Аut - aut, chetda. Sport oʼyinlarida toʼpning maydonni chegaralab turgan chiziq (devor)ning tashqarisiga chiqish.
Burilish - gavdaning vertikal oʼq atrofida harakatlanishi. Burilishning quyidagi turlari bor: oldinga siltanib burilish, orqaga siltanib burilish, oyogʼini osmonga qilib turib burilish va hokazo. Oyoqni osmonga qilib turish gimnastikachi tanasining biron qismiga tayanib, oyoqlarinn yuqoriga uzatgan vertikal holat. Bunday turishning quyidagi turlari bor: yelkada, qoʼllarda, bir qoʼlda va hokazo. Uni ijro etish usullari: kuchanib, siltanib, bukilib, kerishib va hokazo.
Darsning umumiy zichligi– pedagogik nuqtai nazardan toʼgʼri foydalanilgan vaqtning butun dars davomiga nisbati.
Dinamik muvozanat – belgilangan masofani (10-20 metr toʼgʼri yoʼlakchani) koʼzlarni yopgan holda yurib oʼtishi.
Diskvalifikatsiya - sportchini oʼyin qoidalarini buzgani uchun sport musobaqalariga qatnashishdan mahrum qilish.
Doira - qoʼl, oyoq, boshni aylana boʼylab harakatlantirish, shuningdek oyoklarni (oyoqni) snaryad tepasidan aylantirish.
Dumalanish - tayanchga birin-ketin qoʼl tekkizib gavdann aylantirish (bosh orqali toʼntarilmay). Dumalanishning quyidagi: oldinga dumalanish, yonga dumalanish, aylanma dumalanish, orqaga buqilib (turgan holatdan) dumalanish singari turlari bor.
ETTF - Yevropa stol tennis federatsiyasi.
Jismoniy barkamollik – bu har tomonlama rivojlanishning va odamga harakat qilishga tayyor boʼlib turishning tarixan vujudga kelgan darajasi boʼlib, ishlab chiqarish, harbiy, turmush sharoitlariga eng yaxshi moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini va hayotiy muhim funktsionalning normal oʼsishini taʼminlaydi.