Mundarija: kirish bob. Yalpiznamolar qabilasining umumiy tasnifi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/14
tarix27.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135416
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
botanika kurs ishi Abdulhamidova Z



Mundarija:
KIRISH…………………………………………………………………….3
1 Bob. Yalpiznamolar qabilasining umumiy tasnifi..........................................6
1.1 Adabiyotlar taxlili………………………………………………………6
1.2 Yalpiznamolar qabilasi haqida umumiy tavsif………………………….10
2 Bob. Yalpiznamolarning turlari va bioekologik xususiyatlari……………...12
2.1 Yalpiznamolar qabilasiga kiruvchi oilalar va ularning vakillari………...12
2.2 Yalpizdoshlar oilasi shifobaxsh va dorivor o’simliklar taxlili…………..17
XULOSA………...........................................................................................23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….25
ILOVALAR……………………………………………………………….27

KIRISH



Mavzuning dolzarbligi.O’zbekiston florasi ko’plab foydali, dorivor, efir moyli va manzarali o’simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o’simlik turlari meditsinada kulinariyada , ko’kalamzorlashtirish vas hu kabi boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq O’zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o’simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to’la to’kis o’rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko’plab o’simlik turlari hali o’z o’rnini topgani yo’q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300000 dan ortiq o’simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o’simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi xolos. O’zbekiston xududida  4 300 ga yaqin o`simlik turlari tabiiy sharoitda yovvoyi holda uchraydi. Ulardan 120 ga yaqin turlar rasmiy ravishda farmakologiya ro`yhatidan o`tgan turlar hisoblanadi. Olimlarning ma‘lumotlariga ko`ra, O`zbekiston florasidagi 2 000 ga yaqin o`simlik turlari xalq tabobatida turli darajada ishlatiladi, xalos. Qolgan o`simlik turlarining foydalilik xususiyatlari yoki ularni kundalik turmushda ishlatilishi borasidagi ma‘lumotlar yetarli darajada emas. Bunday holat mahalliy biologik xilma-xillik ob‘ektlarini yanada ko`proq o`rganish lozimligini belgilaydi. Flora tarkibini, ayniqsa mavjud oilalarning sistematik va floristik nuqtai nazardan o`rganish va uning keng ko`lamli tahlilini amalga oshirish bu botanika fanining dolzarb mavzulardan biri bo`lib qolmoqda. Ayniqsa, aholi o`ta zich joylashgan va kishilarning kundalik turmush tarzi atrof muhitga ta‘sir ko`rsatishi bilan qattiq bog`liq bo`lgan xududlarda bunday tadqiqotlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati yanada yuqori bo`lib bormoqda. Yalpiznamolar qabilasini o`rganar ekanmiz, bu qabila sistematik jihatdan xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bu qabilaning O’zbekiston o’simliklar qoplamida o’ziga xos o’rni mavjud. Qabila vakillarining turlari yildan-yilga kamayib bormoqda. Kamayib borishiga asosiy sabab biotik, abiotik va antropogen omillar ta`siri natijasidadir.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin