TOG'RAYHON O'SIMLIGI DORIVOR HUSUSIYATLARI VA UMUMIY TASNIFI
Muallif: Abdullayev Azizbek Abdurashid o'g'li
Tekshiruvchi: Mamatkulova Iroda Ergashevna
Mundarija.
KIRISH....................................................3
Mavzuning dolzarbligi......................
O'simlikni tanlashdan maqsad..........
I BOB. Origanum vulgare l o‘simligining biologik tasnifi………………………………………
1.1 Origanum vulgare L O‘simligining botanik tasnifi.......
1.2 Origanum vulgare L o‘simligini o‘stirish usullari va tarqalishi...................................
II BOB Origanum vulgare L o‘simligining biotexnologiyasi…
Botanik tasnifi. Tog‘rayhon - Origanum vulgare L.; - turi Rayhon (Ocimum) - turkumi Labguldoshlar(Yalpizdoshlar Lamiaceae - Labiatae) - oilasi Ikki urug’lilar (magnoliyasimonlar) - sinfi (ajdod) Mongoliya - bo’limi O’simliklar dunyosi Ko‘p yillik, bo‘yi 30-60, ba’zan 90 sm ga etadigan xushbo‘y o't o‘simlik. Poyasi bir nechta, tik o'suvchi, yuqori qismi sershoxli, tukli va to ‘rt qirrali bo’ladi. Bargi oddiy, cho‘ziq tuxumsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali bo’lib, bandi bilan poyada qarama-qarshi o ‘rnashgan. Gullari mayda, barg qo’ltig’ida 2-3 tadan joylashib, qalkonsimon to‘pgul hosil qiladi. Qalqonsimon to‘pgullar poya uchida ro'vaksimon to'pgulni vujudga keltiradi. Mevasi - kosachabarg bilan birlashgan to'rtta yong‘oqcha. Iyun oyidan boshlab sentyabrgacha gullaydi. Tog‘rayhon tog‘ yonbag‘irlari, o‘tloqlar va o‘rmonlarda o‘sadi. Bir yuz ellikka yaqin turi bor. Uni tog‘ qora rayhoni, o‘rmon yalpizi, sebinak ham deyishadi. Xushbo‘y, manzarali gul sifatida ham ekiladi. Tabobatda uning shoxchalari, yaprog‘i, urug‘i ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, geranil atsetat, askorbin kislota, timol, karvakral, oshlovchi moddalar, urug‘ida o‘ttiz foizgacha moy bor. Tog‘rayhonning bargi, guli, shoxchalari pazandalikda, jumladan, bodring, qo‘ziqorin, pomidor tuzlab yopishda qo‘llaniladi. Quritib maydalangan tog‘rayhon o‘simligi quruq mevalarga, guruchga, kiyimlarga sepib qo‘yilsa, zararkunandalar kelmaydi. Geografik tarqalishi. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismida (shimol qismidan tashqari), Kavkazda, Sibirning janubiy tum anlarida hamda qisman Qozog‘iston va Qirg’zistonning ayrim tum anlarida uchraydi. Quruq, ochiq o‘tloqlarda, quruq o‘rmon va o ‘rmon yoqalarida, tepaliklar, qiyalar, toshloqlar hamda butazorlarda o'sadi. Tog‘rayhon ayniqsa, Ukraina, Belorus, Shimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi o ‘rta qismidagi tumanlar, Boshqirdistonda ko‘p o ‘sadi va shu yerlarda tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |