Aholi sonini o'sishi Mamlakat aholisi sonini o'sishi - tug'ilganlar va o'lganlar, mamlakatga kelganlar yoki ketganlar sonini ifodalaydi. Odatda yillik o'rtacha o'sish sifatida ifodalanadi.
Bakteriyalar Faecal coliforms (fekal koliformlar) Odatda bu bakteriyalar sut emizuvchilar (odamning ham) va qushlar oshqozonida bo'ladi. Ularning suvda borligi - suvning kanalizatsiya oqavalari bilan ifloslanganligini ko'rsatadi. Bu ko'rsatkichdan suv sifati monitoringida foydalaniladi va u bakteriyalarning inson sog'lig'i uchun xavfliligini baholovchi ko'rsatkich sifatida tavsiya qilingan. Fekal koliform bakteriyalar patogen (kasallik chaqiruvchi) bo'lmasada, ularning borligi suvda patogen bakteriyalar va viruslar bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.
Ballast suvlar Suzish vaqtida dengiz kemalariga barqarorlik berish uchun qo'shimcha og'irlik sifatida tryumlarga suv olinadi. Bunday ballast odatda kema to'liq yuklanmaganda olinadi va u yana yuk olganda dengizga qaytarib tashlanadi. Agar tashlanayotgan ballast suvlarda dengiz florasi va faunasiga salbiy ta'sir etuvchi ifloslantiruvchi moddalar yoki tirik mikroorganizmlar bo'lsa, ko'pgina muammolar kelib chiqishi mumkin.
Barqaror rivojlanish Kelajak avlodlar o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini xavf ostiga qo'ymasdan hozirgi avlod ehtiyojlari qondiriladigan rivojlanish. Barqaror rivojlanish resurslardan har qanday foydalanish usulida resurslar zahiralarini va ulardan foydalanishning hozirdagi va kelajakdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ta'sirini hisobga olishni talab etadi.
Barqaror qishloq xo'jaligi Organik o'g'itlardan foydalanish, tuproq unumdor qatlamini saqlash, zararkunandalarga qarshi biologik usullarda kurashishga hamda energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalaridan (qazib olinadigan yoqilg'idan) minimal miqdorda foydalanishga asoslangan dehqonchilik va chorvachilikni yuritish usuli. Qishloq xo'jaligining bu usuli tuproqlar sifatini pasaytirmaydi, demak tuproq unumdor va haydaladigan holda saqlanadi.