Atmosvera havosining doimiy tarkibi



Yüklə 28,34 Kb.
səhifə3/3
tarix31.01.2023
ölçüsü28,34 Kb.
#81925
1   2   3
Atmosvera havosining doimiy tarkibi

uzun kun, qisqa kun va neytral o'simliklarga bo'linadi. Neytral
o'simliklaming gullashi kun uzunligiga bog'liq emas.
Kun uzunligi hayvonlarning o'sishi va rivojlanishiga ham katta ta'sir
ko'rsatadi. Masalan, bizda ko'p boqiladigan ipak qurti qisqa kunda yaxshi
rivojlanadi. Fotoperiodizm qushlarning, sut emzuvchilarning va boshqa
hayvonlarning urchish davriga, ularning embrional rivojlanishiga, tullashiga,
migratsiyasiga, qishki uyquga ketishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Odam o'simlik va hayvonlarda fotoperiodizm qonuniyatlarini o'rganib uni
o'zining amaliy maqsadlarida keng foydalanmoqda. Issiqxonalarda sabzavot
va gullarni yil davomida o'stirish keng yo'lga qo'yUgan. Parrandachilik
fabrikalarida tovuqlar tuxumdorligining oshirilishi shularga misoldir.
Bioritm. Fotoperiodizm asosida o'simlik va hayvonlarda evolutsiya
davomida maxsus davriy takrorlanib turuvchi biologik ritmlar paydo bo'lgan.
Biologik ritmlar - biologik jarayonlar jadalligining davriy takrorlanuvchi
o'zgarishidir. Biologik ritmlar kecha-kunduz, mavsumiy va yillik bo'lishi
mumkin. Masalan, kecha-kunduz bioritmlariga o'simliklarda sutka davrida
fotosintezning o'zgarishini hayvonlarda harakatning, garmonlar sekretsiyasining,
hujayra bo'linishi tezligining o'zgarishlarini misol qilib olish mumkin.
Odamda ham nafas olish tezligi, arterial bosim va shunga o'xshash
jarayonlar kecha-kunduz davomida ritmik o'zgarib turadi. Bioritmlar irsiyatga
bog'liq reaksiyalar bo'lganligi tufayli insonning mehnati va dam olish
rejimini to'g'ri uyushtirish uchun uning mexanimzlarini yaxshi bilish lozim.
Yüklə 28,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin