Atmosfera iqlim va ob-havo haqidqgi bilimlarini o’zlashtirish va tahlil qilish reja



Yüklə 29,57 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü29,57 Kb.
#39201
ATMOSFERA IQLIMI VA OB-HAVO HAQIDQGI BILIMLARNI O'ZLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH


ATMOSFERA IQLIM VA OB-HAVO HAQIDQGI BILIMLARINI O’ZLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH

REJA:

1.Bu jarayonlar atmosferada Quyosh energiyasi oqimi va Yer yuzasining oʻzaro taʼsiridagi fizik jarayonlar natijasida sodir boʻladi.

2.Odatda, O.-h. deganda Yer yuzasidagi O.-h. tushuniladi.

3.Atmosfe-radagi havoning gorizontal harakati vertikal harakatidan bir necha marta katta boʻlishiga qaramay, O.-h.ning oʻzgarishida.

4.XULOSA

5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Bu jarayonlar atmosferada Quyosh energiyasi oqimi va Yer yuzasining oʻzaro taʼsiridagi fizik jarayonlar natijasida sodir boʻladi. Odatda, O.-h. deganda Yer yuzasidagi O.-h. tushuniladi. Biroq aviatsiya, xalq xoʻjaligi faoliyati rivojlanishi bilan erkin atmosfera O,-h.si tushunchasi ham tobora kengayib bormokda. Inson faoliyatining barcha jabhalari O.-h. bilan uzviy bogʻliq. O.-h. toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Maʼlum joyning aniq bir vaqtdagi O.-h.si meteorologik elementlar (temperatura, havo namli-gi, bulut, yogʻin miqdori, shamol tezligi va yoʻnalishi, qor boʻroni, moma-qaldiroq, tuman va h.k.) bilan tavsiflanadi. O.-h.da Yerning oʻz oʻqi at-rofidagi harakatiga bogʻliq boʻlgan davriy oʻzgarish, shuningdek, asosan, havo oqimlarining almashinishiga bogʻliq boʻlgan nodavriy keskin oʻzgarishlar sodir boʻlib turadi. Atmosfe-radagi havoning gorizontal harakati vertikal harakatidan bir necha marta katta boʻlishiga qaramay, O.-h.ning oʻzgarishida gorizontal harakat bilan bir vaqtda vertikal harakat ham katta rol oʻynaydi: bulutlarning hosil boʻlishi va yogʻin-sochin miqdori, doʻl hosil boʻlishi, asosan, havoning vertikal harakatiga bogʻliq. Xalq xoʻjaligining qariyb hamma tarmoqlarini O.-h.ning kelgusidagi holati qiziqtiradi (qarang Ob-havoni oldindan aytish).Oʻrta Osiyo hududida yilning sovuq davrida moʻʼtadil kengliklardagi havo frontlarining Gʻarbiy tarmogʻidagi siklonik faoliyati rivojlanadi, bu esa Ob-havoning iliqtipini vujudga keltiradi. Arktikadan chiqadigan (sovuq tipidagi Ob-havo) sovuq havo massalarining bostirib kirishi tez-tez takrorlanib turadi. Arktikadan keladigan sovuq havo massalari koʻpincha haroratning ancha pasayib ketishiga sabab boʻladi, jan. r-nlarda qor qoplami boʻlmasada, sovuq —30, —35° ga yetadi. Bu esa tuproqning muzlashiga va ekinlarni sovuqurib nobud boʻlishiga olib keladi, bahor oxirlarida sovuq havo oqimining bostirib kelishi natijasida harorat keskin pasayib, yerning ustki qatlami muzlaydi, bu esa unib chiqqan ekin nihollari va gullayotgan mevali daraxtlar uchun juda xavflidir. Yogʻinlarning eng koʻp qismi bahor (mart-apr.)da yogʻadi.Yilning issiq davrida Oʻrta Osiyo hududi havo qattiq isib va qurib ketadigan, kontinental tropik havo shakllanuvchi markaz hisoblanadi. Chek-ka jan. r-nlarda kunduzgi maksimal temperatura 45—50° gacha yetadi, havoning nisbiy namligi 5% boʻldi. O.-h.ning ochiq, quruq va issiq kelishi qumli tuproqlarning qurib ketishiga va shamolda koʻp miqdordagi qizigan changlar havoga koʻtirilib, haroratning yanada or-tishiga sabab boʻladi. Kopetdogʻ togʻ oldi r-nlarida va Gʻarbiy Tyanshanda tez-tez janub tomondan ekinlarni nobud qiluvchi quruq issiq shamol garmsel esadi; Amudaryoning yuqori qismida sovuq havo massasining Turon pastte-kisligi chegarasiga bostirib kirishidan oldin, janubi-gʻarbiy tomondan mahalliy afgʻon shamoli esadi. Havoning nisbiy namligi past boʻlganda yuqori haroratning bevosita taʼsiri natijasida ekinlar soʻliydi va qovjiraydi. Sugʻoriladigan maydonlarda temperatura yuqori boʻlgan (38—40° dan oshmagan) davrda ekinlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Atmosfera hodisalarini zamonaviy as-bob-uskunalar (Yer sunʼiy yoʻldoshlari, hisoblash mashinalari, raketalar, ra-diozondlar, samolyotlar va q.k.) yorda-mida oʻrganish, uning kelajak rivo-jini aniklaydigan usullarning tako-millashishiga olib kelmokda (yana q. Iqlim, Meteorologiya, Ob-havo xizmati, Ob-havo xaritalari).

Biz bilamizki bugungi kunda fan-texnikaning jadal rivojlanishi insoniyatning tabiatga ta`siri miqyosi va darajasining keskin ortishiga olib keldi. Tabiiy resurslarning mislsiz o`zlashtirilishi, sanoat ishlab chqarishining ortishi, transport vositalari soning ko`payishi atrof muhitning kuchli floslanish muammosini keltirib chqarmoqda. Endilikda barchamizni birdek tashvishlantirayotgan ekologik muammolarga etibor qaratsak, atrof-muhit ifloslanishi, global isish, tabiiy boyliklardan oіqlona foydalanish dolzarb masalaga aylanib borayotganining guvohi bo’lamiz. Binobarin, XXI asrga kelib, insoniyat global iqlim o’zgarishlari, bioxilma-xillikning boy berilishi, suv tanqisligi, qurg’oіchilik, cho’llanish hamda sanoat va maishiy chiqindilar zarari kabi qator ekologik muammolar bilan to`qnash kelmoqda.Prezident I.A. Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida: xavfsizlikka tahdid barіarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mana shu haqqіatga urg’u berib: “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi, – deb ta’kidlaydi. – Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini o’limga mahkum qilish bilan barobardir. Endilikda atmosfera havosini asrab-avaylash va muhofaza qilish muhim ekologik vazifalardan biri hisoblanadi. 1996 yil 27-dekabirda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun mazkur masalani huquqiy jihatdan tartibga soluvchi qimmatli hujjatdir. Ushbu qonun kuchga kirgach, sanoat, energetika va transportdan atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdori 1989 yilga nisbatan 2 million tonnaga kamaydi. Statsionar manbalardan chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori esa 600 ming tonnaga qisіardi.

Bu boradagi ishlar istіqloldan so’ng chuqqur ma’no-mazmun kasb etdi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat in’om etgan boyliklardan oqilona foydalanish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlardan biriga aylandi. Shu sohaga oid 30 ga yaqin qonun hamda 350 dan oshiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular Konstitutsiyamiz, Milliy Xavfsizlik konsepsiyasi va shu sohaga oid xalqaro huquqiy hujjatlar hamda rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, yurtimizdagi bioresurslarni muhofaza qilish, asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga bekami-ko’st yetkazishning kafolati sifatida xizmat qilmoqda.

Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigi bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib. Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob-havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq. Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert gazlar 0.95%, karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo’ladi. Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir.



Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko`rsatkichlari bo'yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir darajasiga qarab xilma-xil REM ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan. Quyidagi REM ko’rsatkichlarini ajratish mumkin; is gazi-0,01 mg/m3: oltingugurt gazi-0,05 mg/m3; xlor-0,03mg/m3; fenol-0,01 mg/m3; formaldegid-0,003 mg/m3; qurum-0,05 mg/m3: va hokozo. REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REM lari ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta moddalaning birlashib ta'sir qilishi o'rganilgan bo’lib ular uchun me'yorlar belgilangan.Аtmоsfеrа iflоslаnishi tufаyli Mоskvаdа аtmоsfеrаgа nisbаtаn 11 % yog’in ko’p tushаdi. Sаmаrqаnd shаhri аtrоfigа nisbаtаn 1 yildа 6 kun tumаn ko’p tushib, 11 mm yog’in ko’p yoqqаn. Sаnоаti rivоjlаngаn shаhаrlаr аtrоfigа nisbаtаn yillik o’rtаchа hаrоrаt yuqоri bo’lishi kuzаtilgаn. Bungа sаbаb kishilаr fоydаlаnаdigаn bаrchа enеrgiyani issiqlik eеnrgiyasigа аylаntirаdi vа uning bir qismi еr yuzаsining qo’shimchа isituvchi mаnbаsi bo’lib qоlаdi. shu sаbаbli sаnоаti rivоjlаngаn vа аhоlisi 100 mingdаn 500 minggаchа bo’lgаn shаhаrdа o’rtаchа yillik hаrоrаt аtrоfdаgigа nisbаtаn 1S yuqоri bo’lsа, аhоlisi 0,5-1,0 mln bo’lgаn shаhаrdа 1,1-1,2C, 1 mln. dаn оrtiq bo’lgаn shаhаrdа 1,3-1,5S yuqоri bo’lаdi. shu sаbаbli Tоshkеnt shаhаrining mаrkаzidа yillik o’rtаchа hаrоrаt shаhаr аtrоfdаgigа nisbаtаn 1,3C yuqоri bo’lsа, bu fаrq Sаmаrqаnddа 0,5S gа, Pаrij vа Stоkgоlmdа 0,7C gа, Mоskvаdа 2C gа еtаdi.Tаbiаt kоpоnеntlаri – hаvо, suv, tuprоq, o’simlik, hаyvоnlаr bir-birigа uzviy bоg’liqligidаn, insоnning хo’jаlik fаоliyati nаtijаsidа iflоslаngаn аtmоsfеrа, o’z nаvbаtidа, tаbiаtning bоshqа kоmpоnеntlаrigа hаm tа’sir etаdi. Buning nаtijаsidа suv vа tuprоqning tаbiiy hоlаtidа, kishi оrgаnizmidа, hаyvоn vа o’simliklаr tаnаsidа sаlbiy o’zgаrishlаr vujudgа kеlib, gеоgrаfik qоbiqdа glоbаl o’zаrishlаr sоdir bo’lаdi. Shynday ekan atmosferani ifloslanishining oldini olish maqsadida har bir qarich maydonga ko’chat ekib yashil maydonlarni kengaytirsak hamda ishlab chiqarishni tabiatga ta’sir doirasini ham inobatga olsak o’z oldimizga qo’yilgan maqsadga erishamiz ham tabiatni asrab, Insoniyat taraqqiyoti, urbanizatsiya jarayonining tezlashishi, globallashuvning jadallashuvi Ona sayyoramiz xavfsizligiga rahna solib, bir qator masalalar bilan birgalikda ekologik muammolarni ham keltirib chiqardi. Atrofmuhitga jiddiy zarar yetkazayotgan ekologik xavf, o`rni kelganda, hattoki yadro talafoti va terrorizmdan ham dahshatliroq bo`lib, yer yuzidagi barcha xalqlarni tobora bu haqida chuqurroq o`ylashga majbur etmoqda. Butunjahon yovvoyi tabiat (WWF), Global Footprint Network jamg`armalari va Londonning zoologik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda o`tkazgan tadqiqot natijalariga ko`ra, 1970 yildan buyon Yerdagi yovvoyi hayvon va qushlarning soni 3,43 ming turga, tirik sayyoraning indeksi esa 52% ga kamaygan, ya’ni havoda va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76% ga, Yer ustida yashaydiganlar va suvda istiqomat qiladiganlar soni 39% ga qisqargan. Har yili inson faoliyati oqibatida 11 mln. gektar tropik o`rmonlar kesilib, nobud bo`ladi. Bu o`rmonlarni tiklash borasidagi ishlardan 10 barobar ko`pdir. Har kuni atmosferaga 60 million tonnaga yaqin karbonat angidrid chiqarilib, bu havoning isishiga, o`z navbatida esa Dunyo okeanidagi suv sathining ko`tarilishiga olib kelmoqda. Karbonat angidridning havo tarkibida oshishi, chiqindi gazlarning me’yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil 10 bo`lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik muammo –global iqlim o`zgarishi yuzaga keldi. Afsuski, boshqa ekologik muammolardan farqli o`laroq global iqlim o`zgarishi Yer yuzi aholisini kam tashvishga solayapti. Bu asosan u haqida yetarlicha ma’lumot va bilim yo`qligi hamda xavfli jarayonning sekinlik bilan amalga oshayotganli bilan bog`liqdir. Xususan, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida mazkur mavzuga e’tibor juda ham kam bo`lib, natijada yurtdoshlarimiz iqlim o`zgarishining oqibatlari va xavflari xususida deyarli axborotga ega emaslar. Mazkur referat OAV vakillari hamda oliy o`quv yurtlarining talabalariga iqlim o`zgarishi masalalari, shuningdek mazkur mavzuda materiallar tayyorlash ko`nikmalariga ega bo`lishga yordam beradi degan umiddamiz. 1. ASOSIY QISM: 1.1 Iqlim o`zgarishi nima? Iqlim o`zgarishiga olib keladigan harakatlar Iqlim o`zgarishi muammosi haqida har birimiz ommaviy axborot vositalarining turli manbalaridan har kuni eshitsak kerak. Bu bejiz emas. Iqlim o`zgarishi – atmosferada parnik gazlari haddan tashqari ko`p miqdorda to`planishi natijasida dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonlarining o`zgarishi. Parnik gazlari ro`yxati bilan siz quyida, mazkur sahifaning oxirida tanishishingiz mumkin. Atmosferada parnik gazlarining bunday g`ayritabiiy ko`payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko`mirdan haddan tashqari ko`p foydalanilishi natijasida yuz beradi. Atmosferadagi miqdori yildan-yilga ko`payib borayotgan asosiy parnik gazlari oksidlangan gaz va metandir. Ma’lumki, metan tabiiy gazning asosiy elementi hisoblanadi. Parnik gazlari atmosferada to`planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo`l qo`ymaydi va atmosferaning qizishiga sabab bo`ladi. Harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda 11 okean suvining harorati va fizik xossalari o`zgaradi, okean oqimlari o`zgaradi, mazkur oqimlarga bog`liq bo`lgan mamlakatlarda iqlim o`zgaradi, global gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o`zgaradi. Mazkur o`zgarishlar natijasi o`laroq, yog`ingarchiliklar amplitudasida katta o`zgarishlar yuz beradi – dam umuman yog`ingarchiliklar bo`lmaydi, dam haddan tashqari ko`p yog`ingarchilik bo`ladi; natijada qurg`oqchilik va toshqinlar ko`payadi; tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko`chkilar ko`p yuz beradi. Bir qarashda bu uncha qo`rqinchli bo`lib tuyulmasligi mumkin. Ammo, yerda harorat yana 5 gradusga ko`tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo`lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug`iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o`rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammoning olamshumulligi barcha odamlar uchun umumiy bo`lgan oqibatlar – odamzotning yo`q bo`lib ketish xavfi bilangina emas, balki bu muammoga biz qo`shayotgan hissa bilan ham belgilanadi. Gap shundaki, Yer yuzining qaysi nuqtasida atmosferaga parnik gazlari ajralayotgani ahamiyatga ega emas: mazkur jarayonlar O`zbekistonda yuz beradimi, Fillipin, Xitoy yoki Angliyadami – bundan qat’iy nazar, parnik gazining har bitta birligi qo`shilishi butun dunyo iqlim tizimiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Shu bois gazlar atmosferaga qayerda chiqarilayotgani emas, balki qancha chiqarilayotgani muhimdir. Har qanday energiya iste’moli, chunonchi: chiroq yoqish, uy isitish, o`tin yoqib ovqat tayyorlash va hokazolar natijasida atmosferaga parnik gazlari chiqariladi. Bu biz mazkur harakatlarga barham berishimiz kerak, degan ma’noni anglatadimi? Yo`q, albatta. Bu yerda gap biz energiyadan foydalanishda qay darajada tejamkor ekanligimizda. Ayrim hisob-kitoblarga ko`ra, biz energiya iste’molini ikki baravar qisqartirishimiz mumkin va bu qisqartirish hayotimizning sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatmaydi. Darhaqiqat, ko`pgina lampochkalar behuda yonadi. Axir yorug`lik hech kimga kerak bo`lmaganida lampochkani o`chirib qo`yish mumkin-ku. Biz qanday lampochkalarni ishlatamiz? Ular tejamlimi? 12 Hozirgi vaqtda energiyani bir necha baravar kam sarflaydigan lampochkalar bor va ular sotuvda mavjud. Biz o`z turar joyimizni isitamiz. Bunday isitish qay darajada samarali? Agar uyimizda shiftda ham, eshiklarda ham bitta oynali romlar o`rnatilgan, romlarda tirqishlar bor bo`lsa, uyimizni qancha isitmaylik, u baribir lozim darajada isimaydi. Xo`sh, bunda qancha yonilg`i isrof bo`ladi? Ayni holda yonilg`i qayerda (hovlida yoki markazlashtirilgan qozonxonada) isrof qilinayotgani ahamiyatga ega emas. Uydan bir necha yuz metr narida joylashgan do`konga mashinada borish shartmi? Balki do`konga piyoda yoki velosipedda borib kelsa bo`lar? Shu bois biz har bir kishi o`ziga: “Mavjud energiyadan men qanday foydalanyapman?” degan savolni berishini istaymiz. Mahalliy aholi energiyadan foydalanishi natijasida atmosferaga chiqariladigan parnik gazlar miqdorini qisqartirish yo`li bilan global iqlim tizimiga ta’sirni kamaytirishga qaratilgan. KGDning vazifasi sanoatda, energiya taqsimlash tarmoqlarida va davlat aralashuvi hamda oqilona huquqiy tartibga solish talab etiladigan boshqa joylarda chiqindilarni qisqartirishdan iborat emas. Bu borada GEF KGD aholi energiyani bevosita iste’mol qiluvchi darajada chiqindilarni qisqartirish bilan shug`ullanadi. Mazkur natijaning maqsadi mavjud energiya manbalaridan foydalanishning samaradorligini oshirishdir. Bunga ikki yo`nalishni rivojlantirish hisobiga erishiladi: 1) joylarda energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirish; 2) mahalliy aholi tomonidan energiya olish muqobil manbalarini amalga joriy etish. Aksariyat hollarda aholi energiya iste’molini qisqartirish yo`llari va usullarini bilmaydi. Bundan tashqari, O`zbekistonda energiya manbalarining narxlari nisbatan arzon – davlat tomonidan subsidiyalangan bo`lib, ko`pchilik energiyadan foydalanishni qisqartirishga o`zida rag`bat sezmaydi, chunki ularning energiya uchun xarajatlari vaqt bo`ylab taqsimlangan. Energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirish uchun esa, aksariyat hollarda bir martalik investitsiyalar qilish talab etiladi. Mazkur investitsiyalar miqdori odamlar kundalik asosda energiya xarid qilishga sarflaydigan xarajatlardan bir qarashda bir necha baravar ko`p bo`lib tuyulishi mumkin. Shunga qaramay, energiyadan foydalanishning samaradorligi tabiatni muhofaza qilish nuqtayi nazaridangina emas, balki iqtisodiy nuqtayi nazardan ham juda muhim ekanligini ko`rsatib berish muhimdir. 13 Shu tufayli ham, mazkur vazifa uylarning issiqlik o`tkazuvchanligini takomillashtirish yo`li bilan energiyadan foydalanishning samaradorligini, ro`zg`or buyumlari, isitish sistemalari, ovqat tayyorlash moslamalari va hokazolarning samaradorligini oshirish bo`yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi. GEF KGD odamlar tomonidan oson idrok etiladigan, xo`jalik yuritishning kundalik amaliyotiga energiyadan foydalanish jihatidan samarali texnologiyalarni joriy etishning afzalliklarini namoyish qiladigan, keng yoyish qulay bo`lgan loyihalarni qo`llab-quvvatlashi muhimdir. Hozirgi vaqtda O`zbekiston aholisi muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasida bilim, tajriba va ko`nikmalarga deyarli ega emas. SHu bilan bir vaqtda, texnik jihatdan amalga tatbiq etish va foydalanish jihatidan sodda va qulay, moliyaviy jihatdan ancha arzon bo`lgan muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ko`plab variantlari mavjud. BMTRD va boshqa xalqaro tashkilotlar, elchixonalar qoshidagi turli markazlar va boshqa tuzilmalar muqobil energiya manbalarini namoyish qilish va amalga joriy etish bo`yicha bir qancha “pilot” loyihalarni amalga oshirganlar. Mahalliy sharoitlarda muqobil manbalardan foydalanish borasida tajriba mavjud. Ammo bu tajriba lozim darajada keng tarqatilayotgani yo`q. Ayni shu sababli GEF KGDning vazifasi to`plangan tajribani umumlashtirish va uni KGD loyihalari orqali keng tarqatishdan iborat. Bundan tashqari, GEF KGD Kioto protokolining aksariyat investorlar uchun jalb qiluvchan bo`lmagan, lekin mahalliy aholi ijtimoiy-iqtisodiy naf ko`rishi uchun keng imkoniyatlarga ega bo`lgan Sof Rivojlanish Mexanizmi (SRM) loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko`maklashadi. SRM kichik loyihalari SRM dasturlariga birlashtirilishi mumkin. GEF KGDning vazifasi – ijtimoiy yo`naltirilgan SRM dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko`maklashadigan har qanday tashabbuslarni rivojlantirishga ko`maklashish. Iqlim o`zgarishi sababi hisoblangan issiqxona gazlari:  suv bug`i  karbonat angdrid (SO2)  metan (SN4)  azot oksidi (N2O)  gidroftoruglerodlar (GFU)  perftoruglerodlar (PFU)  oltingugurt geksoftoridi (SF6) 1.2 GLOBAL IQLIM O`ZGARISHI OQIBATLARI 14 Global iqlim o`zgarishi – XXI asrning asosiy muammolaridan biri. Insoniyatning taraqqiyotga erishish yo`lida tabiatga nisbatan xo`jasizlarcha munosabatda bo`lishi atrof-muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga sabab bo`layotir. Ob-havo va iqlim nima? Ob-havo ma’lum hududdagi atmosferaning 10-12 kilometr balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol tezligi va yo`nalishi, bulutlar va turli atmosfera yog`inlari turi va jadalligi, nurli energiya va issiqlik oqimlari kabilar kiradi. Iqlim esa ma’lum bir hududdagi ob-havoning ko`p yillik rejimi bilan ifodalanib, joyning geografik kengligi, yer usti tuzilishi (orografik, relyef), dengiz sathiga nisbatan balandligi, okeanga nisbatan uzoq yoki yaqinligi va boshqa qator omillar bilan aniqlanadi. Iqlim atamasi grekcha “klima”-qiyalik ma’nosini, ya’ni quyosh nurlarining yerga tushgan paytida og`ish-tushish qiyaligini anglatadi. Bu atama yunon astronomi Gipparx (mil.avv.160-125 yillar) tomonidan fanga kiritilgan. Iqlim – quyosh atrofida harakatlanib turadigan yer sayyorasi yuzasiga yaqin bo`lgan atmosfera qobig`ining troposfera qatlamida ro`y beradigan tabiiy jarayonlar natijasidir. Iqlim fasllar bo`yicha o`zgarish xususiyatiga ega. Iqlimga ta’rif beradigan bo`lsak-“Iqlim deb ma’lum bir hududda uzoq yillar davomida takrorlanib turadigan ob-havo rejimiga aytiladi”. Ob-havo esa iqlim ko`rsatkichlarining ayni joydagi, ayni vaqtdagi holatidir. Ob-havo bir kechakunduzda bir necha marta o`zgarishi mumkin. Yil davomida ma’lum joyning iqlimida uning fasllariga xos holda ob-havo holatlari sodir bo`lib turadi. Iqlimni hosil qiluvchi asosiy omil, manba Quyosh hisoblanadi. Yer yuzasiga tushadigan quyosh nurlarining tushish burchagi qancha katta bo`lsa, nurlarning issiqlik va yorug`lik darajasi, quvvati shuncha kuchli, aksincha bo`lsa shuncha kam va kuchsiz bo`ladi. Yerning yuzasida atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan biz nafas olamiz va usiz yerda hayot bo`lishi mumkin emas. Har bir kishi bir kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol qiladi. Yer atmosferasi yigirmaga yaqin gaz aralashmasidan tashkil topgan. Ularning asosiy qismi – azot va kisloroddan hamda suv bug`i, azon va mutlaq holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan iborat. Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi. Meteorologik kuzatishlar kun davomida har 3 yoki 6 soatda olib boriladi. Bunday bir vaqtda olib borilgan kuzatishlar butun dunyo ob-havo xizmatining (VSP) asosidir. Bunday usul meteorologik prognozlar tuzish va dovullardan ogohlantirish va global iqlim haqidagi bilimlarni to`ldirish uchun kerak. 15 Shuni alohida aytish joizki, iqlimiy sharoit bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar ta’sirida tabiatning rivojlanish bosqichlarida o`zgarishlar bo`lib turgan. Bunga Antarktida materigi va Shpitsbergen orollarida mavjud bo`lgan ko`mir konlari hamda to`rtlamchi davrda ro`y bergan takroriy muzlashlar davri inkor etib bo`lmaydigan dalillardir. Olimlar iqlimiy jarayonlarda davriy o`zgarishlar mavjudligini ham e’tirof etadilar. Iqlimshunos olim A.V.Shnitnikov tomonidan Yerning shimoliy yarim sharidagi quruqliklarda (materiklarda) tabiiy namlikning 1800 yil davomidagi davriy o`zgarishlari o`rganilgan. Har bir davr ikki fasldan iborat bo`ladi, birinchisi 300-500 yil davom etadigan salqin, nam, iliq davr bo`lsa, ikkinchisi 1000 yildan ortiq kuzatiladigan issiq va quruq iqlim davridir[1]. Keyinchalik olib borilgan tadqiqotlar Shnitnikov fikrini tasdiqladi. Masalan, E. Le Rua Ladyuri Sharqiy Yevropa iqlimini o`rganar ekan “kichik muzlik davri” bo`lganligini va asrlar osha, ya’ni har 2000 yilda iqlim keskin o`zgarishini isbotladi.[2] Yer tarixida ro`y bergan iqlimiy o`zgarishlar paleoiqlimshunoslik fani vakillari tomonidan o`rganiladi. Bundan tashqari, bu sohaga tegishli paleogeomorfologiya, paleobotanika, paleozoologiya kabi fan ilmiy yo`nalishlari ham mavjud. Bu o`rinda geologiya fani alohida o`ringa ega. Sayyoramizda hukmronlik qilayotgan hozirgi iqlimiy sharoit asosan yaqin o`tmishda, to`rtlamchi davrning quyi, o`rta va yuqori qismida ro`y bergan muzlik davridan so`ng yuzaga kelgan. Yerdagi hayotning asosiy manbai quyosh bo`lsada, iqlimning hosil bo`lishida atmosfera qobig`ining ahamiyati alohida o`rin tutadi. Atmosfera tarkibining shakllanishi va o`zgarishi organik dunyoning rivojlanish jarayoni bilan bevosita bog`liq. Akademik I.V.Vernadskiy fikri bilan aytganda, u organik dunyoning taraqqiyoti hosilasidir [3]. Atmosfera sayyoramizni o`ta qizib va keskin sovub ketishdan saqlab turuvchi himoya vositasidir. Yerning havo qobig`i bo`lmasa, hayot ham bo`lmas edi. Iqlimshunoslarning hisoblashlariga ko`ra atmosferada karbonat angidrid gazi bo`lmaganda harorat 60C ga, suv bug`lari bo`lmaganda esa Yer sirtida harorat 250C ga pasayib ketgan bo`lar edi. Havo haroratining ko`tarilishi 1850 yildan boshlab, bugungi kunga kelib 1 darajaga oshgan. Agarda u 2 darajaga etsa, krizis holatlar vujudga keladi. Sanoat inqilobi amalga oshirila boshlangach atmosferada karbonat angidridning miqdori 30 foizga oshgan. Olimlar iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillarni 3 guruhga – astronomik, geografik va havoni sirkulyatsion omillarga ajratadilar. Bu omillar qanday guruhlanmasin, yer iqlimining shakllanishida quyidagilar muhim o`rin tutadi. Bu borada bosh omil quyoshdan yer sirtiga yetib keladigan radiatsiya va yorug`lik miqdoridir. Yer yuzida suvlik va quruqlikning taqsimlanishi, joyning geografik o`rni, yer yuzasining tuzilishi, quyosh nurlarining yer sirtidan qaytishi 16 ko`rsatkichlari, atmosfera tarkibi va sirkulyatsiyasi va havo-dengiz oqimlari kabilardir. Yer shari iqlimini tabaqalashtirishda turlicha yondashuvlar mavjud. Bular orasida B.P.Alisov tomonidan 1930 yillarda ishlab chiqilgan genetik klassifikatsiyasi ko`pchilik tomonidan ma’qullangan. Bu klassifikatsiyada yil davomida yoki issiq va sovuq davrlarda hukmronlik qiladigan havo massalari tiplari asos qilib olingan. U geografik kengliklar bo`ylab hukmronlik qiladigan ettita havo massalarini qamrab oladi: ekvotorial, 2 ta tropik, 2 ta mo`tadil va Arktika, Antarktika. Bunga asosan 4 ta asosiy: ekvotorial, tropik, mo`‘tadil, arktika-antarktika va 3 ta oraliq: subekvotorial, subtropik, subarktikasubantarktika iqlimiy mintaqalariga ajratadi. Yuqorida qayd qilingan havo massalarining, iqlim mintaqalarining shakllanishida yer yuzida radiatsiya balansi, havo harorati va namlikning qutblardan ekvatorga tomon o`zgarishi asos qilib olingan. Yer yuzida qaror topgan ushbu iqlimiy sharoit XX asrning o`rtalariga kelib kuchli antropogen ta’sirga uchradi. Ya’ni, yer yuzasida aholi sonining ortishi, tabiiy resurslarga bo`lgan talab va ehtiyojning to`xtovsiz oshishi va nihoyat fan va texnikani rivojlanishi insonning tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi yer shari iqlimining o`zgarishiga olib keldi va bu jarayon shiddat bilan davom etmoqda. Bu jarayonni quyidagi dalilllar bilan asoslash mumkin:  Atmosferaning kimyoviy, fizik tarkibiga inson faoliyat ta’sirining ortib borayotganligi, Ozon qatlamini yemiruvchi turli is gazlarini hamda karbonat angdrid va boshqa issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarni va aerozollarni chiqarish, turli organik yoqilg`ilarni yoqish va energiya sarflash orqali atmosfera haroratiga ko`rsatilayotgan ta’sirning ortib borayotganligi;  Tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan o`zlashtirilishi (yer, suv, o`rmon, tog`-kon) tufayli yer sirti albedosining o`zgarishi;  Dunyo okeani sathining ko`tarilishi va suv tarkibining ifloslanishi, buzilishi tufayli atmosfera-okean-quruqlik tizimida kechadigan modda, energiya va gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko`rsatish;  Yer sharida bo`ladigan, bo`layotgan etnik nizolar, davlatlararo kelishmovchiliklar, urushlar, xalqaro terrorizm, maishiy va sanoat chiqindilarining tabiatga tartibsiz katta miqdorda chiqarilayotgani;  Inson omili ta’sirida Yer yuzida modda, energiya almashinuvi tufayli, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni shiddatining ortayotganligi;

XULOSA

O.-h.ning ochiq, quruq va issiq kelishi qumli tuproqlarning qurib ketishiga va shamolda koʻp miqdordagi qizigan changlar havoga koʻtirilib, haroratning yanada or-tishiga sabab boʻladi. Kopetdogʻ togʻ oldi r-nlarida va Gʻarbiy Tyanshanda tez-tez janub tomondan ekinlarni nobud qiluvchi quruq issiq shamol garmsel esadi; Amudaryoning yuqori qismida sovuq havo massasining Turon pastte-kisligi chegarasiga bostirib kirishidan oldin, janubi-gʻarbiy tomondan mahalliy afgʻon shamoli esadi. Havoning nisbiy namligi past boʻlganda yuqori haroratning bevosita taʼsiri natijasida ekinlar soʻliydi va qovjiraydi. Sugʻoriladigan maydonlarda temperatura yuqori boʻlgan (38—40° dan oshmagan) davrda ekinlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Atmosfera hodisalarini zamonaviy as-bob-uskunalar (Yer sunʼiy yoʻldoshlari, hisoblash mashinalari, raketalar, ra-diozondlar, samolyotlar va q.k.) yorda-mida oʻrganish, uning kelajak rivo-jini aniklaydigan usullarning tako-millashishiga olib kelmokda (yana q. Iqlim, Meteorologiya, Ob-havo xizmati, Ob-havo xaritalari).Biz bilamizki bugungi kunda fan-texnikaning jadal rivojlanishi insoniyatning tabiatga ta`siri miqyosi va darajasining keskin ortishiga olib keldi. Tabiiy resurslarning mislsiz o`zlashtirilishi, sanoat ishlab chqarishining ortishi, transport vositalari soning ko`payishi atrof muhitning kuchli floslanish muammosini keltirib chqarmoqda. Endilikda barchamizni birdek tashvishlantirayotgan ekologik muammolarga etibor qaratsak, atrof-muhit ifloslanishi, global isish, tabiiy boyliklardan oіqlona foydalanish dolzarb masalaga aylanib borayotganining guvohi bo’lamiz. Binobarin, XXI asrga kelib, insoniyat global iqlim o’zgarishlari, bioxilma-xillikning boy berilishi, suv tanqisligi, qurg’oіchilik, cho’llanish hamda sanoat va maishiy chiqindilar zarari kabi qator ekologik muammolar bilan to`qnash kelmoqda.Prezident I.A. Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida: xavfsizlikka tahdid barіarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mana shu haqqіatga urg’u berib: “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi, – deb ta’kidlaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Karimov I. A. «O`zbekiston XXI asr bo`saasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. O`zbekiston, 1997.



2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. T.Oqituvchi, 1991.

3. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. T.1998.

4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003.
Yüklə 29,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin