Atrof muhitni muxofaza qilishning huquqiy asoslari
3. Respublika Vazirlar Mahkamasi. Tabiatni muhofaza qilish davlat siyosatini amalga oshirish bilan shug’ullanadi, ekologik maqsadlardagi davlat dasturlarini ishlab chiqaradi, ularni qabul qiladi, bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslar hisob-kitobini olib boradi va baholashga javob beradi. Uning vakolatiga barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari, korxona va muassasalar, tashkilotlar faoliyati va ekologik huquqiy me’yorlar, standartlarga amal qilish ustidan davlat ekologik nazorati, davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish, atrof-muhit sifati me’yorlarini ishlab-chiqish, ifloslovchi birikmalar va chiqindilarni chiqarish va tashlashga ruxsatlar berish va bekor qilish kiradi.
4. Respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi. Ekologik-gegienik me’yorlar va himoya vositalari hamda tadbirlarini ishlab chiqardi, atrof-muhit sifati me’yorlarini tasdiqlaydi. Aholi yashaydigan joylarda atmosfera havosini va ichimlik suvini ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash usullarini ishlab chiqaradi, ifloslantiruvchi moddalar uchun ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalarning sanitariya me’yorlarini tasdiqlaydi. Turar joy uylari qurilishida yo’l qo’yiladigan shovqin darajasi, infratovush va past chastotali shovqinlarining yo’l qo’yiladigan darajasini belgilaydi.

5. Respublika Makroiqtisodiyot va Statistika Vazirligi. Atrof-muhit holatini qisqa muddatli va uzoq muddatli bashoratlarini tuzadi, shuningdek, harajatlar va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari bo’yicha barcha axborotlarni umumlashtiradi.