Қўштепа тумани «Ойимча» махалла фукаролар йигинида ўтказилган йигилиш



Yüklə 488,5 Kb.
səhifə2/4
tarix13.02.2023
ölçüsü488,5 Kb.
#84067
1   2   3   4
Kurs ishining maqsadi. O`zbekistonda tarqalgan Qirqbog’imtoifaga mansub o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish.
Kurs ishining vazifalari:
─ Qirqbog’imtoifaga umumiy tavsif;
─ Qirqbog’imtoifa zamonaviy holatini o`rganish;
─ Qirqbog’imtoifa turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish
─ ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;
─ taksonomik tahlil;
─ hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish;
─ xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish;
Kurs ishining ob`ekti: O`zbekistonda tarqalgan Qirqbog’imtoifa vakillari


Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:
Klassik floristik, solishtirma-morfologik, floristikaning solishtirma-geografik usullari, O`zbekiston florasi, O`rta Osiyo o`simliklari aniqlagichi, O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ni tahlil qilish va kuzatishlarimizga asoslangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI


O`rta Osiyo olimlarning o`rta asrda qilgan ilmiy tadqiqotlarining ko`pginasi bizgacha etib kelmaganligi o`sha davrlarni holati haqida xususan, botanika haqida fikr yuritish ancha mushkul. Masalan, Abu Rayxon Beruniyning 150 ta asaridan bizgacha 27 tatasigina yetib kelgan xolos. Beruniy o`zining «Kitob as-Saydana fi-t-tib» kitobida tabiatshunoslik va tibbiyot masalalariga to`xtagan bo`lsada, lekin u o`z ma’lumotlarida botanika fani bilan bog`liq ko`p masalalarni hal qilgan. O`rta asrlarning botanika va o`simlik dunyosi rivojlanishiga muhim hissa qo`shgan olimlardan yana biri Abu Ali Ibn Sinodir. Ibn Sino o`zining «Tib qonunlari» kitobiga dorivor o`simliklarga keng to`xtab, ularning morfologiyasini, nomlanishini kelib chiqishini va geografiyasini yoritgan. Ibn Sino o`simliklarni lotincha, grekcha, arabcha atamalari bilan birga ularning mahalliy atamalarini ham keng qo`llagan. Ular hozirgi zamon ilmiy atamashunoslik amaliyotiga kirgan.
O`simliklar haqida qo`shimcha ma’lumotlar Mahmud Qoshg`aroiyning (XI asr) «Devonu Lug`atiy turk» asarida ham keltirilgan. Sharqiy Turkistonning ensiklopedik va geograf olimi 200 ga yaqin o`simliklarni geografik, ekologik tarqalishi va morfologiyasiga oid ma’lumotlarni bergan. Mashhur arab geografi Ibn Boyto`t (Muhammad Ibn Abdulloh) o`zining Afrika, Osiyo va Janubiy Yevropaga qilgan sayohatida 14-asrning birinchi yarimida Xorazm, Buxoro va Samarqandga ham kelgan. Uning asarlarida geografik ma’lumotlar bilan birga O`zbekistonning o`simliklar dunyosi xaqida ham o`ta muhim ma’lumotlar berilgan.
O`rta asrning oxiri (XV-XVI asrlar) dan meros bo`lib qolgan ajoyib va mashhur asarlardan biri Sharqiy Farg`ona –Andijon farzandi Boburning «Boburnoma» asaridir. Bobur bu asarda tarixiy geografiya masalasi bilan shug`ullanganlar, lingivitstlar va botanik-geograflar uchun muhim ma’lumotlar kiritadi, uning florasi xalqda aniq faktlar beradi. Yuqoridagilarni yakunlab shuni aytish kerakki, qadimgi asrlarda O`rta Osiyoda o`simliklar haqida bilimlar chegaralangan edi, asosiy etibor oziq ovqatbop o`simliklarga qaratilgan bo`lsa, o`rta asrlarda bu ma’lumotlar ancha kengaytirilgan va dorishunoslik nuqtai nazardan biroz chuqurlashgan. XVIII asrning boshlaridan boshlab O`rta Osiyo rus samoderjaviyasining e’tiborini jalb eta boshladi, natijada 1914 yildan 1920 yilgacha O`rta Osiyoga ruslarning bir qancha ekspedetsiyalari tashkil etildi. Biroq, bu xarbiy razvedka ekspeditsiyalari tarkibida tabiatshunoslar bo`lmaganligi tufayli ularning to`plagan ma’lumotlari tabiatshunoslik nuqtai-nazardan unchalik muhim bo`lmagan. Shunga qaramay ulardan ayrimlari O`zbekiston tabiati haqida oz bo`lsada ma’lumotlar berilgan. Dastlabki Yevropalik tabiatshunoslar O`zbekistonga 1820 yili kelganlar.
1841 yilda muxandis–injener Botenev boshliq ekspeditsiyasi (uning tarkibida tabiatshunos Lemann ham bo`lgan) Qizilqumdan Samarqandgacha kelgan. Ular Zarafshon bo`ylab yuqoriga ko`tarilishgan va o`simliklardan gerbariylar va boshqa ma’lumotlar yig`ishgan. Lemanning to`plagan ma’lumotlari keyinchalik A.Bunge tomonidan qayta ishlanib bosmadan chiqarilgan. Lemanning kundaliklari uning vafotidan so`ng Gelmerson tomonidan nashr etilgan. Uning floristik ma’lumotlari o`simliklar geografiyasi nuqtai-nazardan muhim ahamiyatga ega bo`lib, keyinchalik I.G.Borisov tomonidan Zarafshon vodiysini alohida botanik geografik viloyat sifatida ajratish uchun asos bo`lgan. 50-60 yillarda O`zbekiston, jumladan Farg`ona vodiysida yirik va ilmiy ahamiyatga ega tadqiqotlar olib borgan rus olimlari P.P.Semenov, N.A.Seversev, I.G.Borisovlar tomonidan olib borilgan.
I.G.Borisov o`zining «Orol-Kaspiy o`lkasi botanik geografiyasi uchun ma’lumotlar» asarida (1885) O`rta Osiyoning ijtimoiy tekistliklarida tarqalgan ayrim o`simliklarning geografik tarqalishini ko`rsatgan. I.G.Borisov shu o`lkaning o`simlik formatsiyalarini o`rganib, bu o`lka o`simliklarning shu o`lkaga xosligi, O`rta Osiyo o`simlmk dunyoing avtozon rivojlanganligi haqida fikrga keladi. Keyinchalik uning bu fikrlarini A.N.Krasnov rivojlantiradi.
1865 yildan keyin, ya’ni O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shilishi natijisida bu joylarga kelishi sayohat qilish va uni o`rganish muammo bo`lmay qolganidan so`ng rus olimi va tabiatshunoslari tez-tez keladigan bo`lib qolishdi. 1868-1871 yillarda Moskva tabiatshunoslar jamiyati yordamida er-xotin A.P. Fedchenko va O.A.Fedchenkolar ekspeditsiya tashkil qilib O`zbekistonga, ya’ni Farg`ona vodiysiga kelishadi. Olga Aleksandrovna Fedchenko Zarafshonning o`rta qismiga yaqin bo`lgan Samarqand vohasini o`rganadi. 1870-1871 yillarda Zarafshon daryosining yuqori qismi bo`yicha Janubiy-Sharqiy Qizilqum va Farg`ona vodiysi bo`yicha ko`pgina kolleksiyalar to`pladi. Uning botanika sohasidagi asosiy va muhim ishlari 1901,1904,1906,1909,1911 yillarda nashr qilingan. U 1500 ortiq o`simlik turlarini qayta ishladi. Ular orasida yangi tur va turkumlar ham bor edi. A.V.Bunakovskiy 1869 yilda Chirchiq daryosining vohasini, A.A.Ivanov esa uning o`rmon zonasini o`rgangan. Huddi shu vohaning o`simlik dunyosi bilan 1873 yilda N.I.Korolkov ham shug`ullangan.
1975 yilda Xisor ekspeditsiyasining boshlig`i N.I.Isaev yo`l- yo`lakay Samarqandning Taxtaqoracha atroflari bo`yicha o`simliklardan kolleksiyalar yig`adi. 1878 yilda V.Fomanin boshchiligidagi ekspeditsiya tarkibidagi qatnashgan M.Nevesskiy esa Samarqand Taxtaqorcha yo`nalishida, 1876 yillarda L.S.Borshevskiy Samarqand, Urgo`t, Panjikent, Zarafshon vodiysi hududlarining o`simlik dunyosi bilan shug`ullanib, muhim ma’lumotlar to`plagan. 1976 yilda A.Regel Tyan-Shanning Toshkent atrofi tumonlarni, 1980 yilda esa Toshkent,
Jizzax, Samarqand, Xo`jand va Farg`ona vodiysining Noringacha bo`lgan qismini o`simlik dunyosini o`rgandi. 1880-1882 yillarda u Kuxistonning Xisor- Zarafshon qismining o`simliklarini, Toshkent, Samarqand atroflarini, Dovon, Termiz, Sherobod, G`o`zor o`simliklarini, 1883 yilda Bobotog` atroflarining o`simliklari dunyosini o`rgandi. 1884 yilda Zarafshon vodiysining O`zbekiston qismining qamrab olib Qoraqum o`simlik dunyosi bilan mashg`ul bo`ldi.
Regelning topshirig`i bilan 1881 yilda Musa Maxmud G`arbiy TyanShanning Toshkent xududlarining o`simliklarini o`rgangan. Ayniqsa 1881 yilda
O`zbekiston o`simlik dunyosini o`rgangan franso`z Kopyu va Bonvanlarning ishlari diqqatga sazovordir. Kopyu 1880 yilda Samarqand atroflarini va Samarqand tog`lari, Qarshi-Sherobod, va Zarafshonning yuqori qisimlari o`simlik dunyosini tadqiq qildi. A.F.Middendorf 1878yildan boshlab Farg`ona vodiysining barcha xududlarini ilmiy jihatdan o`rgangan. 1920 yilda Turkiston Davlat Universiteti (keyinchalik O`rta Osiyo davlat Universiteti SAGU) deb nomlangan) tashkil etiganligi munosabati bilan O`zbekistonga M.G.Papov, E.P.Korovin, M.V.Kultiasov, R.I.Abolin, A.I.Vvedenskiy, P.A.Baranov, V.P.Drobov, I.A.Raykova, M.M.Sovetkina kabi mashhur botaniklar O`rta Osiyoga, xususan O`zbekistonga kelib, uning flora va o`simlik qoplamini o`rganishda o`zlarining muhim hissalarini qo`shganlar.
Universitet tasaruffida «Tuproqshunoslik va geobotanika» (1923-1932y) instituti tashkil etildi va unga N.A.Dimo rahbarlik qildi. Instito`t 10 yil davomida mustaqil ilmiy tadqiqot muassasasi sifatida faoliyat ko`rsatdi. Bu davrda botaniklarning eng ilg`or vakili M.G Popov hisoblanar edi. Institutning geobotanika bo`limiga esa R.I.Abolin rahbarlik qildi. M.G.Popov O`rta Osiyo floarsi va o`simlik dunyosining migratsion nazariyasini yaratdi. Uning fikricha Tetisning o`rnida hosil bo`lgan –Qurg`oq yerda Janubiy Afrikaning «Velvagiya florasi va shimolning migrant florasi-«Ginkgo florasi» ning elamentlar to`qnash kelgan. Natijada chatishish jarayoni ketib, O`rta Osiyo florasi kelib chiqqan.
1828 yilda SAGU tasarrufida «Yuksak o`simliklar» va «O`simliklar geografiyasi» kafedrasi ochilib, unda shu bugunga qadar 400 dan ortiq mutaxassilar yetishib chiqadi. Ulardan ko`pchiligi Fan sohasida xizmat qiladilar ham ularni ko`pchiligi faoliyat ko`rsatmoqda.
O`zbekiston florasi va o`simliklar dunyosini o`rganishga V.G.Kultiasov I.I.Granitov, A.YA.Bo`tkov, S.X.Chevrinidi, R.S.Vernik, I.F.Momotov, R.D.Melnikov, O.N.Bondarenko kabi rus olimlari qatorida M.M.Orifxonova, Q.Z.Zokirov, T.A.Odilov, A.U.Usmonov, P.K.Zokirov, O`.P.Pratov, A.M.Maxmedov, T.X.Xudoyberdiyev, M.M.Nabiyev, I.Sottiboev, S.Holiqov kabi olimlar o`z xissalarini qo`shganlar. 1920 yilda O`rta Osiyo universiteti tashkil etilishi munosabati bilan Farg`ona vodiysidagi botanik tadqiqotlar ham ancha kuchayadi. Universitetga taniqli botaniklar P.A. Baranov, E.P. Korovin, V.P. Drobov, I.A. Raykova, A.I. Vvedenskiy, M.M. Sovetkinalar tashrif buyurishadi. Ular bilan birga 1932-1933 yillar tashrif buyurishgan Leningradlik botaniklar P.N. Ovchinnikov, F.A. Zapryagaev, V.I. Zapryagaeva, Yu.S. Grigorev, A.S. Koroleva, K.S. Afanasev, V.N. Nikitinlar ham Farg`ona vodiysi florasini o`rganish va tahlil qilishda katta ishlar olib borishadi. O`sha davrdagi yirik olimlardan ta’lim olgan mahalliy botanik olimlarning hizmatlari Farg`ona vodiysining o`simliklarini o`rganishga katta xissa qo`shadi 1967 yil M.M. Arifxonova Farg`ona vodiysi o`simliklari qoplamini o`rganishga bag`ishlangan tadqiqotlariga yakun yasab, «Rastitelnost Ferganskoy dolinы» nomli monografiyasini chop etadi. Bu asarda bu xududda mavjud bo`lgan barcha o`simlik tiplari to`g`risida ba‘tavsil ma‘lumotlar berilgan.

Tokdoshlar oilasi(Gk4-5 Gt5,(5) Ch5 U(2-6))
Oila vakillari: beshyaproqli partinantsissus, madaniy tok, terakbargli liftok tc "GK4-5 GT5,(5) CH5 U(2-6).Bu oilaga asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan 11 turkum va 600 dan ortiq tur kiradi. Tokdoshlar oilasi jingalaklari yordamida boshqa narsalarga ilashib qaddini ko’taradigan buta va daraxtlarni o’z ichiga oladi. O’zbekistonda tokdoshlarga oid 3 turkumga mansub 4 ta tur o’sadi. Ulardan bittasi yovvoyi, 3 tasi esa madaniydir. Tokdoshlardagi jingalaklar novda shaklining o’zgarishidan hosil bo’lgan. Barglari 3-5 bo’lakli, panjasimon bo’lingan, uzun bandli, yonbargchali. Gullari mayda, to’g’ri, ikki jinsli yoki bir jinsli, rangsiz, ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. Gulkosachabarg, gultojbarg va changchilari 4–5 tadan. Gulqo’rg’oni murakkab, gulkosachasi yaxshi taraqqiy etmagan. Gultojbarglari 5 ta, erkin yoki uchi bilan bir-biriga qo’shilgan. Changchilari 5 ta. Urug’chisi asosan 2 ta.
Mevasi rezavor meva.
Tokdoshlarning keng tarqalgan vakillaridan biri madaniy tokdir. Uning bo’yi 2-4 (6-10) m gacha yetadi. Jingalaklari yordamida so’rilarga, ishkomlarga yoki boshqa daraxtlarga ilashib o’sadi. Vegetativ yo’1 bilan ko’paytiriladi.
Bargi uzun bandli, panjasimon bo’lingan. Tok may-iyun oylarida gullaydi. Gullari mayda, ikki jinsli, odatda shingil (bosh) deb ataladigan murakkab to’pgulga joylashgan.
Madaniy tok gulining tuzilishi oila uchun xos bo’lgan gul tuzilishiga o’xshaydi, lekin bunda 5 ta gultojbarg bir-biriga qo’shilgan bo’lib, urug’chi va changchilarini ustidan qalpoqqa o’xshab qoplab turadi va gul ochilishi paytida tushib ketadi.
Ertapishar (chillaki) tok navlarining mevasi iyuldan boshlab, kechki navlariniki esa oktabrda pishadi. Mevasi har xil shaklda, o’lchamda va rangda, 2-3 urug’li yoki urug’siz, shirin yoki nordon bo’ladi. Tok mevasi xalq orasida uzum deb ataladi.
O’zbekistonda tokning 500 ga yaqin navi o’stiriladi. Bulardan kishmish, kattaqo’rgon, qorago’zal, daroyi, buvaki, hiloliy, qirmizi, husayni, sohibi, rizamat, toyipi, charos, soyaki, chillaki kabi navlari keng tarqalgan.
O’zbekiston Qishloq xo’jaligi fanlar akademiyasining faxriy akademigi, xalq seleksioneri Rizamat ota Musamuhamedov (1881–1979) O’zbekistonda uzumchilikni rivojlantirishga katta hissa qo’shgan. Bu sohibkor seleksioner tomonidan mahalliy sharoitga moslashgan ko’plab ajoyib tok navlari qayta tiklandi va ommalashtirildi.
Yozgi oshxona va choyxonalar, dala shiyponlari va ayvonlar oldiga yovvoyi uzum nomi bilan manzarali o’simlik – beshyaproqli partenotsissus ekiladi. Bu partenotsissus turkumiga oid poyasi ingichka, uzun jingalaklari bilan ilashib tikkasiga 10–15 (20) metrgacha ko’tarila oladigan, barglari panjasimon murakkab o’simlik. Gulining va mevasining tuzilishi toknikiga o’xshaydi. Vatani Shimoliy Amerika.
Respublikamizning janubiy viloyatlaridagi tog’larning toshloq va qoyali yonbag’irlarida terakbargli liftok o’sadi. Bu liftok turkumiga oid yotib o’suvchi buta. Barglari butun, cheti yirik tishli. Guli toknikiga o’xshash, lekin gulkosachasi aniq ko’rinmaydi. Mevasi qora, mayda, rezavor meva, iste’mol qilishga yaramaydi.
Uzum mazali va to’yimli, yangiligida hamda quritib mayiz holida iste’mol qilinadi. Undan sharbat olinadi, vino, shinni, murabbo va konservalar tayyorlanadi.
Yangi barglaridan tokoshi va boshqa taomlar tayyorlashda foydalaniladi. O’zbekistonda tok tabiiy holda ham o’sadi. U O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan.
Vitaceae — gulli oʻsimliklar oilasi boʻlib,14 avlod va 910 ga yaqin maʼlum turga ega,jumladan,uzumzorlar(Vitis spp.) va Virjiniya sudralib yuruvchi (Parthenocissus quinquefolia) kabi keng tarqalgan oʻsimliklar.Familiya Vitis jinsidan olingan.
Vitaceae



Aksariyat Vitis turlarida 38 ta (n=19) xromosomalar mavjud, ammo Muscadinia kichik jinsida 40 (n=20) , Ampelocissus , Parthenocissus va Ampelopsis ham 40 xromosomaga (n=20) va Cissus 24 xromosomaga (n=12) ega.


Oila iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki uzum deb ataladigan Vitis turlarining rezavorlari muhim meva hosili hisoblanadi va fermentlanganda sharob ishlab chiqaradi .
Tetrastigma jinsi turlari Rafflesiaceae oilasidagi parazit o'simliklar uchun xost bo'lib xizmat qiladi .
Taksonomiya
Ism ba'zan Vitidaceae sifatida paydo bo'ladi , lekin Vitaceae saqlanib qolgan nomdir va shuning uchun ham Vitidaceae, ham ba'zan eski adabiyotlarda topilgan boshqa nom Ampelidaceae dan ustundir . APG III tizimida (2009) oila o'z tartibida joylashgan Vitales . Molekulyar filogenetik tadqiqotlar Vitales'i rosidlarda eng bazal klad sifatida joylashtiradi.Cronquist tizimida oila Rhamnaceae oilasi yaqinida Rhamnales tartibida joylashtirilgan .
Hozirgi vaqtda World Online o'simliklari ikkita kichik oilaga joylashtirilgan quyidagi avlodlarni o'z ichiga oladi:
Leeoideae
Leea D.Royen:ilgari o'zining monotipik oilasiga joylashtirilgan Leeaceae, APG IV (2016) va Angiosperm Phylogeny veb-saytitomonidan Vitaceae tarkibiga kiritilgan.Leea ( Tagalog:Talyantan )-Shimoliy va Sharqiy Avstraliya,Yangi Gvineya,Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikaning ba'zi qismlarida tarqalgan o'simliklar jinsi. APG IV tizimi Leeani Leeoideae (Vitaceae) kenja oilasiga joylashtiradi.Leea endi Vitaceae oilasiga joylashtirilgan bo'lib,u va boshqa Vitaceae avlodlari o'rtasidagi morfologik farqlarga asoslanib,ilgari o'zining Leeaceae oilasiga joylashtirilgan. Bu farqlar har bir lokuladagi tuxumdonlar sonini(Vitaceae-da ikkita va Leeaceae-da bitta), karpel soni (Vitaceae-da ikkita va Leeaceae-da uchta) va staminoidal naycha (Leeaceae-da mavjud) va gulli disk (Vitaceae-da mavjud) yo'qligi yoki mavjudligi. Polen tuzilishi taksonomik demarkatsiya uchun ham tekshirildi,ammo tadqiqotlar Leeaceae va Vitaceae gulchanglari oilalar alohida bo'lishi kerakligini ko'rsatadi, boshqa tadqiqotlar esa Leea Vitaceae tarkibiga kiritilishi kerak degan xulosaga keldi.

Lea rubra


Leea gullariga turli xil potentsial hasharotlar changlatuvchilar, jumladan pashshalar, arilar, asalarilar, kapalaklar va qo'ng'izlar tashrif buyurishadi.Ba'zi turlar o'z-o'zini changlatishning oldini olish mexanizmi sifatida sinxron dichogamiyani rivojlantirgan bo'lishi mumkin.
Plants of World Online hozirda quyidagilarni o'z ichiga oladi:



  • Leea aculeata Blume sobiq Spreng.

  • Leea acuminatissima Merr.

  • Leea adwivedica K.Kumar

  • Leea aequata L.

  • Leea alata Edgew.

  • Leea amabilis H.J.Veitch

  • Leea angulata Korth. sobiq Miq.

  • Leea asiatica (L.) Ridsdeyl

  • Leea compactiflora Kurz

  • Lea congesta Elmer

  • Li korifantha Lauterb.

  • Li kurtisii King

  • Leea glabra C.L.Li

  • Leea gonioptera Lauterb.

  • Leea grandifolia Kurz

  • Leea guineensis G.Don

  • Leea heterodoksa K.Schum. & Lauterb.

  • Leea indica (Burm.f.) Merr.

  • Li krukoffiana Ridsdeyl

  • Leea longifolio Merr.

  • Leea macrophylla Roxb. sobiq Hornem.

  • Leea macropus Lauterb. & K.Schum.

  • Leea magnifolia Merr.

  • Lea papuana Merr. & LMPerry

  • Leea philippinensis Merr.

  • Leea quadrifida Merr.

  • Leea rubra Blume

  • Leea saxatilis Ridl.

  • Leea setuligera C.B.Clarke

  • Leea simplicifolia Zoll. & Moritzi

  • Leea Smithii Koord.

  • Leea spinea Tushunarli .

  • Leea suaveolens Merr. & LMPerry

  • Leea tetramera B.L.Burtt

  • Leea thorelii Gagnep.

  • Leea tinctoria Lindl. sobiq Beyker

  • Leea tuberculosismen C.B.Clarke

  • Leea unifoliolata Merr.

  • Leea zippeliana Miq.


Yüklə 488,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin