Saylovchilar (Fuqarolar harakati) Siyosiy tashkilotning eng quyi darajasi - fuqarolarning o'zidan iborat ovoz berish tizimi; jamoatchilik siyosiy qarorlariga amal qiluvchi oddiy fuqarolar.
Sanitariya Tozalikni saqlash; maishiy chiqindilarni va kanalizatsiya oqavalarini yig'ish va yo'qotish orqali yuqumli kasalliklar paydo bo'lishini oldini olish. «Sanitariya sharoitlaridan foydalanish imkoniyati» rivojlanishning ko'rsatkichi bo'lib, u insonlar, hayvonlar va hasharotlarni iflosliklar bilan aloqasini oldini oluvchi sanitariyaning eng zarur oz miqdoriga ega aholi foizini ko'rsatadi. Bu vositalar oddiy va himoya qilingan chuqurlardan kanalizatsiyali yuviladigan hojatxonalargacha bo'lishi mumkin. Samarali foydalanish uchun barcha vositalar to'g'ri qurilgan va tegishlicha toza holatda tutilishi lozim.
Sanoati rivojlangan mamlakat (industrial davlat) Mahsulotlarning asosiy qismi avvaldan sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan mamlakat. Biroq, bu termin Shimoldagi daromad darajasi yuqori mamlakat (rivojlangan mamlakat)ni ifodalash uchun keng qo'llaniladi.
Selluloza-qog'oz kombinati (SQK) Qog'oz va qog'oz buyumlar ishlab chiqarish uchun yog'ochdan selluloza oladigan, yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan sanoat korxonasi. Bu kimyoviy jarayon juda ko'p energiya va suvni talab qiladi. Mexanik yoki kimyoviy jarayonda ishlab chiqilayotgan qog'ozni xlorli birikmalar ta'sirida oqartirish talab qilinadi. Xlorli birikmalar bilan oqartirish jarayonida eng xavfli zaharlar tutgan ifloslantirishlar hosil bo'ladi. Tabiatni himoya qiluvchi tashkilotlar va iste'molchilar talablari natijasida ba'zi SQK da qog'ozni kislorod ta'sirida oqartirishdan foydalanilmoqda.
Suv ayirgich (suv to'plash havzasi) Daryo yoki suv havzasiga suv oqib tushadigan muayyan yer maydoni.
Suv sifati Suvning holati, ayniqsa, uning ichish uchun yaroqliligi bilan bog'liq. Tarkibidagi kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdoriga ko'ra suv xavfsiz yoki xavfli hisoblanadi. Suv sifati davlat standartlari bilan tartibga solinadi. Insonning maishiy, gigienik va metabolik (moddalar almashinuvi) ehtiyojlari uchun zarur suvning optimal miqdori sutkasiga 20 litrni tashkil qiladi. «Toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati» optimal miqdordagi ichimlik suvi bilan ta'minlanayotgan odamlar sonining aholining umumiy soniga nisbatan foizlarda ifodalanishidir.