53-rasm. Darvozabon texnikasining tasnifi6 O`yin jarayonida darvozabon maydon o`yinchisi ixtiyoridagi kerakli texnik usullardan foydalanaveradi.
Texnik usullarning muvaffaqiyatli bajarilishi ko`p jihatdan darvozabonning harakatga qanchalik tayyor turganligi bilan belgilanadi. Darvozabonning to`g`ri dastlabki holatda bo`lishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir. Bunday dastlabki holat oyoqlarni yelka kengligida kerib, sal bukib turish bilan ifodalanadi. Yarim bukik qo`llar ko`krak balandligida oldinga uzatilgan. Kaftlar olg`a tomon ichkariga qaragan. Barmoqlar sal bo`shashtirilgan. Dastlabki holatning to`g`ri bo`lishi darvozabonga og`irlik markazi o`qini tezlik bilan tayanch sathidan tashqari chiqarib olib, lozim bo`lgan harakatlarni oddiy, juftlama yoki chalishtirma qadam tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini beradi.
Nazorat savollari: Futbol o`yin texnika tushunchasi?
Texnik usullarni ta`riflab bering?
Futbol texnikasining tasnifi?
Futbol texnikasi qanday bo`limlarga bo`lingan?
Maydon o`yinining texnikasi nimalardan iborat?
To`pga oyoq bilan zarba berish vaqtida harakatlanishning asosiy fazalari?
To`pga oyoq bilan zarba berishning usullari?
To`pga bosh bilan zarba berish vaqtida asosiy fazalari?