Izotoplar (izo... va yun. topos — joy, oʻrin) — bitta kimyoviy elementning tartib raqamlariga teng , atom massasi har xil boʻlgan atom turlarining atom yadrosidagi protonlar soniga teng , neytronlar soni esa har xil (atom qobigʻidagi elektronlar soni ham teng) boʻlganligi sababli ularning fizik va kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻladi. Elementning I. i yadro zaryadiga, atom yadrosidagi neytronlar soniga, binobarin, atom massasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Elementlarning I.i kimyoviy elementlar davriy sistemasida ayni bir joyda turadi. Masal, vodorodning uchta izotopi bor: vodorod, deyteriy va tritiy. Bularning hammasi davriy sistemada birinchi oʻrin (bitta katak)da joylashgan. Yadrodagi nuklonlar soni bir xil boʻlgan atomlar I.dan farq qilib izobarlar , yadrosidagi neytronlar soni bir xil boʻlgan atomlar esa izotonlar deb ataladi. Oddiy vodorod atomida bitta proton va ikkita neytron boʻlsa, yadrosi murakkablashadi, atom massasi 2 ga teng boʻladi, biroq yadro atrofida bitta elektron aylanaveradi. Bu vodorod atomi boʻlsada ogʻir vodorod — deyteriy atomi deb ataladi. Ogʻir vodorodning kislorod bilan birikish reaksiyasidan ogʻir suv olinadi.
Deyteriy yadrosiga bitta neytron qoʻshilsa, oʻta ogʻir vodorod — tritiy, uning kislorod bilan reaksiyasi natijasida suv hosil boʻladi. Deyteriy va tritiy vodorodning ogir I.i, ulardan hosil boʻlgan suvlar kimyoviy xossalari jihatdan oddiy suvdan farq, qilmasada, fizik xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Tabiatdagi ko'pchilik kimyoviy elementlar aralash I.dan iborat, deyarli hamma elementlarda I. mavjud. Masalan, simob 7 ta, qalay 10 ta, uran esa 3 ta izotopga ega. Hozirgacha 280 ga yaqin barqaror va 2000 dan ortiq radioaktiv I. maʼlum. Sunʼiy I.dan tinchlik va harbiy maqsadlarda yonilgʻi sifatida foydalaniladi