Jizzax –maydoni 21 210 kv km,aholisi 1 million 374 ming,markazi Jizzax shahri,Paxtakor,Dashtobod shahrlari bor,janubda Morguzar tog`i va Turkiston tog` tizmasi,g`arbda esa Nurota tog` tizmasi joylashgan,Sirdaryodan suv oladigan kanallar,hamda Sangzor daryosidir,Sangzor daryosiga Jizzax suv ombori qurilgan,Aydarko`lning katta qismi va Arnasoy,Tuzkon ko`llari Jizzaxda joylashgan.Oltin,kumush,marmar,granit,ohaktosh va boshqa konlar mavjud.
Samarqand-Turkiston va Zarafshon tog` tizmalarining g`arbiy yonbag`rida joylashgan,shimoliga Nurota tog` tizmasi va Oqtog` kirib kelgan.Maydoni-16 770 kv.km,aholisi-3 million 857kishidan ortiq,daryosi-Zarafshon,kanallari-Darg`om,Narpay,O`ng qirg`oq,Chap qirg`oq,Markaziy magistral,Zarafshon,Eski anhor,Kattaqo`rg`on suv ombori mavjud.Oltin,volfram,neft,tabiiy gaz,marmar,granit,ohaktosh konlari mavjud,yozda harorat +38,+42,qishda -4,-20 C gacha,bir qismi Mirzacho`l va Qarnobcho`lga tog`ri keladi,3 ta qo`riqxona tashkil etilgan,
Nurota tog`-yong`oq davlat qo`riqxonasi,Nurota tog` tizmasining shimoliy yonbag`rida joylashgan,Zomin davlat qo`riqxonasi-Turkiston tog` tizmasining shimoliy yonbag`rida joylashgan,Zarafshon davlat qo`riqxonasi-Zarafshon daryosi bo`yida tashkil etilgan.Turkiston tog` tizmasining shimoliy yonbag`rida Zomin davlat milliy tabiat bog`i tashkil etilgan.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Qashqadaryo-Hisor tog` tizmasi Surxondaryo viloyatidan ajralib turadi,maydoni-28 570 kv.km,aholisi-3 million 261 mingdan ortiq,markazi-
Qarshi,Koson,Shahrisabz,Kitob,Chiroqchi,Qamashi,G`uzor,Muborak,Yakkab og` shaharlari ham bor.Asosiy daryosi-
Qashqadaryo,Tolimarjon,Chimqo`rg`on,Pachkamar suv omborlari,Eski Anhor kanali bor.Neft,tabiiy gaz,osh tuzi,marmar kabi konlar bor.
Surxondaryo-markazi Termiz,Denov,Boysun,Sho`rchi,Sherobod,Jarqo`rg`on kabi shaharlari bor,maydoni-20 100 kv.km,aholisi-2 million 612 kishidan ortiq,Boysuntog`,Bobotog`,Hisor,Ko`hitangtog` tizmalari,Amudaryo,Surxondaryo,Sherobod,To`palang kabi daryolar,Janubiy Surxon,To`palang suv omborlari,Sherobod,Zang kabi kanallari bor.Neft,tabiiy gaz,Toshko`mir,osh tuzi,marmar,ohaktosh konlari bor.
G`arbiy qismini Qarshi cho`li egallagan,janubiy qismida-Ko`hitang tizmasida Surxon davlat qo`riqxonasi,Hisor tog` tizmasining g`arbiy qismida Hisor davlat qo`riqxonasi tashkil etilgan.Zarafshon tog` tizmasining g`arbiy tarmoqlarida Kitob davlat geologiya qo`riqxonasi joylashgan.Qashqadaryo va Surxondaryo eng issiq viloyatlardan.
Dostları ilə paylaş: |