Ii bob. Axborotlarni himoyalashning klassik



Yüklə 302,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü302,72 Kb.
#166895
  1   2   3   4   5
kripto



14 
II BOB. AXBOROTLARNI HIMOYALASHNING KLASSIK 
USULLARI 
Jamiyatda 
yozuvning 
ommalashuvi 
natijasida 
xat 
va 
xabarlarni 
almashishiga talab paydo bo‘lishi yozma ma’lumotlar mazmunini begona 
kishilardan yashirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Yozma ma’lumotlar 
mazmunini yashirish uslubi uch guruhga bo‘linadi: 
1.
mavjud axborotni o‘zida yashirishni ta’minlovchi maskirovka yoki 
steganografiya metodlari; 
2.
maxfiy belgilar bilan xat yozish yoki kriptografiyaning turli metodlari; 
3.
axborotni maxfiylashtiruvchi maxsus texnik qurilmalarni tuzishga 
mo‘ljallangan metodlar.
2.1.
 
Kriptografiya tarixi 
Kriptografiya tarixi – insonlar tili tarixi bilan tengdoshdir. Bundan tashqari, 
dastlabki yozuvning o‘zi qadimgi jamiyatdan faqatgina tanlab olingan 
kishilargina foydalanishni bilgan o‘ziga xos kriptografik tizimdir. Maxfiy 
belgilar bilan xat yozishni rivojlanishiga urushlar katta turtki berdi. Yozma 
buyruqlar va xabarlar kur’er asirga olinsada dushman muhim axborotni qo‘lga 
kirita olmasligini ta’minlash uchun albatta shifrlangan. Tarixiy manbalarda 
keltirilishicha 
qadimgi 
sivilizatsiya 
bo‘lmish 
Misr, 
Hindiston 
va 
Mesopotamiyada so‘zlarni shifrlash va shifrlangan ma’lumotni o‘qish 
tizimlarining 64 turi mavjud bo‘lganligi aniqlangan. Manbalarda keltirilishicha 
maxfiy ma’lumot almashish erkak va ayol bilishi lozim bo‘lgan 64 san’atning 
biri bo‘lgan. 
Axborotni shifrlashga doir yana ham aniq ma’lumotlar qadimgi 
Gretsiyaning paydo bo‘lish davrlariga borib taqaladi. Eramizdan oldingi 56 
asrlarda Sparta davlatida yaxshi rivojlangan kriptografiya mavjud bo‘lgan. 
Ushbu davrlarga oid ikkita mashhur asbob, Sitala va Eniya jadvali mavjud 
bo‘lgan. Ular yordamida ochiq tekstdagi ma’lumot harflarini jadvaldagi 
harflarga maxsus qoidalarga binoan almashtirilar edi. Eniy o‘zining “Mudofaa 


15 
haqida” nomli asarida “Kitobli shifr” bobini yozgan, Polibiy esa “Polibiy 
kvadrati” nomli shifrlash metodini yozgan. Bu metod maxfiy ma’lumotdagi har 
bir harfni ikkita raqam bilan almashtirishni, bu raqamlar o‘z navbatida 5x5 
kvadrat ichiga yozilgan mos harflar alfavit koordinatalari edi. Yuliy Sezar 
o‘zining “Gall urushi haqida qo‘lyozmalar” asarida, maxfiy ma’lumot harflarini 
uchta pozitsiya o‘ngga surish orqali shifrlash metodini keltirgan.
Shu davrda matematikaning asosi bo‘lgan manbalar, geometrik va algebraik 
hisob-kitob paydo bo‘lgan edi. Uchburchak va trapetsiyalarning yuzasini topish, 
kvadrat asosli piramidaning hajmini topish, oddiy tenglamalarni yechish usullari, 
Pifagor teoremasi va oddiy arifmetik progressiyaning yig‘indisini topish 
metodlari kashf qilingan. O‘sha davrlar kriptgografiyaning talabgorlari 
boshqaruv va diniy hokimiyat vakillari hisoblanar edi. 
Arab davlatlarining uyg‘onish davrida (8 asr) kriptografiya yangi 
rivojlanish bosqichiga o‘tdi. 855 yilda “Qadimgi yozuv sirlarini ochishga 
insonning harakati haqidagi kitob” nomli qo‘llanma yaratildi. Bu qo‘llanmada 
shifr tizimlarning tariflari va bir qancha shifr alfavitlarning namunalari 
keltirilgan. 1412 yili “Shauba Al-Asha” nomli 14 tomdan iborat bo‘lgan ilmiy 
ensiklopediya yaratiladi. Bu ensiklopediyani tuzgan shaxs Shixob Al Kashkandi 
edi. “Shauba Al-Asha” da kriptografiyaga oid bo‘lim bo‘lib, unda barcha 
mashhur shifrlash usullariga ta’riflar keltirilgan. Ushbu bo‘limda kriptotahlil 
tizimining ochiq tekst va yopiq tekstlarning o‘zaro shifrlashga oid ma’lumotlari 
ham kiritilgan. O‘sha davr sharq matematikasi haqida gap ketganda, albatta bu 
o‘rinda yurtdoshimiz Al Xorazmiyning sonlar ustida arifmetik amallar haqidagi 
asari “Al-jabr val- muqobala”ni keltirishimiz mumkin. “Algebra” so‘zi ushbu 
asarning nomidan kelib chiqqan. Olimning nomi esa fanda “Algoritm” shaklida 
fanda abadiy o‘rnashgan. 
Kriptografiya tarixini shartli ravishda to‘rtta bosqichga ajratish mumkin: 
sodda, formal (rasmiy), ilmiy, kompyuterli. 

Yüklə 302,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin