1-Mavzu. O`qituvchi-trenerning ko`p qirrali kasbiy-pedagogik, psixologik funksiyalari Pedagogik-psixologiyada o’qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo’q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko’payib va o’zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o’zgarmas irsiyat” nasldan - naslga o’tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlaming uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko'rsatilgan:
1.O`z kasbiga muhabbat, o’quvchilami seva olishi.
Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
Pedagogik taktga (odob va go’zallikka) ega bo`lish.
Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5.O`z mehnatiga ijodiy yondashish.
Javobgarlikni his etish.
Tarbiyaviy bilimlami egallaganligi.
O`qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o’ziga xos tizimlari mavjud.
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
asosiy xususiyatlar;
tayanch xususiyatlar;
yetakchi xususiyatlar;
yordamchi xususiyatlar.
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo`lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko’p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o’qituvchining o’zaro fikr almashuvi bilan bog’liq xususiyatlari asosiy rol o’ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari o'qituvchining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi:
Kommunikativ qobilivat: o’qituvchining pedagogik jamoa va ota- onalar, mahalla ahli bilan bo’ladigan o’zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo’lish, muloqotga kirishishida pok ko’ngillilik.
O’qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo’lishi, muomala madaniyatini muntazam o’zida shakllantirib borishi lozim.
Perseptiv qobilivat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya’ni kuzatuvchanlik muhim rol o’ynaydi. O’qituvchining shijoati natijasida rivojlanadi, takomillashadi. O’qituvchi o’quvchining psixologiyasini, psixik holatini o’ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.
Empatik qobiliyat: bolalarga bo’lgan muhabbatdan kelib chiqadigan o’quvchilarning his-tuyg’usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish, ldrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir.
Didaktik qobiliyat: o’quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o’zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. Shuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak.
Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U sinf o’quvchilarining o’qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to’garaklarga jalb qila olishida, sinf jamoasining har bir o’quvchiga faol vaziyatni ta'minlab berishida namoyon bo’ladi.
Konstruktiv qobilivat: o’qituvchining o’quv-tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko’ra olishi.
Bilish qobiliyati: o’qituvchining o’z fanini va boshqa fanlari chuqur bilishida, o’zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi.
Anglash (tushunish) qobiliyati: O’qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi, voqea va hodisalari chuqur idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo’lishi.
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik - ko’ra bilish ko’nikmasidir. Bu - individual narsaning o`ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang’ich materialni ко`rа bilishi demakdir.
Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o`z-o`zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo`nalishda bo’lganligi sababli, har biri o`z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o`qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo’lmasdan, balki aynan barcha fan o`qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog’lom o`qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o`rtacha va past darajada bo`lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o`ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:
aql-idrokning muayyan turlari, hoziijavoblik, kamchiliklarga tanqidiye`tibor, sobitqadamlik;
o`qituvchining nutqi: notiqlik san`ati, so’z boyligining teranligi;
aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlataolish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.
pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo’lish.