Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar
Issiqxona gazlari, uglerod dioksid, xlorftoruglevodorodlar, ozon qatlami, global isish, Monreal Protokoliga qarang.
OIV/OITS
Odam immunotanqislik virusi (OIV) - asosan tasodifiy jinsiy aloqalar, shuningdek zaharlangan qon yoki qon preparatlari, sterillanmagan shpris orqali va homiladorlik vaqtida onadan bolaga yuqishi mumkin. OIV infeksiyasi natijasi - orttirilgan immunotanqislik sindromi (OITS)dir. Bu kasallikning davosi yo'q.
Oilani rejalashtirish
Sog'liqni saqlash tizimidagi xizmat turi bo'lib, u oilalarga qachon va nechta farzandli bo'lishni rejalashtirishda yordam beradi.
Ocharchilik
Yer sharining ba'zi hududlarida keng tarqalgan to'yib ovqat yemaslik; ozuqa mahsulotlari yetishtirish va yetkazishga xalal beruvchi qurg'oqchilik, urushlar, suv toshqini, zilzila yoki boshqa halokatlar tufayli oziq-ovqat mahsulotlarining taqchilligi natijasida paydo bo'ladi. Ocharchilik tabiiy sabablar tufayli ham paydo bo'lsada, biroq u ko'proq tabiatdan ko'ra inson ta'sirida yuzaga keladi. O'tgan yuz yil davomida uni paydo bo'lishiga urushlar ko'proq sababchi bo'ldi.
Oqava suvlar Ishlatilgan va kanalizatsiya tarmoqlariga, tozalash inshoatlariga tashlanayotgan va sanoat korxonalaridan chiqayotgan toza bo'lmagan suv. Oqava suvlarni tozalashga qarang.
Oqava suvlarni tozalash Ishlatilgan suv tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni yo'qotish jarayoni. Oqava suvlarni tozalashning bir necha bosqichi bor. Birlamchi tozalashda oqava suvlardagi yirik qattiq zarrachalar ajratiladi, so'ngra suv tindirgich-rezervuarlarga tushadi, unda mayda zarrachalar idish tubiga cho'kadi. Ikkilamchi tozalashda (keyingi bosqich) suvga biologik aktiv ifloslantiruvchi moddalarni yutuvchi maxsus mikroorganizmlar qo'shiladi yoki oqava suvlar boshqa filtr orqali o'tkaziladi. So'ngra tozalangan suv dezinfeksiyalanadi (zararsizlantiriladi) va tabiatga qaytariladi. Oqava suvlarni tozalashning bosqichlari qanchalik ko'p bo'lsa, bu jarayon shunchalik qimmat bo'ladi.
Pedagogika
Uzoq muddatli ta'lim maqsadlarining muayyan to'plamini kafolatlash uchun o'qitish strategiyalarini tanlash va o'quv dasturini tashkillashtirish yo'li.