Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat


-Mavzu. Shaxmat o`yinining rivojlanish tarixi



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə63/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

15-Mavzu. Shaxmat o`yinining rivojlanish tarixi.
Shaxmat birinchi marta qayerda paydo bo‘lgan? Jahonning juda ko‘p olimlari bu masalani hal qilish uchun bir necha asrlar davomida urinib keldilar. Hozirgacha saqlanib kelgan ko‘pgina afsonalar shaxmatning birinchi vatani Hindiston ekanligidan dalolat beradi. Shaxmat donalari orasida Hindistonga xos filmning bo‘lishi, qadimiy qo‘lyozmalarda «radja» (shoh), «anga» («qo‘r») kabi hindcha so‘zlarning qo‘llanilishi bu o‘yinning tarixi bilan shug‘ullanuvchilarni yuqoridagi fikrga olib keldi. Shaxmatning boshlang‘ich shakli — chaturanga eramizning dastlabki asrlarida Panjob va Kashmir viloyatlarida paydo bo‘lgan deyishga yetarli asos bor («chatur» — to‘rt, «anga» — qo‘r, yani to‘rt qo‘r demakdir. Bu bilan hindlar: «jangovar fillar», «otliqlar», «jangovar aravalar» va «piyodalar»dan iborat qo‘shinni anglatganlar).
Chaturanga hozirgi shaxmatga ancha o‘xshasa ham, lekin undagi donalar soni (hozirgidek farzinlar bo‘lmagan) va o‘yin taxtasining ko‘rinishi jihatidan farq qilardi. Eng katta farqi shunda ediki, hind shaxmatida maxsus shashxol bo‘lib, o‘yinda yutish bu shashxolning qanday holatga tushishiga bog‘liq bo‘lar edi.
Faktlarni yaxshi o‘rganish va taqqoslash — Markaziy Osiyoning Panjob va Kashmirga yaqin viloyatlarida, taxminan, IV—V asrlarda hind chaturangasining qandaydir formasi asosida bu o‘yinning takomillashgan tun — shatrang paydo bo‘ldi, degan xulosaga olib keladi.
Shatrang takomillasha borib, donalarining soni jihatidan ham, bu donalarning taxtaga terilish tartibi jihatidan ham hozirgi shaxmat tusiga kiradi. Shoh, rux va ot xuddi hozirgidek yuriladigan bo‘lib qoladi; lekin farzin bilan diagonal bo‘yicha faqat bir xonagagina yurilgan; fil diagonal bo‘yicha bir xona tashlab, ikkinchisiga sakragan; piyodalar ikki xonaga surilmagan; rokirovka bo‘lmagan. Shunday qilib, bu farqni nazarga olmaganda, shatrang hozirgi zamon shaxmatiga juda yaqin bo‘lib qolgan. Shatrang o‘yinida shashxol bora-bora qo‘llanilmaydigan bo‘ldi, unda kurash raqib donalarining barchasini qirib tashlaguncha emas, balki shohni mot yoki pot qilguncha davom ettiriladigan bo‘ldi.
Shatrang to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarning Markaziy Osiyo adabiyotida 600-yillarda tilga olinishi va hind chaturangasi haqidagi dastlabki ma'lumotlaming esa VII asrda paydo bo'lishi hamda VIII—IX asrlarda shatrang to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy Osiyo adabiyotida ko‘plab uchrashi bu okyinning Markaziy Osiyoda tobora avj ola boshlaganligidan dalolat beradi. Keyinroq butunlay shatrangga bagkishlangan debyut va masalalarni o‘z ichiga olgan qo‘lyozmalar ham paydo bo‘la boshlaydi.
Shatrang tez orada Hindiston va Markaziy Osiyo bilan chegaradosh mamlakatlarga yoyila boshladi. Eron saltanati va Markaziy Osiyoning bir qismini bosib olgan arab istilochilari shatrang bilan VII asrda tanishadilar va «shatrang» sokzini «shatranj» tarzida talaffuz qiladilar.
IX—X asrlarda Markaziy Osiyoda shatranj taraqqiyotining eng yuqori cho`qqisiga ko‘tariladi va Abu Hofiz, Jobir, Abun Naim, Rabrob, Al-Adliy, ArRoziy, Mavarday, As-Suliy singari ko`pgina ajoyib shatranjchilar yetishib chiqadi.
XII asrda yashagan Abulfath va XIV—XV asrlarda Temur saroyida yashagan Ali Shatranjiy zo‘r amaliy o‘yinchi bo‘lish bilan birga, shatranj nazariyachilari ham edilar.
O`sha davrning Markaziy Osiyo va arabcha qo‘lyozmalari debyutlar va o‘yin oxirlarining tahligiga bag`ishlangan bo`lib, asosan, masalalar to`plami yoki aniqroq qilib aytganda, «mansuba»lardan iborat edi.
O‘sha davrda o‘ynalgan partiyalardan (o‘ziga xos shaxmat notatsiyasi — alifbesi bo`yicha yozilgan) ozginasi bizgacha yetib kelgan.
Shatranj o‘yinidagi sur’atning sustligi jangning shaxmatdagidek tez boshlanib ketishiga xalaqit berardi, chunki piyodalar hamma vaqt bir xonagagina yura olar, farzin va fillar esa «kalta» yurishlar qilar edi.
Shatranj o`yinida bo'ladigan asosiy janglarni tezlashtirish maqsadida, keyinchalik bir necha vaziyatlar — ta'biyalar o`ylab chiqarildi va o‘yin shu vaziyatlardan boshlanadigan bo‘ldi. Ta’biyalarda piyodalar va sipohlarning ko`pchiligi taxtaning o‘rtasiga yaqinroq terilgan bo‘lar edi.
Yangi vaziyatlarni vujudga keltirish uchun intilish, ayniqsa, ajoyib mansubalar yaratishda rivoj topdi. Markaziy Osiyo mansubalari asosan, yutuqli va durang bo`ladigan xillarga bo`linadi. Bularning yutuqlilari hozirgi shaxmat masalalarini eslatadi, chunki ularda kurash shohni mot qilish bilan yakunlanadi. Samarqandlik Ali Shatranjiy tuzgan mansubalar o‘zining shakli va mazmunining mosligi, nafisligi bilan o`rta asrlar kompozitsiyasida alohida o‘rin tutadi.
O‘rta dengiz bo'yidagi bir necha mamlakatlarni arablar bosib olgandan so`ng, VIII—IX asrlardan Italiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda ham shatranj o`ynala boshlandi. O‘sha davrlarda yaratilgan ko‘pgina ajoyib mansubalar bizgacha yetib kelgan, Abul Abning IX asrga taalluqli qo‘lyozmasi ham buni isbotlaydi.
G`arbiy Yevropada ham ayrim Sharq shaxmat terminlari saqlanib qoldi. Masalan, ispanlar filni alfil deb yuritishadi. Shunday qilib, shaxmat o‘yini bilan ispanlar, portugaliyaliklar, italyanlar, fransuzlar, inglizlar va keyinroq nemislar, skandinaviyaliklar tanisha boshladilar.
Qadimiy qo‘lyozmalarning tasdiqlashicha, avvallari Sharqda, XIII asrdan boshlab G‘arbda, podshoh saroyi ahllari — oqsuyaklar o‘q-yoy otish, qilichbozlik, ov qilish, she’r yozish va hokazolar qatorida shaxmatni ham yaxshi bilishlari kerak edi.
G'arbiy Yevropada XIV—XV asrlarga kelib, ayrim shaxmat donalarining nomlari va yurishlari o‘zgara boshladi. Shatranjdagi kurashning Sharq feodallari hayotiga xos sust borishi G‘arb mamlakatlari turmushidagi jonliroq sharoitlarga aftidan to‘g‘ri kelmagan bo‘lsa kerak.
Uyg'onish davrida, ya'ni yangi yerlarni ochish va ko‘pgina harbiy yurishlar qilish davrida turmushning o‘zi shaxmat o‘yini xarakterining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsata boshladi.
XV asrning oxirlari va XVI asrning boshlarida paydo bo'lgan shaxmat haqidagi birinchi bosma kitoblarda o‘yin sur'atini kuchaytirish va uning ichki mazmunini boyitish taklif etila boshlandi. Shundan keyin farzin va fil hozirgidek uzoqqa yura oladigan bo'ldi, rokirovka qabul qilindi. Shunday qilib, shatranj o‘rnini Yevropa shaxmati oldi.
Shaxmatning kashf etilishi haqida shuni aytish mumkinki, bir necha yuz yillar davomida shaxmat donalarining soni va yurish xususiyatlarining o‘zgarib kelganligi, takomillashganligi — shaxmatni afsonalarda aytilgandek bir kishi kashf etgan emas, balki bu murakkab ish nasldan naslga o`tib kelgan xalq ijodining natijasidir. Shaxmat odamda aqliy musobaqalarning qiziqroq formalariga ehtiyoj tug`lishi natijasida paydo bo‘ldi. Shaxmatda iste’dodliroq, uzoqroqni ko‘ra oladigan, jur’atliroq tomon g‘alabaga erishadi. Odam uchun esa shu kerak edi, degan fikrni tasdiqlaydi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin