Mundarija: kirish bob. Yalpiznamolar qabilasining umumiy tasnifi


Yalpiznamolar qabilasi haqida umumiy tavsif



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə4/14
tarix27.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
botanika kurs ishi Abdulhamidova Z

1.2 Yalpiznamolar qabilasi haqida umumiy tavsif.
Bu oila vakillari asosan bir yillik va ko’p yillik o’t, yarim buta, kamdan-kam tropik mamlakatlarda o’sadigan buta va daraxtlardan iborat. Poyalari 4 qirrali. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, yonbargchalari yo’q. Gullari simoz to’pgullarda o’rnashgan. Ular 3 gulli dixaziy yoki murakkab tuzilgan, qo’sh gajak to’pgullardan iborat. Gullari zigomorf (yalpizda to’gri gul), 5 bo’lakli, gulkosachasi 5 tishli, ba‘zan 2 labli, ustki labi 3 bargchali, ostkisi 2 bargchali. Gultoji 5 bo’lakli, odatda 2 labli, ostkisi 3 tojbargli, ustkisi 2 tojbargli. Changchisi 4 ta. Changchi iplari gultoj nayiga birikkan. Urugʼchisi 2 meva bargli. Tugunchasi ustki, 2 uyali, har bir uya 2 urug’kurtakli.
Har qaysi urug’kurtak orasida barvaqt to’siq hosil bo’ladi. Natijada tuguncha gavzabondoshlarnikiga o’xshash 4 bo’lakchaga ajraladi. Gullari proterandriya, ya‘ni changchi urug’chiga nisbatan tezroq yetiladi. Mevasi bir urug’li 4 ta yong’oqchaga ajraladi. Urug’i deyarli endospermasiz. Hasharotlar yordamida chetdan changlanadi. Yalpizdoshlar oilasi figenetik jihatidan tizimguldoshlar oilasiga juda yaqin turadi. Murtak ildizining pastga qaraganligi bilan farq qiladi. Yalpizdoshlar oilasining deyarli barcha vakillari efir moylariga boy. Ularda sut yo’llari va kuchli ta‘sir etuvchi zaharli moddalar bo’lmaydi. Yalpizdoshlar qabiladagi eng yirik oila. Uning vakillari asosan issiq va mo’tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu oilaga 200 tacha turkum, 3000 ga yaqin tur kiradi. O’rta Osiyoda 53 turkumga mansub 460 turi uchraydi. O’zbekistonda 42 turkumga oid 210 turi o’sadi. Yalpizdoshlar O’zbekistonda keng tarqalgan oilalardan bo’lib, ular foydali turlarga boyligi bilan boshqa oilalardan ajralib turadi. Ayniqsa, Yalpiz (Mentha), Marmarak (Salvia), Kiyiko’t (Ziziphora), Bozulbang (Lagochilus), Tog’rayhon (Origanum), Limono’t (Melissa), Arslonquloq (Leonurus) kabi turkumlarning vakillaridan juda qadimdan tibbiyotda, oziq-ovqat, qandolatchilikda va parfumeriya sanoatida foydalanib kelinmoqda.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin