Atmosvera havosining doimiy tarkibi



Yüklə 28,34 Kb.
səhifə1/3
tarix31.01.2023
ölçüsü28,34 Kb.
#81925
  1   2   3
Atmosvera havosining doimiy tarkibi


Atmosvera havosining doimiy tarkibi

Atmosfera (yer yuzasi yaqinida) asosan azot (78,08 %) va kislorod (20,95 %)dan iborat bo'lib, unda kamroq miqdorda argon (0,93 %), karbonat angidridi (0,03 %), geliy, neon, ksenon, kripton, vodorod, ozon, ammiak, yod va boshqa gazlar (0,01 %) bor.


Ko'pchilik organizmlar uchun kislorod katta fiziologik ahamiyatga ega bo'Ub, uning tashqi muhit tarkibidagi konsentratsiyasi (miqdori) muhim ekologik omil hisoblanadi. Ma'lumki, atmosferada kislorodning miqdor 20,95 % bo'ladi, uning vaqtincha 2-3 %gacha kamayishi ham organizmlarning fiziologik xususiyatlariga sezilarli ta'sir etmaydi. Yer ostida yashovchi hayvonlar inlarida ba'zan kislorodning miqdori 15 % tushganda ham ta'sir katta bo'lmaydi. Hayvonlar bunday tebranishga moslashgan bo'ladi. Dengiz sathidan ko'tarilgan sari atmosfera bosimining hamda kislorod miqdorining kamayishi kuzatiladi, natijada, organizm fiziologik funksiyalarining buzilishiga hamda u yoki bu xil organizmlarning akklimatsiyasi (moslanishi)ga olib keladi.
Moslashmagan inson organizmi dengiz sathidan 3000 m balandlikdao'zini noxush sezadi, ya'ni ah voli yomonlashadi, ishlash qobihyati pasayadi. 6000 m balandlikda esa inson hushidan ketadi. Biroq Himolay va And tog'larining 5000 m balandlikda joylashgan yerlaiida ham inson tuzikroq hayot kechiradi. Chunki, inson organizmi ana shunday kislorod kam bo'lgan sharoitda yashashga moslashgan (adaptatsiya qilgan). Bunday balandlikda yashovchi odamlarda tekislik sharoitida yashovchilarga qaraganda qon hajmi yuqori, qondagi eritrotsitlar va gemoglabin miqdori ko'p bo'ladi.
Baland tog'larda yashovchi hayvonlarda genetik moslanish belgilari yanada kuchliroqdir. Masalan, Janubiy Amerika And tog'larida yashovchi tuyalarda (Lam, Vikuniy, Alpak) gemoglabin kislorodga o'ta to'yingan bo'ladi. Kislorodning eritrotsitlardagi umumiy hajmi tekisliklardagi sut emzuvchi hayvonlarning eritrotsitlariga qaraganda 25—30 % ortiq bo'ladi.
Balandlik gipoksiyasiga ko'p yillardan beri tog' zonalarida boqiladigan ba'zi qo'ylarning zotlari ham moslashgan bo'ladi. Kislorodning yetishmaslik holatiga moslanish belgilari suvga sho'ng'ib yashovchi hayvonlarda ham yaxshi rivojlangan.
Masalan, dengiz toshbaqalari suv ostida havodan nafas olmasdan 6 soatgacha yurishlari mumkin yoki ba'zi bir dengiz ilonlari 2,5 soatgacha, kitlar esa 2 soatgacha suv ostida yashashlari mumkin. Sho'ng'ib yuruvchi dengiz hayvonlari o'pkasining hajmi biroz kattaroq, faqat kitlarda bu organ biroz kichik bo'ladi, qon hajmi ham 1,5—2 barobar ortiq bo'ladi. Ularning qon tanachalarida gemoglabin miqdori ko'p bo'lganligi sababli kislorodga o'ta to'yingan bo'ladi. Ular suzib yurgan vaqtlarida kislorod zaxirasidan tejab foydalanadilar. Tyulenlar, kitlar suv ostiga tushgan paytlarida ularning yurak qisqarishlari bir necha bor kamayadi, hattoki ba'zi bir organlariga qon borishi to'xtaydi. Ko'pchilik hujayralari anoerob gUkoliz holatiga, ya'ni kislorodsiz energiya bilan ta'minlanishiga o'tadi. Suv yuzasiga ko'tarilganda u xil hayvonlarda barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlar yana qayta tiklanadi. Atmosferadan sarflangan kislorod o'rnini yashil o'simliklar fotosintez natijasida to'ldirib turadi.
Karbonat angidrid gazi tabiatda katta ahamiyatga ega bo'Ub, u yashil o'simliklar oziqlanishi uchun zarurdir. Shuningdek, u yerning issiqlik balansini tartibga solib turadi. 1000—1200 km balandlikda atmosfera asosan kislorod va azotdan, undan yuqorida 2500 km gacha bo'lgan qismida geliy gazidan, 2500 km dan yuqorida esa eng yengil gaz vodoroddan iborat. Demak, kishilar va barcha tirik organizm uchun havo nafas olish uchun zarur. Masalan, bir kishi bir sutkada o'zining nafas organlari orqali 20 m3 havo o'tkazadi. Atmosfera planetamiz hayoti uchun g'oyatda zarurdir. Biroq u borgan sari insonning xo'jalik faoliyati bilan bog'liq holda vujudga kelgan CO2, oltingugurt oksidi, azot, uglevodorod, mayda qattiq zarrachalar va radioktiv. moddalar bilan ifloslanib bormoqda. Bu ifloslanish quyosh radiatsiyasi balansiga ta'sir etib yer shari haroratining o'zgarishiga olib kelmoqda. Atmosferaning shunday ifloslanishi davom etaversa, 2100- yilga keUb CO2 ning miqdori uch marta ortishi ham mumkin, natijada issiqxona
holati paydo bo'lib, keyingi yuz yil ichida harorat 1,0°C dan 3,5°C gacha ko'tarilishi mumkin. Yer shari haroratining o'zgarishi esa o'z navbatida yer sharidagi organik hayotga salbiy ta'sir etadi. Sanoat korxonalarining ko'payishi, transportning rivojlanishi kislorodning ko'p sarf bo'lishiga olib kelmoqda. Buning ustiga kislorod ishlab beruvchi o'rmonlar va o'tloqlar maydoni borgan sari qisqarib bormoqda. Bularning hammasi o'z navbatida atmosfera tarkibidagi kislorodning kamayib karbonat angidrid va boshqa zaharli gazlar miqdorining ortib borishiga olib kelmoqda. 2. Yorugiik va lining organizmlar uchun ahamiyati Barcha organizmlar uchun yorug'likning ahamiyati katta, chunki ekosistemada kechadigan jarayonlarda sarflanadigan energiya bu asosan quyosh energiyasidir. Biologik ta'sir nuqtayi nazaridan olinganda quyosh nuri uch xil spektrga bo'linadi: ultrabinafsha, ko 'rinadigan va infraqizU nur- lar. Ultrabinafsha nurlarning juda kam qismigina yer yuzasiga yetib keladi.
Bu nurlarning to'lqin uzunligi 0,30—0,40 mkr.ga teng bo'lib, yuksak kimyoviy faollikka ega, ular tirik hujayralarni jarohatlashi mumkin, lekin ultrabinafshanurlar organism lar uchun kam miqdorda zarur hisoblanib, ularga foydali ta'sir ko'rsatadi. Ko'rinadigan nurlarning to'lqin uzunligi 0,40—0,75 mkr.ga" teng bo'lib yerga yetib keluvchi quyosh nurlarining 50 %ga yaqiiiini tashkil etadi. Har xil to'lqin uzunlikdagi nurlar turlicha ta'sir etadi. Ko'rinadigan nurlar hayvon va o'simliklarga fotosintez jarayonining amalga oshishida katta ahamiyatga ega. Ammo fotosintez uchun faqatgina 1 % ko'rinadigan nurlar sarflanadi, qolgan qismi esa qaytariladi yoki issiqlik sifatida tarqaladi. O'simliklarda fotosintez jadalligi yorug'likning optimal darajasiga (yorug'lik to'yinishiga) bog'liq. Bu optimal darajadan o'tilganda fotosintez sekinlashadi. O'simliklar ko'rinadigan nurlarning har xil spektrlarini fitopigmentlar orqali o'zlashtiradi. To'lqin uzunligi 0,75 mkr dan yuqori bo'lgan infraqizil nurlarni odam ko'zi ilg'amaydi, ular tirik organizmlar qabul qiladigan quyosh energiyasining 49 %ga yaqinini tashkil qiladi. Infraqizil nurlar asosan issiqlik manbayidir. fik tushadigan quyosh nuri tarkibida ular, ayniqsa, ko'p bo'ladi. Yonig'likka munosabatiga qarab o'simliklarni yorug'sevar, soyasevar va soyaga chidamklarga bo'linadi. Yorug'sevar o'simliklar yaxshi yorug' tushadigan ochiq joylardagina rivojlanadi. Ularda fotosintez jarayoni jadal kechadi. Cho'llarda va chala cho'llarda o'sadigan izenlar, shuvoqlar, saksovullar, chogonlar, qizilchalar, qandimlar, qo'ng'irboshlar va shu kabilar yorug'sevar o'simliklarga kiradi. Soyasevar o'simliklar esa aksincha, kuchli yorug'likni yoqtirmaydi va ular doimiy soya joylarda o'sadi. Bunday o'simliklarga o'rmonlarda o'sadigan paporotniklar, moxlar, kislitsalar, yong'oqzorlar ostida o'suvchi yowoyi xina, tog' gunafsha kabilar kiradi. Soyaga chidamli o'simliklar soya joyda ham yaxshi yoritilgan joylarda ham bemalol o'saveradi. Bularga qayin, qarag'ay, eman daraxtlari, o'rmon yer tuti,. g'ozpanja, binafsha kabi o'simliklar kiradi.
Turli geografik mintaqalarda kun bilan tunning almashinishi bir xil emas. Ekvatorda kun va tunning uzunligida farq sezilmaydi. Ammo o'rtacha (mo'tadil) va sovuq iqlim mintaqalarda yoz faslida kun uzun, tun qisqa, qishda esa aksincha bo'ladi. Bu esa o'z navbatida organizmlarning uzun va qisqa kunga (fotoperiodizmga) moslanishiga olib keladi. Bug'doy, javdar, ismaloq, sebarga, sachratqi, gulsafsar uzun kunda o'ssa, grichexa, tariq, kungaboqar, mavrak, tamaki, makkajo'xori, zig'ir va shu kabilar qisqa kunda o'sib rivojlanadi.
Yorug'likning hayvonlar uchun asosan informativ ahamiyati mavjud. Sodda hayvonlarda yorug'lik sezuvchi organlari bo'lib, ular orqali fototaksis (yoritilgan tomonga harakatlanish) amalga oshadi. Kovak ichaklilardan tortib deyarlik hamma hayvonlarda yorug'lik sezuvchi a'zolar mavjud.

Yüklə 28,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin