Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə73/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

Sport taktikasi – sportda bahslashish sanʼati deb taʼriflash ham mumkin.
Sportchining texnik tayyorgarligi deb – unga sportda bahs yuritish vositasi yoxud trenirovka vositasi boʼlib xizmat qiluvchi harakat va faoliyat texnikasini oʼrgatishga aytiladi.
Tablo - tablo. Oʼyin bilan bogʼliq boʼlgan ommaga aniq koʼrib olishga moslangan ekran, taxta, schit.
Taym aut - taym aut. Tanaffus.
Tarbiyalash – shaxsni maqsadli shakllantirish jarayonidir. Mustaqil Oʼzbekistonda tarbiya asosan yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʼoyalariga sadoqat ruhida, shaxsni har tomonlama rivojlanishiga hamda faol va ongli insonni tayyorlashga qaratilgan.
Tayanishlar - yelkalar tayanch nuqtasidan yuqori boʼlgan holatlar. Tayanishning quyidagi turlari bor: choʼqqayib tayanish , oʼng tizzaga tayanish, oʼng tizza bilan chap qoʼlga tayanish va chap tizza bilan oʼng qoʼlga tayanish, tik bukilib tayanish, bilaklarga tayanib yotish, orqadan tayanib yotish va hokazo.
Tayanib sakrash - qoʼllarda qoʼshimcha tayanib (turtki berib) bajariladi. Tayanib sakrashning quyidagi: oyoqlarni bukib sakrash, oyoqlarni kerib sakrash, yonlama sakrash, burchakli sakrash,. toʼntarilib sakrash va hokazo turlari bor.
Tebranish - aylanish oʼqiga nisbatan erkin harakatlanish. Ijro usullari: kuchannb, bukilib, sakrab. Bir necha bor siltanish - tebranish deyiladi.
Tezlik – kishining harakatni mumkin qadar yuqori tezlikda bajarish qobiliyatidir. Harakat tezligigi (masalan, yugurishda, ayniqsa qisqa masofaga yugurishda) va harakat reaktsiyasining tezligini (masalan, toʼsatdan berilgan signalni ilgʼab olish – yugurish, suzish, oʼyin va boshqalardagi startlar) farqlash mumkin. Jismoniy tarbiya tezlik sifatini rivojlantirish uchun qoʼyidagi mashqlar qoʼllaniladi: tez bajariladigan turli mashqlar, startlar, qisqa masofaga tez yugurish, tezlikni oshirib yugurish, estafeta yugurishi, yugurib kelib uzunlikka sakrash, uzun yoki kalta argʼimchoqda sakrash, tezkor reaktsiyani va harakat faoliyatini talab qiluvchi oʼyinlar.
Tutish - snaryadni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustdan tutish, ostdan tutish, turlicha tutish, teskari tutish, chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jips tutish, chuqur tutish. Tutish soʼzi qisqartirish qoidasiga binoan odatda tushirib qoldiriladi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin