5. Yangi texnika va texnalogiyalarni, shuningdek, yangi korxonalar qurish loyihalari va rekonstruksiyasi bo’yicha davlat ekologik ekpertizasini o’tkazadi.
6. Moddalarni atmosferaga chiqarish, chiqindilarni yo’qotish, suvdan va atmosfera havosidan foydalanish, Yerlarni ajratish uchun ruxsatnomalar beradi. 7. Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro hamkorlik, rejalarini tuzadi va amalga oshiradi.
Tabiatni muhofaza qilish qonunini buzganlik uchun aybdorlarga quyidagi choralarni qo’llash nazarda tutilgan.
Tabiatni muhofaza qilish qonunini buzganlik uchun aybdorlarga quyidagi choralarni qo’llash nazarda tutilgan.
1. Intizomiy jazo. Hayfsan e’lon qilish, o’rtacha oylik ish haqining 20%dan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima solish ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o’rtacha oylik ish haqining 40%dan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima solish.
2. Ma’muriy javobgarlik. Davlat nazorat tashkilotlari tomonidan aybdor shaxslarga jarima solish.
3. Moddiy javobgarlik. Mansabdor shaxslar yoki alohida fuqorolar tomonidan yetkazilgan moddiy zararni undirib olish. 4. Jinoiy javobgarlik. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi asosida tartibga solinadi va 1, 4 va 8 oygacha ozodlikdan maxrum etish nazarda tutilgan.