“O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ta’kidlab o‘tgan.Mamlakatimizolimlariolib borgan tadqiqotlarda davlatning ekologik funksiyasini amalga oshirish mexanizmida ekologik monitoringning o‘rni va roli masalalari yetarli darajada o‘rganilmagan. Shu sababdan, bu muammoni ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.Davlat ekologik monitoring siyosatini olib borishda O‘zbekiston Respublikasida maxsus vakolatli davlat organlarining ekologik monitoringini amalga oshirishga oid vakolatlari ilmiy-nazariy, mazmun mohiyati, huquqiy tabiati, ekologik monitoringni amalga oshirishda atrof tabiy muhit to‘g‘risidagi axborotlarni olish, qayta ishlash va ular asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda maxsus vakolatli organlari funksiyasining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi.Ekologik monitoringniamalga oshiruvchi maxsus davlat organlari bo‘lganO‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmat Markazi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston RespublikasiЕr resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligixuzuridagi Sanitariya-epedimeologiya bosh boshqarmalarini tarmoqlararo (bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi) va tarmoqqa oid (ma’lum bir tabiiy resusrslarni idora etuvchi) organlarga bo‘linishi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan ekologik monitoring turlari, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida dalat monitoringini hamda tarmoqlararo boshqaruvini amalga oshiruvchi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining vakolatlarikatta ahamiyat kasb etadi.Ekologik monitoringning mohiyati va maqsadi atrof-muhitning holatini ilmiy asoslangan usullar bilan kuzatib borish, uning ifoslanish darajasini aniqlash va sifat holatini baholash, atrof-tabiiy muhit holatidagi salbiy o‘zgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini oldindan aytib berish, (prognoz qilish), tabiiy resurslardan foydalanish va antropogen faoliyat ta’siri tufayli atrof-tabiiy muhit holatidagi o‘zgarishlarni kuzatish, aniqlash, baholash, oldindan aytib berish (prognozqilish), ularning istiqbolini belgilash to‘g‘risidagi axborotlarni olish, yig‘ish, saqlashdan iborat bo‘lib, u o‘z oldiga atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lishhuquqlarini ta’minlashdan iboratdir.Ekologik monitoring davlat ekologik funksiyasining shakllaridan biri hisoblanganligi sababli, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvchi funksiyasitizim mohiyati ekologik monitoring, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, atrof tabiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy pesurslardan oqilona foydalanishni rejalashtirish, hisob-kitob va davlat kadastrlarini yuritish, tabiiy resurslarni foydalanish uchun berish va qayta taqsimlash, atrof tabiiy muhitsifatini me’yorlashtirish, tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishdan iboratdir.Mamlakatimizda davlatning ekologik monitoring siyosati muam-molarini huquqshunos olim Sh.H.Fayziyev tomonidan o‘rganilgan. Uning monografik tadqiqotlarida davlatning ekologik siyosatining yuridik tabiati, mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, fuqarolarning qulay atrof-tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashning davlat huquqiy mexanizmi masalalarini keng yoritgan. Halqaro ilmiy-anjumanda “Bugungi kunda ekologik qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish tabiat-jamiyat tizimini barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun amaldagi qonun hujjatlarini qaytadan tahlil qilib, yangi tahrirda qabul qilinishi, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, mavjud ekologik muammolarni hal qilishga xizmat qiladi”,- deya anjumandama’ruza qilgan.Respublikamizda ekologik monitoringni huquqiy tartibga solishunga bog‘liq muammolarni nazariy va amaliy jihatdan yaxlit tarzda tadqiq etish, ekologik monitoringni tartibga soluvchi me’yoriy- huquqiy hujjatlarni zamon talablariga javob beradigan darajada ishlab chiqarish va tadbiq etishdan iboratdir.Viloyatda ekologik monitoringniviloyat boshqarmasi xuzuridagi Analitik nazorat monitoring bo‘limiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyun 377-son “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasixuzuridagi Atrof muhit ifloslanishini monitoring atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitiknazorat markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorihamda 2016 yil 23 avgustdagi 273-son “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi QaroriasosidaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”2002 yil 3 apreldagi 111-sonqarori asosida amalga oshiriladi.Analitik nazorat monitoring bo‘limining asosiy vazifasi viloyatda suv va suv resurslari, tuproq hamda atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda tahlillar olib boradi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2010 yil 3 fevral “