To`p olib yurish yordamida o`yinchi har xil joyga ko`chib yurishi mumkin. Bunda to`p doim o`yinchi nazoratida bo`ladi. To`p olib yurishda yugurib, (ba`zan yurib) to`pga turli xil zarba beriladi. Zarba berish ketma-ket va turli maromda, oyoq bilan yoki bosh bilan ijro etiladi. To`p olib yurishning tasnifi 61-rasmda berilgan. To`p olib yurishning ba`zi usullari mustaqil ahamiyatga ega bo`lmay, o`yinda o`z holicha kamdan-kam qo`llaniladi. Ammo ularni to`p olib yurishning boshqa xillari bilan birga qo`shib olib borish o`rinli bo`ladi. Masalan, son yoki kalla bilan to`p olib yurish jihatdan noo`rin. Lekin o`yinda ko`pincha shunday vaziyatlar yuzaga kelib qoladiki, unda to`pni oldin bir necha marta boshda urib, keyin sonda ozroq o`ynatib, pirovardida oyoq bilan kerakli usulda olib yurishga o`tiladi.
5 1 - rasm. To`pni olib yurish usullari tasnifi4 Oyoq bilan to`p olib yurish. To`p olib yurishning bu asosiy usuli yugurish hamda to`pga oyoq bilan turli usullarda zarba berib borishning birga qo`shilganidir. Yugurish va to`pga oyoq bilan zarba berish texnikasining tahlili alohida-alohida yuqorida berilgan. Shuning uchun to`p olib yurishning eng muhim detallari va xususiyatlariga to`xtalib o`tamiz.
To`p olib ketayotganda, taktik vazifalardan kelib chiqib to`pga har xil kuch bilan zarba beriladi. Kattaroq masofani tez bosib o`tish kerak bo`lsa, to`pni o`zidan 10-12 m uzoqlashtirib yuguriladi. Bunda raqib qarshilik ko`rsatsa, to`pni oldirib qo`yish mumkin. Shuning uchun to`pni uzluksiz nazorat qilib borish va 1-2 m dan ortiq uzoqlashtirib yubormaslik kerak. Shuning bilan birga to`pga tez-tez zarba beraverish ham to`p olib yurish tezligini kamaytirib yuborishini unutmaslik lozim
Ko`rilgan ikkala holda ham zarba berish uchun maxsus silkinish harakatlarini qilishning zarurati yo`q. Orqadagi oyoqda depsinish zarba berish uchun tayyorlov fazasi bo`ladi. Tayanch oyoq to`pning yonginasiga qo`yiladi.
Silkinuvchi oyoq to`p tomon harakat qilib zarba beradi.