Har bir jamoa murabbiy va ko’pi bilan 10 ta o’yinchidan iborat bo’ladi. O’yinchilardan biri sardor bo’lib hisoblanadi. Har bir jamoa tarkibida murabbiy yordamchisi bo’lishi mumkin. Agar jamoa biron bir turnirda uchtadan ortiq o’yinda ishtirok etadigan bo’lsa, har bir jamoaning o’yinchilari soni 12 tagacha ortishi mumkin. O’yin paytida har ikkala jamoadan beshtadan o’yinchi maydonda bo’lishi kerak. Ular qoidalarga muvofiq almashishlari mumkin.
Agar jamoa a’zosi maydonda bo’lsa, u o’yinchi bo’lib hisoblanadi va o’yinda qatnashish huquqiga ega. Boshqa hollarda u zaxiradagi o’yinchi bo’lib hisoblanadi.
Agar hakam zahiradagi o’yinchiga maydonga tushish uchun ruxsat bersa, unda u o’yinchiga aylanadi.
Har bir o’yinchining ko’krak va orqa tomonida raqami bo’lishi kerak. Bu raqamlar tushunarli va bir xil rangda, maykaning rangidan yaqqol ajralib turishi zarur. Raqamlar aniq ko’rinib turishi lozim: orqadagi raqamlarning balandligi kamida 2 sm, ko’krakdagi raqamlarning balandligi kamida 1 sm bo’lishi shart. Raqamlar uchun ishlatiladigan ashyoning eni 0,2 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Jamoalar 4-chidan 15-chigacha bo’lgan raqamlarni ishlatishlari lozim. Bir jamoa o’yinchilari takrorlanadigan raqamli maykani kiyib chiqishlari mumkin emas.
O’yinchining sport kiyimi quyidagilardan iborat:
bir jamoaning hamma o’yinchilari old va orqa tomonlari bir xil va umumiy rangda bo’lgan maykalarni kiyishlari shart. Yo’l-yo’l maykalarni kiyish man etiladi;
bir jamoaning hamma o’yinchilari bir xil va umumiy rangda bo’lgan
Sardor zaruriyati tug’ilganda maydonda o’z jamoasining vakili bo’lib hisoblanadi. Bu qoidalarni izohlash bilan bog’liq bo’lgan savollar bo’yicha yoki kerakli ma’lumot olish uchun hakamga murojaat qilish mumkin. Bu narsa xushmuomalalik bilan qilinishi lozim. Sardor biron-bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib ketishdan oldin, katta hakamga o’yinchilardan qaysi biri uning o’rniga sardor sifatida qolayotganligini ma’lum qiladi.
Tartib bo’yicha o’yin boshlanishiga hech bo’lmaganda 20 daqiqa qolganida har bir murabbiy kotibga o’yinda qatnashadigan o’yinchilarning familiyalari va raqamlarini, shuningdek jamoa sardori, murabbiyi va murabbiy yordamchisining familiyalarini ma’lum qilishi kerak.
O’yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida murabbiylar o’z o’yinchilarining familiyalari va raqamlarni tasdiqlaydilar va qaydnomaga qo’l qo’yadilar hamda shu vaqtning o’zida o’yinni boshlaydigan 5 ta o’yinchini belgilab qo’yadilar. «A» jamoasi murabbiyi shu ma’lumotni birinchi bildirayotgan bo’lib hisoblanadi.
Agar o’yinchi o’yin jarayonida o’z raqamini o’zgartiradigan bo’lsa, unda bu haqida kotib va katta hakamga ma’lum qilishi zarur.
Bir daqiqalik tanaffuslar haqidagi iltimoslarni murabbiy yoki murabbiy yordamchisi qilishlari mumkin. Agar murabbiy yoki murabbiy yordamchisi o’yinchini almashtirish kerakligi to’g’risida bir qarorga kelsalar, unda zahiradagi o’yinchi shu iltimosni yetkazish uchun kotibga murojaat qilishi kerak va o’yinga darhol tushish uchun tayyor turishi zarur.
Agar jamoada murabbiy yordamchisi mavjud bo’lsa, uning familiyasi o’yin boshlanishidan oldin qaydnomaga yozilgan bo’lishi shart.
Agar murabbiy turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini davom ettira olmasa, bunda murabbiy yordamchisi murabbiy vazifasini bajaradi.
Jamoa sardori murabbiydek harakat qilishi mumkin. Agar u biron bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib ketishi kerak bo’lsa, unda u murabbiy sifatida harakatini davom ettirishi mumkin. Lekin, agar u qoidani buzganligi tufayli o’yinda qatnashish huquqidan mahrum etilgan bo’lsa yoki og’ir jarohatlanganligi sababli murabbiylik vazifasini bajara olmasa, uning o’rniga sardor sifatida o’yinga tushgan o’yinchi uni murabbiy sifatida ham almashtirish kerak.