Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə65/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

Donalarni urib olish.
Shoh, farzin, rux va fil yo‘lida o‘z donalari turgan holatlarda yura olmaydi. Bordi-yu, yuradigan yo‘lda raqib donalaridan biri turgan bo‘lsa, uni urib olish mumkin. Urilgan dona o`rniga urgan o‘z donasi qo`yiladi. Ot yurishda ham, raqib donasini urishda ham o‘z yo‘lida turgan o‘zining va raqibning donalari ustidan sakrab o‘tishi mumkin.
Nazorat savollari:

  1. Shaxmat taxtasi nechta teng xonalarga bo'lingan?

  2. Shaxmatning boshlang‘ich shakli qaysi viloyatlarda paydo bo‘lgan?

  3. Chaturanga hozirgi qaysi o`yinga o‘xshaydi?

  4. Nechanchi asrlarda Italiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda ham shatranj o`ynala boshlandi?

  5. XIV—XV asrlarda Temur saroyida yashagan qaysi inson shatranj nazariyachilaridan bo`lgan?

  6. G'arbiy Yevropada nechanchi asrlarga kelib, ayrim shaxmat donalarining nomlari va yurishlari o‘zgara boshladi?

  7. Oqsuyaklar o‘q-yoy otish, qilichbozlik, ov qilish, she’r yozish va hokazolar qatorida nimani yaxshi bilishlari kerak edi?

  8. Shatrang tez orada qaysi mamlakatlarga yoyila boshlagan?

Adabiyotlar


1. Muhiddinov M. Shaxmat. O`quv qo`llanma. T. 2007.

17-Mavzu. Taktik tayyorgarlik va kombinatsiya


Mashhur yozuvchi Stefan Sveygning «Shaxmat novellasi»da shunday epizod bor. Bir avstriyalik yurist doktor B gitlerchilar panjasiga tushib qoladi. Zarur ma’lumotlar olish maqsadida gestapochilar uni qamaydilar, azoblaydilar. Doktor B. hech narsa qilmaydi, hech narsa eshitmaydi, hech narsani ko‘rmaydi.
«Zulmat asiri» bunday azobga chiday olmaydi. Miyasi normal ishlashdan to'xtay boshlaydi. Xuddi shu payt qo‘qqisdan uning qo‘lida kichkinagina bir kitobcha paydo bo‘ladi. Bu mashhur shaxmatchilar o‘ynagan 150 partiyaning to‘plami edi. U yoshligida shaxmat o‘ynagan. Bu yerda shaxmat taxtasi yo‘qligi sababli donalarning kitobchada ko`rsatilgan barcha yurishlarini miyada aks ettirishga o‘rgana boshlaydi.
Xullas, bu ishni uddalay olishi bilan doktor B. ning ruhiy ahvolida o‘zgarish yasaladi. Keyinchalik u shunday hikoya qilgan edi: «Ha, endi men seni yeyman», degan kamerada yolg'iz emasdim. Muntazam qilingan shaxmat mashg‘ulotlari so‘nib borayotgan aqliy qobiliyatimning asta-sekin tiklanishiga olib keldi. O‘z o‘rniga kelib qolgan miyam eskicha, hatto o‘tkirroq ishlay boshladi. Shaxmat taxtasi ustida men ixtiyorsiz soxta tahdidlardan yashirin qutulish yo‘llarini o‘rganib oldim va o‘shandan keyin tergovchilar meni g'aflatda qoldirolmaydigan bo‘lib qolishdi. Ular menga ko‘p do‘q qilishmaydigan bo‘lishdi.
Ko‘plab kishilar ular ko`z o‘ngida esxonasini yo‘qotayotgan bir paytda, ehtimol, qarshilik ko‘rsatish uchun qayerdan kuch olayotganligim sarosimaga solib qo`ygandir».
Kishi aqliy faoliyatiga shaxmatning qanday ta’sir ko‘rsatishini Svevg ana shunday ta’riflaydi.
Mana, shaxmat o‘yinining qanday davom etishini olib ko‘raylik. Shaxmatchi navbatdagi yurishni qilishdan avval taxtada vujudga kelgan vaziyatni to‘g‘ri baholashga intiladi. Jang plani haqida fikr yuritadi. Raqibining javob yurishlarini chamalaydi.
Boshqacha qilib aytganda, har bir partiya boshdanoyoq mantiqan, o‘zaro uzviy bog‘langan fikrlar zanjiridan iboratdir. Odatda, o‘yin dastlab markaziy piyodalarni surish bilan boshlanadi. So‘ngra ot va fillar o‘yinga chiqariladi va shohni xavfsizlantirib (rokirovka qilib) asosiy jangga kirishiladi. Shaxmatchi o‘yin boshidayoq ma'lum tamoyillarni salgina buzib qo‘ysa, shunga yarasha «jazolanadi».
Shunday ham bo‘lishi mumkin: shaxmatchi barcha yurishlarni qilganda to‘g‘ri mulohazalarga tayanadi-yu, biroq «to‘satdan» mag‘lubiyatga uchraydi. Buning sababi nimada? Sababi shundaki, shaxmat o‘yinining qonun-qoidalari hamma vaqt matematika «yo‘llari»ga bo‘ysunavermaydi. Har qanday matematik tizim sonlar nisbatining qat’iy ramkasida joylashgan bo‘ladi.
Shaxmatda esa, doimo son sifatga aylanib turadi. Beriladigan qurbonlar, kombinatsiyalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, kurashga har bir tomon o‘z hissasini qo‘shadi. Nihoyat, vaziyatga yuzaki emas, balki voqealar rivojlanishi imkoniyatlariga chuqurroq munosabatda bo‘lgan tomon haq bo‘lib chiqadi. Buyuk nemis shoiri Gyote shaxmatni aql gimnastikasi, deb atagan.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin