Atrof muhit va tabiy resursalr iqtisodiyoti Reja: Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 5,48 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü5,48 Kb.
#186718
Atrof muhit va tabiy resursalr iqtisodiyoti-fayllar.org


Atrof muhit va tabiy resursalr iqtisodiyoti

Atrof muhit va tabiy resursalr iqtisodiyoti

Reja:

1.Atrof - muhit va tabiatni muhofaza qilish.

2. Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi .

3. Atrof-muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Atrof - muhit va tabiatni muhofaza qilish muammolari keskinlashib, o‘ta ziddiyatli tus olgan hozirgi davrda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatga keltirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik muammosi abadiy muammolardan biridir. Tabiat jamiyatning yashash muhiti, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbayi hisoblanadi.

Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo‘lib, alohida rivojlanish mazmuniga ega. Tabiat va jamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan bir butun materiyaning ikki qismi, o‘ziga xos ijtimoiy ekotizim hisoblanadi. Tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorlik tizimida inson markaziy o‘rinni egallaydi. Inson bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, bioijtimoiy mohiyatga ega. Modda va energiya almashinuvi tabiat mavjudligining asosidir. Materiya harakatining yuqori shakli bo‘lgan jamiyat tabiatning alohida “Insoniylashgan” qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi.

Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarib borgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirining keskin kuchayishiga sabab bo‘lgan. Feodalizm tuzumida mehnat vositalarining takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi kengayib borgan.

Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkorlik bilan o‘zlashtirilishi tabiatga bo‘ladigan ta’sirni yuqori darajaga yetkazdi.

Atrof-muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antropogen modda va energiya almashinuvi vujudga keldi. Antropogen modda almashinuvi xom ashyolarni tabiatdan oshig‘i bilan olinishi va zararli chiqindi holida atrof-muhitga tashlanishi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga 9 olib keldi.

Tabiat va jamiyat munosabatlarining rivojlanishida biogen, antropogen va texnogen (nanogen) bosqichlar ajratiladi. XX asrda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Atrof-muhitni himoya qilish, ekologik me’yor, tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlarga tejamkorlik bilan foydalanib yetkazish bugungi kunda dolzarb muammodir. O‘rmonlar, suv havzalari, tuproq, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvon turlari kamayib borishining oldini olish uchun tabiatni o‘rganish lozim.

Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti faniga qiziqish insoniyatni dastlabki bosqichi boshlanishi bilan bog‘liq. Atrof – muhitning asosiy qarashlari asosan ekologiya to‘g‘risidagi juda ko‘p qiziqarli fikrlar, manbalar qadimgi misrliklar, hindular, tibetliklar davridagi Geraklit (mil. av. 530-470), Gippokrat (mil. av. 460-370), Aristotel (mil. av. 384-322) bo‘lgan davr manbalaridan ekologik omillar to‘g‘risidagi xabarlar bo‘lgan.

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarga qarshi choratadbirlar qo‘llash kerak. Ekologiya esa odamlar uchun qulay bo‘lgan, bulg‘anmagan tabiiy atrof-muhitni yaratish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borayotgan, bu dolzarb muammoni hal qilishga yordam beradigan fan bo‘lib qoladi.

Ekologiya deganda, organizmlarning o‘zaro va muhit bilan aloqadorligini o‘rganadigan fan tushuniladi. Shuningdek, inson va organizmlarning yashash muhiti holati, organizmlar (shu jumladan, inson) va muhit o‘rtasidagi o‘zaro muammolarni o‘rganishga alohida ilmiy yondashish (ekologik yondashish) ham tushuniladi.

Xulosa:Ekologiya yer yuzidagi har qanday moddiy narsa – geografik unsurlarning (tog‘ jinslari, suv, tuproq, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, inshootlar va boshqalar) tadrijiy rivojiga, ularni o‘rab turgan muhitning ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganadigan va bu jarayonni boshqarishga yo‘naltirilgan faoliyat sohasidir. Ekologiya tushunchasini fanga birinchi bo‘lib, 1866-yilda nemis biologi Ernest Gekkel “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” asarida kiritgan.

Foydalanilgan Adabiyotlar:

 

1.Аndreev .N.G. - Lugovoe i polevoe kormoproizvodstvo. M.Kolos 1984 .

2.Atabayeva va bosh.-Yem-xashak yetishtirish –T.Mehnat.1997

3.Аtаbаevа H. - Dаlа ekinlаrini qo`shib ekish T.TаshGАU - 1998

4.Аbdukаrimov D vа boshqаlаr - Dehqonchilik аsoslаri vа yem-xаshаk yetishtirish T.Mehnаt 1987

5.Belolipov. I. V. Sheraliev. A. Axadova. M. A. “O`rta Osiyo o`simliklari marfalogiyasi” SOP, TIPO, T.: 1991

6.Buro`gin. V. A. Jongurazov. F. X. Botanika “O`qituvchi” T.: 1977.

7.Dаlаkьyan V, Аsаnov R, Kim L - Kormа Uzbekistаnа-T.Mexnаt.1986



http://fayllar.org
Yüklə 5,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin