Tog'rayhon o'simligi dorivor hususiyatlari va umumiy tasnifi



Yüklə 115 Kb.
səhifə3/4
tarix21.06.2022
ölçüsü115 Kb.
#61956
1   2   3   4
Tog\'rayhon Azizbek

Preparatning savdo nomi:

Mayda gulli tog‘rayxon o‘ti Yovvoyi o‘sadigan ko‘p yillik, yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub mayda gulli tog‘rayhonning (Origani tytthanthum Gontsch) o‘tcimon o‘simligining gullash fazasida yig‘ilgan va quritilgan o‘ti.

Farmakalogik guruhi:

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

dorivor o‘simlik xom ashyosi.undefined

Homilador ayollarga, meʼdasi yo o‘n ikki barmoq ichagida yarasi bor hamda qon bosimi past kishilarga tog‘rayhon muolajalari tavsiya qilinmaydi.

O'simlikni tanlashdan maqsad.

Hozirgi kunda dorivor o’simliklar soni keskin kamayib borayotganligi uchun ular turlarini va navlarini saqlab qolish juda ham katta muammo ko’rinishiga kelayapti. Shu jumladan, tog’rayhonning ham navlari kamayib bormoqda. Tog’larda chorvachilik ko’payib borayotgani, odamlar o’simliklar pishib ulgurmasdan o’rib olinishi, tog’da ob-havoning keskin ko’tarilib borishi, yerning maqsuldorligi kamayotganligi va shunga o’xshash muammolar o’simlik navlari kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Bu kabi o’simliklar turlari va navlari kabayishda davom etsa yer yuzi yashilligi ketadi. Shu sabablarni oldini olish maqsadida o’simlik navining o’sish, ko’payish va yashash sharoitlarini o’rganib navni O’zbekiston hududida ko’paptirishni o’z oldimizga maqsad qildik.


Muallif: Abdullayev Azizbek Abdurashid o’g’li
O'stirish usullari
Dorivor o‘simliklar bir yillik va ko‘p yillik bo‘lishidan qat’iy nazar ularning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun o‘simlik ekiladigan hududlarning iqlim va tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda ekishni rejalashtirishni tavsiya qilinadi. O‘simliklardan yuqori hosil yetishtirishda ularga mos keluvchi agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish lozim bo'ladi. Tog‘rayhon ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, uni kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin. Tog‘rayhonni haydab ekiladigan ekinlardan keyin ekilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin. Tog‘rayhonni unumdor va nam yaxshi saqlanadigan yerlarga ekishni tavsiya qilinadi. Uni Respublikamizning barcha tuproqlarida (sho‘rlangan yerlardan tashqari) ekib o‘stirish mumkin. Tog‘rayhon ekiladigan yerlarni kuzda tayyorlab, haydash oldidan gektariga 15-20 tonnadan chirigan go‘ng va 40-50 kg dan sof fosfor o‘g‘iti, yog‘ingarchilik etarli bo‘lmaydigan va sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarga 20 kg dan azot o‘g‘iti bilan oziqlantirib 25-28 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo‘yiladi. Natijada tuproq tarkibida ko‘proq nam saqlanadi. Begona o ‘tlar, zararkunanda va kasalliklarni kamaytiradi. Erta bahorda urug‘larni ekishdan oldin yerlar borona va mola mexanizmlari bilan tekislanadi. Begona o ‘tlar urug‘idan tozalanadi. Tuproq harorati 20-22°S darajaga etganda mart oyining oxirlarida urugTar yer yuzasidan 0,5-1 sm chuqurlikda (urug‘ mayda bolganligi uchun qumga yoki chirigan go‘ngga aralashtirib) ekiladi va yer usti yengil g‘altaklar bilan bir oz zichlashtiriladi. O‘rtacha gektariga 5 kg gacha urug‘ sarflanadi. Tog‘rayhonni parvarish qilish urug’lar unib chiqqandan keyin boshlanadi. Urug’lar unib chiqquncha tuproq уuzasini nam holatda saqlansa urug’lar 10-12 kunda unib chiqadi. Tog’rayhonning maysalari unib chiqqandan so‘ng, paykallar o‘toq va yagana qilinib qator oralari 60 sm, o‘simliklar oralari 15-20 sm dan qilib har bir uyaga bir - ikkitadan o‘simlik qoldiriladi. Tog‘rayhon boshqa ekinlarga o‘xshash mineral va organik o‘g‘itlarga talabchan hisoblanadi. Madaniy o‘g‘itlardan, ayniqsa, azotli o‘g‘itlaming ta’siri ancha kuchli boTadi. Shularni e’tiborga olib, birinchi oziqlantirishni maysalar unib chiqqandan so‘ng gektar hisobiga 25 kg azot va fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Tog‘rayhon shonalash davrida fosforii va kaliyli o‘g‘itlarga ancha talabchan bo’lganligi uchun ikkinchi oziqlantirishda 30 kg azot, 20 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Bu agrotexnik tadbir sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. O‘simlik bu davrga kelib shoxlab ketishi natijasida oralariga mexanizmlar yordamida ishlov berish ancha qiyinlashadi. Tog‘rayhon gullash fazasida oziqa elementlami ko‘proq talab qiladi. Shulami e’tiborga olib gektariga 20 kg azot va kaliy o ‘g ‘iti berib oziqlantirishni tugatiladi. Tog‘rayhon o‘simligini birinchi yili 9-10 martagacha, keyingi yillarda yog'ingarchilik va haroratni hisobga olgan holda 7-8 marta sug‘oriladi. Tog‘rayhonni ko‘chatlar orqali ham ko‘paytirish mumkin. O‘simlik ommaviy gullagan davrda iyun oyining oxiri va iyulning boshlarida o‘ti (hosili) 20 sm uzuniikda o‘roq, bog‘ qaychilari va katta maydonlarda ekilgan bo‘lsa, silos o‘radigan agregatlarda (tomiri bilan sug‘urib olmasdan) extiyotlik bilan yig‘ib olinadi.


Yüklə 115 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin