Mundarija: kirish bob. Yalpiznamolar qabilasining umumiy tasnifi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə6/14
tarix27.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
botanika kurs ishi Abdulhamidova Z

Kiyiko’t (Ziziphora) turkumi vakillari bir va ko’p yillik o’tlardan tashkil topgan. Kosachasi ingichka naysimon, 13 tomirli, bo’g’zi tukli. Gultoji 2 labli, ichi tukli, halqasiz. Changchisi 2 ta. Efir moyiga boy, shuning uchun xushbo’y. O’rta Osiyoda 10 ta, O’zbekistonda 7 ta turi uchraydi. Dorivor kiyikoʻt (Ziziphora pedicillata). Ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi bir ncchta, ingichka, sershox, asosi biroz yog’ochlangan, bo’yi 20-70 sm. Barglari qarama-qarshi joylashgan, nashtarsimon yoki tor nashtarsimon. To’pguli kallaksimon. Gultoji och binafsha rangli. Mevasi silliq yong’oqcha. O’zbekistonda adir vavtog’ yonbag’irlarda keng tarqalgan. Efir moyli dorivor o’simlik.(2.1. 2- rasm.).
Kiyik o’t tog’li hududlarning asosan shimoliy va janubiy yonbag’irlaridagi shag’alli va toshli, soz va qo’ngirsimon tuproqli joylarda tarqalgan. O’rta Osiyoda 10 ta, O’zbekistonda 7 ta turi uchraydi. Kiyiko’ti asosan Ugom, Chotqol, Piskom, Qurama va Qorjontog’da, Zarafshon, Turkiston, Nurota va Hisor tog’ tizmalarida keng tarqalgan. Respublikamizning Toshkent, Namangan, jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog’i tumanlarida o’sadi. Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal va Forish tumanlarida keng tarqalgan. Buxoro Qaravulbozor tumani maydonlarida ham tarqalgan. Ayniqsa, u janubiy tog’ yonbag’irlarida keng tarqalgan bo’lib, ba’zi joylarda keng maydonlarni egallaydi. Bargi va to’pgulidan olinadigan efir moyi atir-upa sanoatida ishlatiladi va undan tibbiyotda mentol olinadi. Kiyiko’ti xalq tabobatida. Mahalliy aholi kiyiko’tini ziravor sifatida turli taomlarga qo’shishadi, chunki ularning tarkibida efir moylari, vitaminlar va odam organizmi uchun zarur bo‟lgan turli makro va mikroelementlar mavjud. Xalq tabobatida kiyiko’tlaridan buyrak, yurak, jigar va oshqozon-ichak xastaliklarini davolashda ishlatib kelinadi. Ilmiy tabobatda ularning damlamasi yurakning ish faoliyatini yaxshilashda, arterial qon bosimlarini pasaytirishda, hamda peshob haydovchi dori sifatida keng qo’llaniladi. O’simlikning yer ustki qismlari-poyasi, bargi va to’pgullari tarkibida 2,5%gacha efir moylari, C, E, A vitaminlari mavjud. Shuningdek, “safro haydovchi Xojimatov yig’masi”ning asosiy tarkiblariga ham kiyiko’ti kiritilgan.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin