Қўштепа тумани «Ойимча» махалла фукаролар йигинида ўтказилган йигилиш



Yüklə 488,5 Kb.
səhifə1/4
tarix13.02.2023
ölçüsü488,5 Kb.
#84067
  1   2   3   4

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston florasi ko`plab foydali, dorivor, efir moyli va manzarali o`simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o`simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko`kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O`zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o`simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to`la to`kis o`rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko`plab o`simlik turlari hali o`z o`rnini topgani yo`q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300 000 dan ortiq o`simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o`simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi, xalos.
O`zbekiston xududida 4300 ga yaqin o`simlik turlari tabiiy sharoitda yovvoyi holda uchraydi. Ulardan 120 ga yaqin turlar rasmiy ravishda farmakologiya ro`yhatidan o`tgan turlar hisoblanadi. Olimlarning ma’lumotlariga ko`ra, O`zbekiston florasidagi 2000 ga yaqin o`simlik turlari halq tabobatida turli darajada ishlatiladi, xalos. Qolgan o`simlik turlarining foydalilik xususiyatlari yoki ularni kundalik turmushda ishlatilishi borasidagi ma’lumotlar yetarli darajada emas.
Bunday holat mahalliy biologik xilma-xillik ob’ektlarini yanada ko`proq o`rganish lozimligini belgilaydi. Flora tarkibini, ayniqsa mavjud oilalarning sistematik va floristik nuqtai nazardan o`rganish va uning keng ko`lamli tahlilini amalga oshirish bu botanika fanining dolzarb mavzulardan biri bo`lib qolmoqda. Ayniqsa, aholi o`ta zich joylashgan va kishilarning kundalik turmush tarzi atrof muhitga ta’sir ko`rsatishi bilan qattiq bog`liq bo`lgan xududlarda bunday tadqiqotlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati yanada yuqori bo`lib bormoqda.
.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. O`zbekistonda olib borilgan botanik izlanishlar ichida aynan Qirqbog’imtoifa o’simliklarga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar, manbalar va ilmiy adabiyotlarning, shuningdek, oilaning turlari ro`yhatini tuzilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 488,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin