To`pni oyoq bilan to`xtatish – eng ko`p qo`llaniladigan texnik usul. Uni turli usullarda bajariladi. Harakatning asosiy fazalari hamma usullar uchun umumiy.
Tayyorlov fazasi – dastlabki holatda turib olish. Bu faza bir oyoqqa tayangan holat bilan ifodalanadi. Turg`unlik bo`lsin uchun gavda og`irligi sal bukilgan tayanch oyoqqa tashlanadi. To`xtatuvchi oyoq to`p tomon uzatilib, uning yuzasi to`pga qaratiladi.
5 0 - rasm. To`pni to`xtatish usullari tasnifi3 Ishchi faza bir oz bo`shashtirilgan to`xtatuvchi oyoq bilan so`ndiruvchi harakat qilishdan iborat. Amortizatsiyalovchi yo`lning uzun-qisqaligi to`p harakatining tezligiga bog`liq. Agar tezlik katta bo`lmasa, to`p bo`shashtirilgan oyoq bilan so`ndiruv harakatisiz to`xtatiladi.
To`xtatuvchi yuza to`p bilan to`qnashgan paytdan orqaga harakat bir oz sekinlatib boriladi-da, to`pning tezligi so`ndiriladi.
Yakunlovchi faza – keyingi harakatlar uchun kerakli dastlabki holatga o`tish. Og`irlik markazining o`qi to`xtatuvchi oyoq bilan to`p tomonga o`tkaziladi. To`xtatgandan keyin ko`proq zarba berish yoki to`p bilan birga harakatlanish bajariladi.
Oyoq kaftining ichki tomoni bilan to`p to`xtatish yumalab va uchib kelayotgan to`plarni qabul qilishda qo`llaniladi. To`xtatuvchi yuza bilan amortizatsiyalash yo`li anchagina katta bo`lgani sababli bu to`xtatish usulining ishonchlilik darajasi yuqori bo`ladi.
Dumalab kelayotgan to`pni to`xtatish uchun dastlabki holat – to`p tomonga qarab turish. Gavdaning og`irligi sal bukilgan tayanch oyoqda. To`xtatuvchi oyoq olg`a tomon uzatiladi. Oyoq kafti tashqariga 900 buriladi. Oyoq uchi sal ko`tarilgan bo`ladi.
To`p bilan oyoq kafti to`qnashgan paytda to`xtatuvchi oyoq tayanch oyoq darajasiga qadar orqaga olinadi. To`xtatuvchi yuza oyoq kafti ichki yuzasining o`rtasiga to`g`ri keladi.
Pastlab, ya`ni tizza baravar uchib kelayotgan to`plarni to`xtatishdagi harakatlar dumalab kelayotgan to`plarni to`xtatishdagi haraktlardan unchalik farq qilmaydi. Biroq, past uchib kelayotgan to`pni to`xtatadigan oyoq tayyorlov fazasida bukilib, to`p balandligiga qadar ko`tariladi.