Atletika, voleybol, gandbol, futbol, gimnastika, shaxmat



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə64/78
tarix19.10.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#156967
növüУчебник
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
Sport turlarini o`rgatish metodikasi0000

Nazorat savollari:

  1. Shaxmat birinchi marta qayerda paydo bo‘lgan?

  2. Shaxmatning boshlang‘ich shakli qaysi viloyatlarda paydo bo‘lgan?

  3. Chaturanga hozirgi qaysi o`yinga o‘xshaydi?

  4. Nechanchi asrlarda Italiya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda ham shatranj o`ynala boshlandi?

  5. XIV—XV asrlarda Temur saroyida yashagan qaysi inson shatranj nazariyachilaridan bo`lgan?

  6. G'arbiy Yevropada nechanchi asrlarga kelib, ayrim shaxmat donalarining nomlari va yurishlari o‘zgara boshladi?

  7. Oqsuyaklar o‘q-yoy otish, qilichbozlik, ov qilish, she’r yozish va hokazolar qatorida nimani yaxshi bilishlari kerak edi?

  8. Shatrang tez orada qaysi mamlakatlarga yoyila boshlagan?

Adabiyotlar


1. Muhiddinov M. Shaxmat. O`quv qo`llanma. T. 2007.
2.

16-Mavzu. Shaxmat taxtasi va donalari.


Shaxmat o‘yinida ikki tomonning kuchlari bir-biri bilan kurashadi. Tomonlarning biri oq, ikkinchisi esa qora donalar bilan o‘ynaydi.
S haxmat taxtasi 64 ta teng xonalarga bo'lingan bo‘lib, uning har bir tomoni 8 tadan xonani (katakchani) tashkil etadi. Xonalarni bir-biridan osonroq ajratish maqsadida ular navbati bilan och va to‘q rangga bo‘yalgan bo`ladi.
Och rangdagi xonalar oq va to‘q rangdagilari esa qora xonalar deb ataladi. O‘yin uchun taxta shunday turishi kerakki, o'ynovchilarning o‘ng tomonidagi burchakda xona oq bo`lsin.
Donalarning yurishi.
Donaning bir xonadan ikkinchi xonaga olib qokyilishini yurish deyiladi. O‘yinda tomonlar galma-gal yuradilar, avval oqlar, keyin qoralar yuradi. Demak, shaxmat o‘yini (partiyasi) yurishlar yig`indisidan iboratdir.
Shohning yurishini ko‘rib chiqaylik. Shoh gorizontal, vertikal va diagonal bo`ylab yonidagi xonalardan biriga, ya’ni bir xonagagina yura oladi. Diagrammalardagi T-belgilari shoh yura oladigan xonalarni ko`rsatadi. Taxtaning chekkasida va ayniqsa, burchagida turgan shohning harakat doirasi qisqaradi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin