 20 dan ortiq qizlarimiz sport ustasi talablarini bajardilar. Shular jumlasidan o`zbek qizi Marg`uba Artiqboeva O`zbekistonda birinchi bo`lib shu unvonga ega bo`ldi.
Toshkentda dastlabki yoshlar va o`smirlar sport maktablari 60-yillarda ochildi va sobiq Ittifoq maktab o`quvchilari spartakiadalarida muntazam ishtirok etib, 1975-yili qizlar 3- o`ringa, o`smirlar esa 1979-yili oltinchi o`ringa sazovor bo`lishdi. Keyinchalik ushbu sport maktablarida shug`ullangan jaxon va Olimpiya chempionlari Viktor Maxorin, Mixail Vasilev, yoshlar o`rtasida jaxon chempionlari S.Zemlyanova va O.Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan S.Orlov, V.Antonov, S.Kalmikov, G.Travkin, I.Axmadiev, B.Proxorovlar “Xalqaro sport ustasi” unvoniga sazovor bo`lganlar.
O`zbek gandbolchilarini tayyorlashdagi faol mehnatlari uchun
F.Abdurahmonov, V.Kaplinskiy, V.Ogirenko, E.Golovchenko, V.Konaplev, V.Izaaklar “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy” unvoni bilan taqdirlandilar.
Mustaqil O`zbekistonda 1992-yili gandbol federatsiyasi tashkil etilib, 1993-yili Xalqaro va Osiyo federatsiyalariga qabul qilindi.
1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o`rtasida o`tkazilgan chempionatda “D-klub” (O`zDJTI) gandbolchi qizlari g`alabaga erishdilar. Sh.K.Pavlovva F.A.Abdurahmonovlar rahbarligida O`zDJTI talaba qizlari asosida tarkib topgan Respublika terma jamoasi 1997 yili Iordaniyada o`tkazilgan Osiyo chempionatida qatnashib, O`zbekiston jamoalari orasida sport o`yinlari bo`yicha birinchi marta jaxon chempionatida qatnashish huquqiga ega bo`ldi. 1997 yilning dekabr oyida Germaniyada o`tkazilgan jahon chempionatida Xitoy, Braziliya va Urugvay jamoalarini ortda qoldirib, O`zbekiston gandbolini dunyoga tanitdi.
O`quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlariga ommaviy jalb qilishni ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan bir qancha meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarga asosan binoan mamlakatda kadrlar tayyorlash milliy modeliga asoslangan va uning talablariga uyg`unlashgan uzluksiz ta`limning ommaviy sport tizimi yaratilib, amalga oshirila boshlandi.
O`zbekiston gandbolida hal etilmagan muammolar hali anchagina. Bugungi kunda avvalo gandbol jamoalaridagi o`quv-mashg`ulotlari jarayoni va tarbiyaviy ishlar sifatini keskin yaxshilash kerak bo`ladi. Sport ilmiy vakillari – pedagogika fanlari doktori E.Seytxalilov, pedagogika fanlari nomzodlari V.Izaak, M.Jukov, J.Akramov, L.Xasanova, I.Shelyagina, S.Azizov, AbdalimovO.X, NabievT.E, dotsentlar F.A.Abduraxmanov, V.Lemeshkov, Sh.Pavlovlar o`z tajribalari asosida gandbolga doir qanday yangilik va ilg`or usullarni va taklif yoki tavsiya etadigan bo`lsalar, hammasi bilan qurollanish lozim. Ushbularga amal qilgandagina eng yaxshi jamoalarimiz jaxon gandbolida yetakchi mavqega ega bo`lishlari mumkin.
2005 yildan boshlab O`zbekiston gandboli rivojlanishida yangi bosqichni boshladi. O`zbekiston gandbol federatsiyasining bosh kotibi etib Mathalikov Ismoil saylangandan so`ng o`zbek gandbolchilari xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda
2011 yilning 3-11 yanvar kunlari Hindiston Davlati Chennay shahrida 1992-1993 yilda tug`ilgan yoshlar o`rtasida gandbol sport turi bo`yicha “Xalqaro trofey kubogi”da ishtirok etib 3 faxrli o`rinni;
2011 yilning 3-9 iyun kunlari sportning gandbol turi bo`yicha 1995-97 yildatug`ilgan yoshlar va qizlar o`rtasida Rossiyaning Tolyati shahrida o`tkazilgan Xalqaro turnirda ishtirok etib 3faxrli o`rinni;
2011 yilning 10-19 iyul kunlari Gongkong (Gongkong) shahrida(Germaniya, Fransiya) Yevropa va (Koreya, Xitoy, Singapur, Gongkong) Osiyo davlatlari ishtirokida 20 yildan buyon o`tkazilib kelinayotgan gandbol bo`yicha Xalqaro Chempionatida ishtirok etib 3faxrli o`rinni;
2011 yilning 23 oktyabr 3 noyabr kunlari erkaklar o`rtasida KoreaningSeul shahrida gandbol bo`yicha jamoalari o`rtasida 2012 yil Londonda o`tkaziladigan Olimpiyada o`yinlariga yo`llanma beruvchi saralash musoboqasida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib hamda sportchilarni xalqaro maydonlarda malaka va ko`nikmalarini oshirib;
2012 yil 23 yanvar - 8 fevral Saudiya Arabistonning Jidda shahrida Gandbolbo`yicha 2013 yil Ispaniyada bo`lib o`tadigan Jaxon chempionatiga yo`llanma beruvchi saralash musobaqasida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib hamda sportchilarni xalqaro maydonlarda malaka va ko`nikmalarini oshirib, 14 ta davlat ichida faxrli 9 o`rin qo`lga kiritdilar.
2012 yil 7-12 may kunlari Samarqand shahrida gandbol bo`yicha20 yoshgacha bo`lgan yoshlar va qizlar o`rtasida “Xalqaro Trofey Kubogi” musobaqasi Xalqaro va Osiyo gandbol federatsiyasi tashabbusi bilan o`tkazildi. Unda, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlari ichidan O`zbekiston o`smir va qizlar milliy terma jamoalari 1 o`rinlarni egallab, musobaqaning keyingi bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishdi.
2012 yil 31 may – 7 iyun kunlari Tolyatti (Rossiya) shahrida gandbolbo`yicha yoshlar va qizlar o`rtasida XI Xalqaro bolalar festivalida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 55 tadan ortiq davlat va shaharlar ichidan O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 3 o`rini qo`lga kiritdilar.
2012-yil 30 iyun - 13 iyul kunlari Qatar (Doxa) shahrida gandbol bo`yichayoshlar o`rtasida 2013-yilda Bosnyada bo`lib o`tadigan Jaxon chempionatiga yo`llanma beruvchi saralash musobaqasida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 14 tadavlat ichidan O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 12-o`rin qo`lga kiritdilar.
2012-yil 3-12 iyul kunlari Teramo (Italiya) shahrida Gandbol bo`yichayoshlar terma jamoalari o`rtasida Xalqaro turnirda vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 67 ta davlat ichidan O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 4 o`rinni qo`lga kiritdilar.
2012-yil 19-27 iyul kunlari Olmata (Qozog`iston) shahrida Gandbolbo`yicha 18 yoshgacha bo`lgan qiz bolalar o`rtasida VI Osiyo Chempionatida Vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 8 ta davlat ichidan O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 6 o`rin qo`lga kiritdilar.
2012-yil 3-17 sentyabr kunlari Manama (Baxrayn) shahrida gandbolbo`yicha 1994 yillarda tug`ilgan va undan kichik bo`lgan o`smirlar o`rtasida V Osiyo chempionatida, 12 ta davlat ichidan O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 11 o`rin qo`lga kiritdilar.
2012 yil 11-18 sentyabr kunlari Florentina (Italiya) shahrida gandbolbo`yicha erkaklar o`rtasida, Xalqaro turnirda, vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 25 tadan ortiq jamoalar ichidan O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 3 o`rin qo`lga kiritdilar.
2012-yil 6-17 dekabr kunlari Jakarta (Indoneziya) shahri gandbol bo`yichaayollar o`rtasida, XIV Osiyo chempionatida, vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 12 tadan ortiq jamoalar ichidan O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 6 o`rin egallab, 2014 yil iyul oyida bo`lib o`tadigan Jaxon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritishdi.
2013 yil 13-19 may kunlari Samarqand shahrida gandbol bo`yicha
20 yoshgacha bo`lgan yoshlar va qizlar o`rtasida “Xalqaro Trofey Kubogi” musobaqasi Xalqaro va Osiyo gandbol federatsiyasi tashabbusi bilan o`tkazildi. Unda, Taybey (Xitoy), Hindiston, Tailand davlatlari ichidan O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi 1 o`rinni va qizlar milliy terma jamoasi 2 o`rinni egallab, final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.
2013 yil 31 may- 7 iyun kunlari Tolyatti (Rossiya) shahrida gandbolbo`yicha yoshlar va qizlar o`rtasida XII Xalqaro bolalar festivalida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 55 tadan ortiq davlat va shaharlar ichidan O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 3 o`rini qo`lga kiritdilar.
2013 yil 21-30 iyun kunlari Olma-ota (Qozog`iston) shahrida Gandbolbo`yicha qizlar o`rtasida Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 8 ta davlat ichidan O`zbekiston qizlar milliy terma jamoalari faxrli 6 o`rini qo`lga kiritdilar.
