1. Moyli va efir moyli o`simliklar haqida umumiy ma’lumot.
2. Sifat ko`rsatkichlari.
3. K u n g a b o q a r.
4. Kungaboqarning xalq xo`jaligidagi ahamiyati.
5. Morfologik tuzilishi va botanik tasniflanishi.
6. Kungaboqar navlari.
7. Kungaboqar urug’iga qo`yilgan standart talablari.
8. M a x s a r (saflor).
9. Z i g’ i r (lyon)
10. G’ o` z a.
11. N a sh a (kanop).
12. K a n a k u n j u t.
13. X a n t a l.
14. Efir moyli ekinlar urug’i.
15. Anis.
16. Qora zira.
1-savol. Moyli va efir moyli o`simliklar haqida umumiy ma’lumot
Mevasi yoki urug’i moyga boy bo`lgan o`simliklar moyli o`simliklar deb yuritiladi. Ular turli tuman maqsadlarda ishlatiladi. Moyli o`simliklar qo`llanishiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:
1. Moyga boy bo`lgan urug’ mevalar olish maqsadida ekiladigan o`simliklar: kungaboqar, maxsar, kanakunjut, burama zig’ir, xantal, raps surepka, zardug’, kunjut, ko`knori, lyalyematsiya, pyerilla va boshqalar.
2. Tola olish maqsadida ekiladigan, ammo urug’i va mevasidan moy olinadigan o`simliklar: uzunchoq zig’ir, kanop, nasha.
3. Meva olish uchun ekiladigan, ammo urug’ efir moylariga boy, efir moylaridan ham ko`p miqdorda o`simlik moylari (moyli yog’lar) ga ega bo`lgan o`simliklar: kashnich, anis, zira, arpabodiyon, sedana.
Moyli ekinlar urug’ining sifati barcha donli ekinlar urug’i uchun umumiy qabul qilingan ko`rsatkichlar bo`yicha aniqlanadi. Bu ko`rsatkichlar quyidagilar: toza yig’ib olinganlik, namlik, aralashmalar miqdori, tozaligi, shuningdek moy miqdori va sifati. Ayrim ekinlar urug’ining qobiqdorligi aniqlanadi.
b- chaqiladigan; v- ikkalasi uchun ham ishlatiladigan;
Meva qobig’i qirqim ko`rinishi: a-pantsirsiz qatlam
b- pantsirli qatlam bilan; 1-pantsirli qatlam.
Kungaboqar kuyasi qurtlari bilan
zararlangan kungaboqar urug’lari
4-savol. Kungaboqarning xalq xo`jaligidagi ahamiyati
Kungaboqar urug’i moyga juda boy bo`lib, uning tarkibida o`rtacha (quruq moddaga nisbatan) 30 % dan 40 % gacha moy mavjud. YAratilgan syermoy selektsion navlarda esa (Pyeredovoy, Semena va boshqalar) 54 % dan 58 % gacha moy bo`ladi.
Kungaboqardan olingan kunjara va shrot qimmatbaho kontsentrlangan yem hisoblanadi. Uning yanchilgan savatchasi, qipig’i, poyasi kaliy tuzlariga boy bo`lib potash olishda ishlatiladi.
Kungaboqar Rossiya, Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Argentina, Braziliya, Meksika va boshqa mamlakatlarda ko`p miqdorda etishtiriladi.
Janubiy Amerika kungaboqarning vatani hisoblanadi. XVI asrda esa u Evropaga keltirilgan va dastlab manzarali o`simlik sifatida ekilgan.
Kungaboqar (Heliathus) murakkabguldoshlar oilasiga kiradi.
5-savol. Morfologik tuzilishi va botanik tasniflanishi
Bu o`simlikning kuchli o`q ildizi yerga chuqur botgan, shu boisdan kungaboqar qurg’oqchilikka chidamli hisoblanadi.
Barglari yirik va uzun bandlarda joylashgan.
Uning bir yillik va ko`p yillik turlari mavjud.
Poyasi uzun ayrim navlarda 3 m gacha bo`ladi.
Kungaboqar kuyasi va shumg’iya (tekinxo`r o`simlik kungaboqar ildizida rivojlanadi va uning hosildorligini keskin pasaytiradi) zararlashiga chidamli kungaboqar navlarini yaratish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yangi kugaboqar navlari yaratildi. Bu kungaboqar navlari syermoyligi, zararlanishga chidamliligi bilan alohida ajralib turadi.
6-savol. Kungaboqar navlari. Kungaboqar
urug’iga qo`yilgan standart talablari
Eng ko`p ekiladigan kungaboqar navlari haqida ma`lumot.