uchun mo‟ljallangan. Dozimetr gamma-neytron nurlanishi yutilgan dozasini 20
dan to 500 radgacha 10 dan 366000 rad/soat gacha bo‟lgan
doza quvvati bilan
o‟lchanadi. Yutilgan dozani kattaligi dozimetr ichiga joylashtirilgan va radlarga
darajalangan shkala ko‟rsatishi bilan aniqlanadi. Dozimetr zaryadi 3D-6 zaryad
qurilmasi amalga oshiriladi. Bu qurilma chiqish kuchlanishini 180 Voltdan 250
Voltgacha bir tekis o‟zgartiradi. Futlyarga dozimetrlar komplekti o‟lchami
quyidagicha:
Futlyardagi komplekt o‟lchami – 184x102x142 mm;
Dozimetr o‟lchagich bilan birga – 19x128,5 mm;
Zaryadlash qurilmasi – 105x37x122 mm.
Futlyardagi
komplekt massasi, dozimetr va zaryadlash qurilmasi massasi
quyidagicha:
Futlyardagi komplekt – 1500 g;
Har bir dozimetr – 40 g;
Zaryadlash qurilmasi – 500 g.
Dozimetr nurlanish maydoni ta‟siri bo‟lgan joyda ishlash davomida
kishilarning kiyimi kistasida olib yuriladi.
Ishlatish qulay bo‟lsin uchun UD-1 dozimetr
avtoruchka shaklida
tayyorlanadi. Dozimetr tuzilishi mikroskop, ionizatsion kamera, elektroskop,
kondensator, korpus va kontakt gruppalardan iborat.
Bunday individual dozimetr kishilar olgan gamma-neytral
nurlanishining
yutilgan dozasini yetarlicha aniqlikda o‟lchashga imkon beradi.
Dozimetr ishlash prinsipi quyidagicha ionlashtiruvchi nurlanishning
zaryadlangan dozimetrga ta‟sirida ionizatsion kamera xajmida ionizatsion tok hosil
bo‟ladi. Butoq kondensator va kamera potensialini pasaytiradi. Potensialning
pasayishi nurlanish dozasiga proporsional. Potensial o‟zgarishini o‟lchash bilan
yutilgan doza haqida ma‟lumot olish mumkin. O‟lchaydigan UD-1 dozimetrning
tuzilishi, dozimetr qismlari 5-rasmda ko‟rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: