Ii bob. Axborotlarni himoyalashning klassik



Yüklə 302,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü302,72 Kb.
#166895
1   2   3   4   5
kripto

Ilmiy kriptografiyaning
(1930-60 yillar) boshqalardan ajralib turadigan 
tomoni - kriptobardoshliligi qat’iy tarzda matematik formulalar orqali 
asoslangan kriptografik tizimlarning paydo bo‘lishidir. 30-yillarning oxirlarida 
kriptologiyaning ilmiy asoslari bo‘lgan matematikaning alohida bo‘limlari: 
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, umumiy algebra, sonlar nazariyasi, 
axborotlar nazariyasi, kibernetika shakllandi. Algoritmlar nazariyasi aktiv tarzda 
rivojlandi. Klod Shennonning «Maxfiy tizimlarda aloqa nazariyasi» (1949) ishi 
o‘ziga xos chegara bo‘lib, kriptografiya va kriptotahlilning ilmiy asoslariga 
zamin yaratdi. Shu vaqtdan boshlab, kriptologiya - axborot maxfiyligini 
ta’minlash uchun qayta o‘zgartirish haqidagi fan to‘g‘risida so‘z yuritila 
boshlandi. Kriptografiya va kriptotahlilni 1949 yilgacha rivojlanish bosqichini 
ilmiy kriptologiyagacha bo‘lgan davr deb atash mumkin. Shennon «sochilish» va 
«aralashtirish» kabi tushunchalarni kiritdi va yetarlicha mustahkam 
kriptotizimlarni tuzish imkonini asosladi. 
1960 
yillardan boshlab, 
yetakchi kriptografik 
maktablar, rotorli 
kriptotizimlar bilan taqqoslaganda ancha mustahkam bo‘lgan, lekin amaliyotda 
faqatgina raqamli elektron qurimalardagina bajariladigan blokli shifrlarni tuza 
boshladilar. 
Kompyuter 
kriptografiyasiga
(1970-yillardan 
boshlab) 
«qo‘lda 
bajariladigan» va «mexanik» shifrlardan bir necha barobar katta 
kriptobardoshlilikka ega bo‘lgan shifrlashni katta tezlik bilan bajarilishini 
ta’minlovchi samarali hisoblash vositalarini paydo bo‘lishi bilan asos solindi. 
Blokli shifrlar qudratli va kompakt hisoblash vositalari paydo bo‘lishi bilan 
amaliyotda qo‘llanilgan dastlabki kriptotizimlar sinfidir. 1970 yilda DES 
Amerika Qo‘shma Shtatlari shifrlash standarti ishlab chiqildi (1978 yilda qabul 


19 
qilindi). Uning mualliflaridan biri Xorst Feystel (IBM xodimi) boshqa simmetrik 
kriptografik tizimlar uchun ham asos bo‘ladigan blokli shifrlash modelini 
tavsifladi. Xuddi shu model asosida boshqa shifrlash modellariga nisbatan 
mustahkamroq bo‘lgan GOST 28147-89 simmetrik kriptotizimi yaratilgan. 
DES ning paydo bo‘lishi bilan kriptotahlil ham ancha boyidi, amerika 
algoritmiga hujum qilish kriptotahlilning bir nechta ko‘rinishlari (chiziqli, 
differentsial va boshqalar) tuzildi. Ularning amaliyotda qo‘llanilishi faqatgina 
qudratli hisoblash tizimlarini paydo bo‘lishi bilan amalga oshishi mumkin. XX 
asrning 70 - yillarining o‘rtalariga kelib maxfiy kalitni tomonlarga uzatishni 
talab qilmaydigan nosimmetrik kriptotizimlarning paydo bo‘lishi bilan 
zamonaviy kriptografiyada haqiqiy burilish yuz berdi. Bunda 1976 yilda Uitfild 
Diffi va Martin Xellman tomonidan nashr qilingan «Zamonaviy 
kriptografiyaning yangi yo‘nalishlari» nomli ishi asosiy hisoblanadi. Bu ishda 
birinchi bo‘lib, shifrlangan axborotni maxfiy kalitni o‘zaro almashmasdan 
uzatish tamoyillari shakllantirilgan. Ularga bog‘liq bo‘lmagan holda Ralf Merkl 
ham nosimmetrik kriptotizimlar g‘oyasini ishlab chiqdi. Bir necha yillardan 
keyin Ron Rivest, Adi Shamir va Leonard Adlemanlar birinchi amaliy 
nosimmetrik kriptografik tizim bo‘lgan, katta tub sonlarni faktorizatsiyasi 
muammosiga 
asoslangan 
RSA 
tizimini 
ixtiro 
qilishdi. 
Nosimmetrik 
kriptografiyada darhol bir nechta yangi amaliy yo‘nalishlar, xususan elektron 
raqamli imzo (ERI) va elektron pul to‘lovi yo‘nalishlari ochildi. 
1980-90 yillarda kriptografiyaning mutlaqo yangi yo‘nalishlari: ehtimolli 
shifrlash, kvant kriptografiyasi va boshqalar paydo bo‘ldi. Ularning amaliy 
qiymatini tushinish hali oldinda. Simmetrik kriptotizimlarni takomillashtirish 
ham haligacha dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bu davr ichida feystel to‘riga 
ega bo‘lmagan shifrlar (SAFER, RC6 va boshqalar) yaratildi. 2005 yildan 
boshlab O‘zbekistonda ham yangi milliy shifrlash va raqamli imzo standartlari 
qabul qilindi. 
Kriptografiya axborot konfidentsialligi va yaxlitligini nazorat qilishni 
ta’minlovchi hamma narsadan ko‘ra qudratli vositadir. Ko‘pgina munosabatlarda 


20 
u xavfsizlikning dasturiy – texnik boshqaruvchilari o‘rtasida markaziy o‘rin 
egallaydi. Masalan, portativ kompyuterlarda, ma’lumotlarni jismoniy 
himoyalash juda qiyin, faqatgina kriptografiya hatto axborot o‘g‘irlanganda ham 
uning konfidentsialligini kafolatlash imkonini beradi. 

Yüklə 302,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin