Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə2/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

KIRISH


Bugungi kunda “Sport turlarini o`rgatish metodikasi (basketbol, yengil atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat suzish)” darsligini yaratish zaruriyati tug’ildi va unda O`zbeksiton Respublikasining mustaqilligi yillarida qo’lga kiritilgan hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlariga doir ma`lumotlar o’z aksini topdi.
Darslik sport faoliyati yo`nalishining sport psixologiya ixtisosligi talabalari uchun mo`ljallangan bo’lib, u mazkur fan bo’yicha mutaxassislar tayyorlash dasturiga muvofiq holda tuzilgan.
Darslikning mazmuni sport psixologi bo’yicha mutaxasislar tayyorlash dasturi talablariga mos ravishda bayon etiladi hamda talabalarning sport mahoratini oshirish, sport o`yinining texnika va taktikasini o’zlashtirish, mustaqil ishlash uchun zarur bo’lgan bilimlar hamda kasbiy-pedagogik ko’nikmalari egallashini nazarda tutadi. Ayniqsa, issiq iqlim sharoitida sportchilarning mashg`ulotlarini rejalashtirish va pedagogik nazorat masalasiga alohida o’rin ajratilgan.
Bugungi kunda jismoniy madaniyat va sport ta`limini takomillashtirishda davlatimizning shu soha bo`yicha yetakchi mutaxasis olimlari samarali mehnat qilmoqdalar. Ularning olib borayotgan kuzatuvlari, ilmiy tadqiqot ishlari asosida jismoniy madaniyatning hamma sohasiga oid darsliklar, o`quv qo`llanmalar, monografiyalar, metodik qo`llanmalar yaratilmoqda. Bularning kelajakda shu soha bo`yicha kadrlarni tayyorlash, aholini sog`lomlashtirish, sportchilarning sport mahoratini oshirish jarayonini takomillashtirish ishlarida samara berishi aniq.
Sport mutaxassislarining, ustoz-murabbiylarning chuqur bilim, malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo`lishi, har tomonlama yetuk, ma`naviy barkamol kadrlar tayyorlash garovidir. Zero, ustozlar har jihatdan shogirdlariga namuna bo`la olsagina, kelajak uchun ishonchli zamin tayyorlanadi. Namunali ustozmurabbiy bo`lish uchun o`qituvchilar tinimsiz izlanishlari, o`z bilim va malakalarini oshirib borishning barcha imkoniyat va vositalaridan, shu jumladan fanga tegishli adabiyotlardan, samarali foydalanishlari, rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy ta`lim texnologiyalari, ilg`or tajribalari bilan tanishishlari, uni o`quv jarayonida qo`llay bilishlari kerak.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, sportni rivojlantirishga e`tibor kuchaytirildi.
Oʼzbekiston Respublikasining 2015 yil 4 sentyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport toʼgʼrisida”gi OʼRQ-394-sonli Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi va qoʼllab-quvvatlashi bilan Oʼzbekistonda 2017-2021 yillar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish dasturi, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi “Oʼzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5924-sonli Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 fevraldagi “2019-2023 yillar davrida Oʼzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 118sonli Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2019 yil 4 dekabrda imzolangan PF-5887-sonli Farmoni hamda mazkur sohaga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
Darslik “Sport turlarini o`rgatish metodikasi (basketbol, yengil atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat suzish)” fani muammolari bilan shug`ullanayotgan mutaxassislar, sport psixologiyasi yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalar, murabbiylar, oliy o`quv yurtlarining va o`rta-maxsus ta`lim muassasalarining jismoniy madaniyat va sport o`qituvchilari va boshqa sport turlari bo`yicha sportchilar uchun foydadan xoli emas.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin