1.Atrof muhitni muxofaza qilish borasidagi qabul qilingan qonunlar:
2.”Atrof muxitni muxofaza qilish”, ”Atmosfera havosini muhofaza qilish”, ”Chiqindilar to’g’risida” qabul qiligan qonunlar.
3. Atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat va jamiyat tashkilotlari.
4.Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini davlat qarorlari, konstitutsiyasida yoritilishi.
5.Atrof muhitni muhofaza qilish soxasida xalqaro xamkorlik va xalqaro tashkilotlar.
1.Atrof muhitni muxofaza qilish borasidagi qabul qilingan qonunlar:
Hozirgi paytda O’zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning quyidagi tizimlari faoliyat ko’rsatmoqda.
1. Respublika Oliy Majlisi (Parlamenti). U tabiatni muhofaza qilishni davlat siyosati belgilaydi, qonuniy ekologik rasmiy hujjatlarni qabul qiladi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo’mitasi va boshqa muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti. Vujudga kelgan barcha ekologik muammolar bo’yicha strategik qarorlarni qabul qiladi va atrof-muhitni muhofaza qilish soxasida Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga raxbarlik qiladi.
3. Respublika Vazirlar Mahkamasi. Tabiatni muhofaza qilish davlat siyosatini amalga oshirish bilan shug’ullanadi, ekologik maqsadlardagi davlat dasturlarini ishlab chiqaradi, ularni qabul qiladi, bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslar hisob-kitobini olib boradi va baholashga javob beradi. Uning vakolatiga barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari, korxona va muassasalar, tashkilotlar faoliyati va ekologik huquqiy me’yorlar, standartlarga amal qilish ustidan davlat ekologik nazorati, davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish, atrof-muhit sifati me’yorlarini ishlab-chiqish, ifloslovchi birikmalar va chiqindilarni chiqarish va tashlashga ruxsatlar berish va bekor qilish kiradi.