Savol
|
Pedagogik qobilyatning asosiy sifatlari nimalardan iborat
|
F- fikringizni bayon eting
|
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo’lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko’p jihatdan muvaffaqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o’qituvchining o’zaro fikr almashuvi bilan bog’liq xususiyatlari asosiy rol o’ynaydi.
|
S - fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko’ra bilish ko’nikmasidir. Bu – individual narsaning o’ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang’ich materialni ko’ra bilish demakdir.
|
M – ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil ko’rsating
|
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog’lom o’qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o’rtacha va past darajada bo’lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o’ynaydi.
|
U – fikringizni umumlashtiring
|
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik; kamchiliklarga tanqidiy e’tibor, sobitqadamlik; o’qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so’z boyligining teranligi; aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo’lish.
|