###### Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar «Kriptografiya»



Yüklə 40,49 Kb.
səhifə1/15
tarix08.05.2023
ölçüsü40,49 Kb.
#109514
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
###### Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar «Kriptografiya»


###### 1.Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar
«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildiradi. Birinchi, marta u yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‘lgan har qanday axborotga nisbatan qo‘llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo‘llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo‘llaniladigan usullaning o‘zi axborotni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p jarayonlarda ishlatilishi mumkin.
Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elektron pochta orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qo‘shilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyuter tarmog‘iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko‘p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta’minlash deyiladi. Kriptografiyada qo‘llaniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan axborotlarning haqiqiyligini ta’minlashi mumkin.
Kriptografik kalitni qo‘llab, shifrlash algoritmining o‘zida himoyalashga bo‘lgan talablarni kamaytirish mumkin. Endi himoyalash ob’ekti sifatida faqat kalit xizmat qiladi. Agar kalitdan nusxa olingan bo‘lsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan engildir. SHuning uchun ham kodlashtirish emas, balki shifrlash axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng qo‘lamda qo‘llanilmoqda. Sirli (maxfiy) aloqalar soha kriptologiya deb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha «kripto» - sirli va «logus» - habar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.
Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat.
Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:

  • simmetriyali bir kalitlik (maxfiy kalit);

  • assimetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:

  • Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir – birlariga uzatishlari mumkin?

  • Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?



Yüklə 40,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin