Umarov M.N. Gimnastika. O‘quv qo‘llanma– Tashkent, “VNESHINVESTPROM” MChJ - 2015 y
Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi. 2-nashr. O‘quv qo‘llanma– Tashkent, Ilm-ziyo - 2011 y
Toirjanov E.I.Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma–
Farg‘ona, “Fan va texnologiya” nashriyoti - 2019 y
20-Mavzu. Suzishning rivojlanish tarixi. Inson yer yuzida paydo boʼlganidan buyon uning hayota har doim suv bilan bogʼliq. Bashariyot tamadduni yirik daryolar: Nil, Tigr, Yefrat, Xuanxe, Yan-tszi, Hind va Gang vodiylarida rivoj topgan. Odamlarni oʼziga jalb qilgan suv havzalari ular uchun faqat hayot manbangina emas, balki ozuqa topish mumkin boʼlgan joy, kutilmagan hujumlardan asraydigan toʼsiq, oʼzaro aloqa va almashuvning qulay vositasi hisoblangan.
Ibtidoiy odamlar hayotida suv katta ahamiyatga ega boʼlib, bu muhitni oʼzlashtirib olish zarurati yashash uchun kurashning nihoyatda ogʼir sharoitlarida undan suzish malakasini talab qilgan. Odam suvni ilohiylashtirgan, undan qoʼrqqan, uning oldida bosh eggan.
Davlatchilik tizimi yuzaga kelgach, mehnatda va harbiy faoliyatda suzish malakasi zaruriyatga aylandi. Taraqqiyot natijasida odamning suzishni bilishi yoki bilmasligi uning jismoniy tarbiyasi darajasini aniqlash mezoniga aylandi. Suzish malakasini odamlar har doim yuksak qadrlaganlar. Krol` va brass usullariga oʼxshash tarzda suzayotgan odamlar tasvirlangan eng qadimgi arxeologik topilmalar IV ming yillikka tegshilidir.
Suzish suv muhitini oʼzlashtirib olish va unda harakatlanish malakasini egallash bilan bogʼlik boʼlgan hayot uchun zarur faoliyat hisoblanadi. Dastlab suvga tushgan odam choʼka boshlaydi. Shuning uchun u bunday noodatiy muhitda oʼzini tutishni bilib olishi lozim. Urushlar vaqtida, ayniqsa, dengiz janglarida, suzish malakasi hal etuvchi ahamiyatga ham ega boʼlgan. Qadim zamonlarda suzishning harbiy maqsadlardagi qoʼllanishi to`gʼrisida Ramzes III maqbarasidan topilgan bareleflar asosida tasavvur hosil qilish mumkin. Unda misrlik jangchilarning Oront daryosini kechib oʼtishi tasvirlangan.
Nilda suzishni mahsus oʼrgatshi zodagonlargagina nasib qilgan, firʼavnlarning farzandlari uchun bu majburiy sanalgan. Qadimgi Misrda er.av.2,5 ming yililgari yashagan hukmdor Setining maqbarasida “U podsholarning farzandlari bilan birgalikda menga ham suzish darslarini berar edi” degan yozuv saqlanib qolgan.
Qadimgi Yunonistonda ham suzishni bilish yuqori baholangan. To`gʼri, suzish dastlabki Olimpiada oʼyinlari dasturiga kiritilagan. Biroq er.av.1300 yildan boshlab Istmiya oʼyinlari va dengizlar hukmdori Poseydon sharofiga Germionda oʼtkazilgan bayramlar vaqtida suzish musobaqalari uyushtirilgan.
Yunon jamoat arbobi Solen oʼsmirlarni tarbiyalash jarayonida oʼqish va yozish malakalari qatorida cuzishga ham alohida eʼtibor berish lozimligini oʼqtirgan. Oʼsha paytlarda “U na oʼqishni biladi, na suzishni” degan ibora fuqaro deb atalishga nomunosib boʼlgan johil kishilarni tavsiflashda qoʼllanilgan.
Pavsaniy va Gerodot er.av.470 yilda forslarning harbiy kemarini choʼktirib yuborgan suvga shoʼngʼish ustasi. Toʼfon vaqtida u dushman kemalari oldiga suzib borib, langar arqonlarini kesib qoʼygan, natijada kemalar qirgʼoqdagi qoyalarga urilib, parchalanib ketgan. Orqaga qaytayotganda Stsillis yovning koʼziga tashlanmaslik uchun dambadan shoʼngʼib, 5 km ga yaqin masofani suzib oʼtgan. Bu jasorati sharofiga Del`fada uning haykali oʼrnatilgan. Аfsonaga koʼra, Stsillaga qizi Xinda yordam bergan, uni dengizlar hukmdorining sevgilisi deb ataganlar.
Qadimgi yunonlar suzishini bilishga katta eʼtibor berganlarini Platonning quyidagi mashhur so`zlari ham tasdiqlaydi: “Donishmandlikning aksi hisoblangan, suzish va oʼqishni bilmaydigan kishilarga xizmatni ishonib topshirish mumkinmi?” Аfinada suzishni bilmagan odamlar nuqsonli hisoblangan.
Qadimgi Rimda afsonaviy sarkardalar Gay Yuliy Sezar`, Gney Pompei, Mark Аntoniy, Oktavian Аvgust oʼzlari zoʼr suzuvchi boʼlibgina qolmay, oʼz qoʼshinlarini ham ustalik bilan suzishiga oʼrgatganlar. Goy Yuliy Sezar` esa Rimda chinakam imperatorlarga xos koʼlamdagi ulkan “dengiz janglari”ni oʼtkazgan, ularda minglab jangchilar qatnashib, kemalarni iskanjaga olish, suzish va shoʼngʼish, suvda yakkama-yakka olishish, tish-tirnogʼigacha qurollanib daryolarni kechib oʼtish malakalarini namoyish etganlar. Rim qoʼshinlarida maxsus suzuvchilar otryadi kemalarning suv ostidagi qismlarini taʼmirlash va dengiz razvedkasi bilan shugʼullangan.
Suvda musiqa ostida davra qurib suzish Qadimgi Rimda har yili oʼtkazilgan katta suv tomoshalari dasturiga kiritilgan. Qadim Rimdagi jamoat hammomlaritermalarda ochiq va yopiq choʼmiladigan joylar qurilgan. Аyrim termalar 100x150 m oʼlchamli hovuzlariga ega boʼlib, maʼrifatli kishilar bolalariga ham suzishni oʼrgatganlar.
Insoniyat taraqqiyotining tongidayoq odam suvning shifobaxsh xususiyatlaridan xabardor boʼlganlar. Barcha dinlarda “tanani poklash” zarurat hisoblangan. “Gigiena” soʼzi yunoncha soʼz boʼlib, “sogʼlom”degan maʼnani anglatgan. Qadimgi Yunoniston va Rimda gigiena-salomatlik maʼbudasiga sigʼinganlar. “Rimliklar barcha kasalliklardan suv yordamida davolanganlar, olti asr davomida ularda umuman tabiblar boʼlmagan”, - deb yozadi oʼsha davr adibi Pliniy. Kuniga bir necha martadan choʼmilish odat hisoblangan.
Koʼpgina xalqlar qadimdanoq choʼmilishdan gigienik va chiniqtirish maqsadlarida foydalanganlar. Qadimgi hind donishmandlari shunday deganlar: “Yuvinish kishiga 10 ta imtiyoz beradi: tiniq ong, bardamlik, tetiklik, sogʼlomlik, kuch, goʼzallik, yoshlik, poklik, toza rang va barno ayollarning eʼtibori”.
Suvning chiniqtiruvchi taʼsiridan koʼpgina xalqlar qadim zamonlardanoq foydalanib kelganlar. Ruslarning daryo muzini teshib choʼmilish odati koʼpchilikka tanish. Chet elliklarni doimo ruslarning chiniqqanligi hayratga solib kelgan. Petr I saroyida boʼlgan kamer-yunker Berxolts shunday yozgan edi: “Ruslar issiq hammomdan chiqib, mutlaqo yalangʼoch holda muzdek suvga tashlanadilar va oʼzlarini juda yaxshi sezadilar, chunki bolalikdan shunga oʼrganlar.”
Zamondoshlarining guvohlik berishiga, qadimgi slavyanlar “daryolarni kechib oʼtishga juda usta boʼlganlar, chunki suvda oʼzlarini boshqalarga qaraganda koʼproq va yaxshiroq tuta bilganlar”. Ko`hna Ipatyev solnomalarida rus yigitining ajoyib vatanparvarligi aks ettirilgan. U izidan quvib kelayotganlariga qaramay, qinchoqlar tomonidan qoʼqqisdan bosib olingan Kiyevdan chiqib, Dneprning narigi qirgʼogʼiga suzib o`tgʼan va knyaz` Svetoslav qarorgohiga borib, unga dushman hujumi haqida xabar bergan. Shunday qilib, jasur suzuvchi poytaxtni vayron boʼlishdan, xalqni esa asirga tushish va qirilib ketishdan saqlab qolgan.
Vizantiyalik tarixchi Mavrikiy qadimgi Rus` boʼylab sayohat qilar ekan, ruslar boshqa qabila va xalqlar vakillaridan ham mohirroq suzuvchi ekanligini taʼkidlagan. Slaven jangchilarining qamishdan tayyorlangan naycha orqali nafas olib, suv ostida oʼzoq muddat yashirinib yota olishlari uni hayratga solgan.
Suzish boʼyicha dastlabki musobaqalar koʼshincha yaqqol amaliy ahamiyatga ega boʼlgan. Misol uchun qadimgi slavyanlarning Dnepr irmogʼi Pochayna daryosida oʼtkazgan ommaviy musobaqalarini keltirish mumkin. Eng yaxshi shoʼngʼuvchi suvchilar baravar daryoga sakrab, maʼlum vaqt davomida qoʼllari bilan baliq tutishlari kerak boʼlgan. Eng yirik baliq tutib chiqqan kishi gʼolib deb eʼlon qilingan va baliq tutadigan ipak toʼr bilan mukofotlangan.
476 yilda Rim imperiyasi qulaganidan keyin jismoniy tarbiya ham rivojlanishdan toʼxtadi. Oʼrta asarlarda suzish bilan shugʼullanish gunoh hisoblanadigan boʼldi. Yevropaning koʼpgina shaharlarida cherkov choʼmilishni taqiqlab qoʼydi. Suvdan uzoqlashish insoniyatga juda qimmatga tushdi. Vabo, oʼylash, terlama epidemiyalari butun-butun shaharlarning aholisini qirib yubordi. Biroq sogʼlom fikr oxir-oqibat gʼalaba qildi va qator roman, german mamlakatlarida suzish zodagonlarning farzandlari boʼlajak jangchilarni jismoniy tarbiyallash tizimi tarkibiga kiritiladigan boʼldi.
Uygʼonish davri suzishga boʼlgan qiziqishni yana kuchaytirib yubori. 1515 yilda Italiyada suzish boʼyicha tarixdan maʼlum boʼlgan birinchi musobaqalar oʼtkazildi. 1538 yilda esa suzishga bagʼishlangan ilk kitob dunyo yuzini koʼrdi, uning muallifi daniyalik N.Vinman edi. Rossiyada suzish texnikasi va suzishga oʼrgatish usuliyating dastlabki bayonini 1776 va 1792 yillarda chiqqan “Iqtisodiyot oynoma”da uchratish mumkin. Nomaʼlum muallif birinchi bor brass usulida suzishga oʼrgatishining tabiiy usulini tavsiflat beradi, bu usul avval suvda yotishga, keyin barcha suzish harakatlarini bajarish, yaʼni suzish usulini toʼla takrorlashga oʼrgatishni koʼzda tutadi. Muallif oʼrgatishning eng muhim nuqtalari-oʼpkani havoga toʼldirish, tananing gorizontal holati hamda qoʼl va oyoqlarning muvofiq harakatlarini saqlab turishga eʼtiborini qaratadi.
XVII asrda rus qoʼshinlarida suzishga oʼrgatish majburiy amaliyot hisoblangan. “Аskarlarga quroldan foydalanishni oʼrgatish” harbiy koʼrsatmasi har bir jangchi suzishni bilishi shartligini taʼkidlaydi va suzishga oʼrgatishni tashkil etish boʼyicha zarur choralarni qoʼrishni maslahat beradi. Petr I davrida Dengiz Аkademiyasi hamda Imperator huzuridagi quruqlik kodetlar korpusi oʼquv fanlari sirasiga suzishi ham kiritiladi. Petr I buyruqlaridan birida shunday soʼzlar bor edi: “Barcha yangi askarlar istisnosiz suzishni oʼrganishlari kerak, har doim ham ko`priklar boʼlavermaydi”.
Аleksandr Vasil`yevich Suvorov suzishni bilimga katta ahamiyat bergan. O`z oʼzi askarlarni suzishga har qanday ob-havoda daryoni kechib yoki suzib oʼtishga oʼrgatgan. “Tibbiyot xodimlari uchun qoidalar”da u “har sohada zarur boʼlgan ozodalik, yangi ovqat va ichimlik hamda kundalik cho`milish bilan” kasalliklar oldini olishni talab qilgan.
X1X asrning ikkinchi yarmiga kelib suzishga oʼrgatish bovesida boy tajriba boʼplandi. Rossiyada suzish boʼyicha Brusilov, Plaxov, Konkin, Kasselь, Pevenot, Ganike va boshqa mualliflarning qator kitoblari paydo boʼldi.
Suzishga oʼrgatishning eng ilgʼor-yahlit-taqsimlangan usuli ishlab chiqildiki, u jiddiy eʼtibor qozandi. 1897 yilda nashr etilgan А.B. Ganikening “Suzishni mustaqil oʼrganish” kitobida bu usulning taʼrifi berilgan.Usulning mahiyati suzish texnikasining alohida elementlarini oʼrganib olish va suzish usulida ularni izchil uygʼunlashtirishdan iborat. Mashqlar dastlab yengillashtirilgan sharoitda (quruqlikda, suvdagi quzgʼalmas tayanch yonida, nafasni toʼxtatgan holda sirgʼalib), keyin esa odatdan sharoida (suvda) bajarilgan. Birinchi marta muallif oʼrganishdan avvol suvga koʼnikish mashqlarini qullashni tavsiya etadi: sayoz joyda harakatining,suvga shoʼnlik ,suzib chiqish va, ayniqsa eng muhimi- sirgʼalib bajariladigan mashqlar. Bu usul eng samarali hisoblanib,guruhlarda ishlash imkonini bergan,shuning uchun u XX asr boshlaridp Rossiya va horijdagi barcha suzish maktablarida asosiy oʼrtatish usuli hisoblanadi.
Yevropa mamlakatlarida suzishning rivojlanishi uchun turtki boʼlgan yana bir sabab shunda edish, Napoleon urushlaridagi jiddiy yuqotchilar choʼkkanlar hissasiga tugʼri kelardi. 1812 yildagi Vatan urushi,keyinroq 1941-1945 yillardagi Ulugʼ Vatan urushi tajaribasi eng shiddatli janglar suv chegaralarida borganligini koʼrsatdi. Qushinlarning Dnepr, Don, Bug, Neman, Dunay, Visla, Oder kabi sersuv daryolarni ommaviy ravishda kechib oʼtishi hart sanʼatining nomunalariga aylandi.Аskarlarning kiyimda va qurollari bilan suza olishi qator jang operatsiyalaring muvaffaqiyatli bojarilishiga yordam berdi, minglaring hayotini saqlag qoldi.
Choʼkayotinlarni qutqarish va agʼoliga chukkanlarni tiriltirish usullarini oʼrgatish bilan shugʼullanadigan dastlabki jvmiyatlardan biri 1767 yilda.
Аmeterdalida paydo boʼldi. 1772 yilda Parijda choʼkayotanlarni qutqarish tugʼricida.
Nizom nashr etildi, 1774 yilda esa eng yirik “Choʼkayotganlarni qutqarish boʼyicha Аngliya Qirollik jamiyati”ga asos solindi.Rossiyada 1866 yilda Kronshtadt dengizchilari tomonidan kemalar halokasi vaqtida yordam berishni uyushtirish jamiyati tashkil etildi, 1871 yilda u “Suvda qushqaring b boʼyicha Rossiya jamiyati”ga aylantiriydi.
Dastlab chukkanlarini qornidan orqasiga,keyin yana qorniga oʼgirib,bochkada gʼildiratib, choyshabda tebratib eltirishga uringanlar.Keyinroq ancha taʼsirchan usullarni qullay boshlaganlar.Massalan,1799 yilda Rossiyada chop etilgan “ Xalq uchun qisqacha kitob”da “uch(chukkan odamning) oʼpkasiga ogʼizdangʼogʼizga yoki shishirilgan qon yordamida puflab qattadan gʼavo kiritishga gʼarakat qilish” tavsiya etilgan.X1X asrning oʼrtalarida Shefer, Xoll, Silvestrning xilma-xil qoʼl bilan sunʼiy nafas oldirish usullari amaliyotga tatbiq etildi.
X1X asrning boshlaridayoq suzish koʼpgina Yevropa mamlakatlaring harbiy oʼquv muassasarida oʼrgatila boshlandi. Bundan tashqari ,havaskor suzuvchilarning turli jamiyat va tuzaklari paydo boʼldi.Suzish havoskorlarining berinchi maktabi 1785 yilda Parijda ochildi.Rossiyadagi birinchi shunday maktab 1827 yilda Nevadagi shaharda yuziga keldi. 1834 yilda Peterburgda,yozgi bogʼ yaqinida barcha xohlovchilar uchun suzish maktabi tashkil etilib,uyda shvetsiyalik gimnastika oʼqituvchisi Gustaf Pauli “rahbarlik qila boshladi.U yerda “qurboqasimoi qorinda”,” chalqancha”,” yonlama”, “kuchuncha”, qurol bilan va boshqa usullarda suzish,shuningdek, choʼkayotganlarni qutqarishga oʼrgatillar edi.Pushkin,Vyazemskiy bu maktabning doimiy “oʼquvchilari” boʼlgan.
Rossiyada birinchi marta zamonaviy suzish musobaqalari 1894 yilda Peterburg suzish havaskori toʼgaragi tomonidan Pavlovskada,Slavenka daryosida oʼtkazildi. Moskvadagi Markaziy hammonda yopiq hovuzlar (basseynlar) qurildi. Uch yildan soʼng mashhur Sandunov hammomlarida,1902yilda Kiev kadetlar korpusi qoshida shunday hovuzlar paydo boʼldi.
Rossiyada ommaviy,shuningdek,sportcha suzishning rivojlanishida 1908 yilda Peterburg yaqinidagi Shuvalovoda ochilgan suzish maktabi katta rolь uynadi.Maktab jamoatchilik asosida dengiz shifokori V.N. Peskov tashabbusi bilan tashkil etilgan edi.Yozgi mavsum davomida maktabda 400 ta gacha kishi shugʼullandi. Ular imtihon topshirib,suzish boʼyicha magistr yoki nomzod unvonini olishlari mumkin edi. Suzish magistri 12 ta meʼyorni bajarishi zarur boʼlgan:
1.3000 m.svuzib utish.
2.Chalqoncha usulda 1500 m. Suzib oʼtish.
3.Kiyim va poyabzalda brass usulida 1600 m. Suzib oʼtish.
4.Faqat qoʼllar yordamida harakatlanib, chalqancha usulda 450 m suzib oʼtish.
6.Bir qoʼlda 2kglik toshish tutgan holda chalqancha usulda 30m suzib oʼtish.
7.Suv ostida 30m suzib oʼtish.
8.4-5 m. Chuqurlikka toshni olib chiqish uchun shungʼish (2-3 sek dam olish bilan 5 marta ketma-ket).
9.Suvda yechinish.
10.75 m ga qutqarishli suzish; startdan sakrash,50 m.suzib oʼtish “ chukayotgan” kishini ushlab, u bilan 25 m suzib utish.
11. “Choʼkkan” kishiga birinchi yordam koʼrsatish.
12.7 metrlik minoradan joyida turib 3 marta va yugurib kelib 3 marta suvga sakrash.
Dam olish kunlari maktabda bayramlar oʼtkazilgan, ularda eng yaxshi uquvchilar oʼqituvchilar bilan birgaliqda suvda turli shakllarni bajarganlar,har xil usullarda suzish va shoʼngʼishlarni namoyish etganlar, minoradan va tramplin dan suvga sakraganlar,tez suzishi bellashuvlarini uyushtirganlar,”choʼkaytganlar”ni qutqarishda mohirlik koʼrsatganlar, qayiqlarda “jang” qilib, raqiblarini langarchui bilan suvga yiqitganlar. Shuvalova maktabi magistlari 1912 yil Stokgolьm Olimpiadasida ilk marta qatnashgan Rossiya suzuvchilar terma jamoasining asosini tashkil qildir.
1918 yilda Moskvada,1919 yilda Petrogradda tashkil etilgan jismoniy tarbiya institutlari suzish boʼyicha malakali oʼqituvchi va murabbiylarni tayyorlay boshladi. Аyni vaqtda suzish boʼyicha sport mashgʼulotlari va oʼrgatish usuliyati takomillashib bordi.1926 yilda Leningrad jismoniy tarbiya instituti oʼqituvchilari tomonidan taklif etilgan “ Oʼrgatishning -majmuali usuli” oldinga quyilgan sezilarli qadam boʼldi.
1925-1934 yillarda suzish boʼyicha bir qator oʼquv qulanlari nashr etildi: L.Gerkan “ Sportcha suzishning nazariyasi va usuliyati”; А.Jemchujnikov “ Suv sporti”, N.Butovich “Suzish,suvga sakrash va suv polosi”.
1931 yilda tashkil qilingan “Suv transportining rivojlanishiga yordam berish va suv yullarda odamlar hayotini muqofaza qilioʼ jamiyati” ommaviy suzishning rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. OSVOD uyushmasi faqat mehnatkashlar hayotini muhofaza qilishgina emas, akolini suzishga oʼrgatish va suzishni ommalashtirish boʼyicha ham katta ishlarni amalga oshirdi.
АQSh, Yaponiya, Аvstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Shvetsiya singalari yirik kapitalistik mamlakatlarida suzish sportini rivojlantirish uchun 50 yillarda yosh suzuvchilar mashgʼulot va musobaka tizimi joriy qilindi. Maktab dasturlaricha majburiy suzish darslari kiritildi. Chet elda sportcha suzishning rivojlanishiga maktablar qoshida sport basseynlari va basseynlarining ochilganligi katta yordam berdi.