2013 yil 19-29 iyun kunlari Olma-ota (Qozog`iston) shahrida Gandbolbo`yicha 1996-97 yillarda tug`ilgan o`g`il bolalar o`rtasida, Xalqaro turnirda ishtirok etishdi. Unda, Qozog`iston, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Eron, Xitoy, Turkmaniston davlatlari ichidan O`zbekiston termaj amoasi 4 o`rinni qo`lga kiritdi.
2013 yil 1-15 iyul kunlari Teramova Florensiya (Italiya) shahrida Gandbolbo`yicha erkaklar terma jamolari o`rtasida, Xalqaro turnirda vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 27 ta davlat ichidan O`zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi 1 o`rinni qo`lga kiritdilar.
2013 yil 22 iyul– 5 avgust kunlari Alushta (Ukraina) shahrida Gandbolbo`yicha yoshlar terma jamolari o`rtasida, Xalqaro turnirda vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 8 ta davlat ichidan O`zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi 3 o`rinni qo`lga kiritdilar.
2013 yil 4-16 sentyabr kunlari Bangkok (Tailand) shahrida Gandbolbo`yicha qizlar o`rtasida, Osiyo Chempionatida, vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarishdi. Ushbu nufuzli musobaqada Osiyoning Koreya, Yaponiya, Tailand, Xitoy, Qozog`iston, Eron kabi bir qator kuchli davlatlaridan terma jamoalari ishtirok etdilar. O`zbekiston qizlar milliy terma jamoasi ham o`ziga xos o`yin ko`rsatib, Osiyo chempionati musobaqasida faxrli o`rinni egallab, 2014 yil Makedoniyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritdilar.
2013 yil 7-24 noyabr kunlari Qatar (Doxa) shahrida gandbol bo`yichaerkaklar o`rtasida, Osiyo chempionlar ligasida, O`zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi ishtirok etishdi. Ushbu musobaqada faxrli 8 o`rini qo`lga kiritdilar.
2013 yil 24-30 noyabr kunlari Meksikaning Montere shaxrida, o`tkazilgan“Xalqaro Trofey Kubogi” ning Qit`alararo final bosqichida, O`zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, faxrli 4 o`rini qo`lga kiritdilar.
2013 yil 1-9 dekabr kunlari Rajatxon (Tailand) shahrida, gandbol bo`yichaerkaklar va ayollar o`rtasida, Janubiy-Sharqiy – Osiyo chempionatida, vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, O`zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari faxrli 1 o`rini qo`lga kiritdilar.
2013yil 5-15 dekabr kunlari Florensiya (Italiya) shahrida, gandbol bo`yichayoshlar va qizlar o`rtasida, Xalqaro turnirda vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 8 tadan ortiq jamoalarichidan O`zbekiston yoshlar milliy terma jamoalari faxrli 3-o`rin qo`lga va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 1o`rin qo`lga kiritdilar.
2014 yil 10-17 mart kunlari Astana (Qozog`iston) shahrida, Gandbolbo`yicha qizlar o`rtasida, Xalqaro turnirda vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 8 ta davlat ichidan O`zbekiston qizlar milliy terma jamoalari faxrli 2-o`rini qo`lga kiritdilar.
2014 yil 13-19 may kunlari Respublikamizning Qarshi shaxrida,o`tkazilgan xalqaro Trofey Markaziy Osiyo mintaqaviy turnirida, O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, faxrli 1-o`rini qo`lga kiritdilar. Ushbu musobaqada Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron davlatlari ishtirok etdi.
2014 yil 6-12 iyun kunlari Tolyatti (Rossiya) shahrida gandbol bo`yichayoshlar va qizlar o`rtasida XIII Xalqaro bolalar festivalida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog`onalarga ko`tarib, 178 tadan ortiq jamoalar tashrif buyurgan bo`lib, ulardan O`zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 3 o`rinni qo`lga kiritdilar.
Ushbu musobaqalarda mamlakatimiz sportchilari muvaffaqqiyatli ishtirok etib, ayollar va erkaklar jamoalarimiz faxrli o`rinlarni qo`lga kiritib kelgan. Shuningdek, musobaqalar yakuniga ko`ra, O`zbekiston erkaklar terma jamoasi darvozaboni Zohidjon Dadajonov chempionatning eng yahshi darvozaboni, Shuningdek, Dilshod Turopov chempionatning eng yahshi o`yinchisi va raqib jamoalariga 68 ta to`p urib, chempionat to`purari nominatsiyasini qo`lga kiritdi. Qizlar terma jamoasi a`zosi, Elena Udiryakova musobaqaning eng yahshi burchak o`yinchisi deb topilgan bo`lsa, Dilbar Bahromova chempionatning eng yahshi o`yinchisi va raqib jamoalariga 53 ta to`p urib, chempionat to`purari nominatsiyasini qo`lga kiritdi.