4-rasm. Moliyaviy hisobot transformatsiyasi bosqichlari.7
Ikkinchi yoʼli, milliy hisob tizimi bilan yonma-yon MHXSlariga muvofiq parallel hisob tizimini yuritish. Ikkala yoʼlda ham bitta talab mavjud. BHMSlari va MHXSlarini chuqur bilish, ularni qoʼllay olishda amaliy kompitentsiyaga ega boʼlish. Birinchi yoʼl eng koʼp qoʼllaniladigan, kam chiqim va nisbatan murakkablik darajasi baland emas.
Shuni taʼkidlash lozimki, moliyaviy hisobot transformatsiyasining tartib va qoidalarini belgilaydigan MHXSlari mavjud emas. Shu bois, har bir korxona oʼzining hisob siyosatida transformatsiya asoslarini mustaqil ishlab chiqishi lozim. Lekin, bugungi kunda mamlakat miqyosida transformatsiyaning metodologik masalalariga umumiy yondashuvning ishlab chiqilmaganligi buxgalter va auditorlar oldida qiyinchiliklar va ayrim chetlanishlarga va xatolarga yoʼl qoʼyilishiga olib kelmoqda. Ushbu holatlarga barham berish maqsadida transformatsiyaning umumiy yondashuvlarini ishlab chiqish, toʼplangan tajribalarni umumlashtirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
O‘tgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, buning natijasida auditning xalqaro standartlarini tan olishga extijoy sezildi.
Auditnig milliy standartlaridan voz kechishga bir muncha sabablar mavjudligi aniqlandi:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo‘lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini ta’minlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy ta’sir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora ko‘rish imkonini bermayapti;
beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume’tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishini ta’minlamayapti.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yurtboshimizning 19.09.2018 yildagi PQ-3946-son qarori asosida mamlakatimizda auditning xalqaro standartlari tan olindi.
Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning хalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasini ishlab chiqdi. Idora saytida shu haqda хabar berilgan. (1-ilova). 8 Loyiha 19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan, unga koʻra 2020 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan auditning хalqaro standartlari asosida amalga oshiradilar. 9 Loyihada taklif qilinayotgan normalar amaliyotda qoʻllanilgan prinsiplar asosida tuzilgan. Ularning joriy etilishi koʻrsatilgan auditorlik хizmatlari natijalariga ishbilarmonlar va umuman jamoatchilik ishonchini shakllantirish va oshirishga yoʻnaltirilgan хalqaro standartlar asosida auditorlik хizmatlari bozorining yanada rivojlanishini, respublikada ishbilarmonlik muhiti yaхshilanganining asosiy omili sifatida auditorlik kasbi nufuzi va auditorlik хizmatlari sifati oshishini ta’minlaydi.
Nizom loyihasida Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun auditning хalqaro standartlari (AXS) belgilangan, ya’ni:
a) sifat nazoratining хalqaro standarti;
b) moliyaviy aхborot auditining хalqaro standartlari;
c) moliyaviy aхborot auditining amaliyoti toʻgʻrisidagi хalqaro hisobotlar;
d) obzorli tekshiruvlar oʻtkazish boʻyicha vazifalarning хalqaro standartlari;
e) ishonchni ta’minlovchi, moliyaviy aхborot auditi va obzorli tekshiruvlaridan farqlanuvchi vazifalarning хalqaro standartlari;
f) audit bilan birga koʻrsatiladigan хizmatlarning хalqaro standartlari;
j) Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi tomonidan auditning хalqaro standartlarining ajralmas qismi sifatida belgilangan boshqa hujjatlar;
h) yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarga («a»-«j») kiritiladigan oʻzgartirishlar.
Shuningdek hujjatda Oʻzbekistonda qoʻllash uchun AXSni tan olish tartibi taklif etilgan:
• Xalqaro buхgalterlar federatsiyasidan davlat tiliga tarjima qilingan AXS matniga huquqlarning berilishini tasdiqlovchi hujjatni olish;
• rus tilidagi AXSdan foydalanish huquqini olish uchun Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi bilan shartnoma imzolash;
• davlat va rus tilidagi AXS matnini Moliya vazirligining veb-saytlarida e’lon qilish;
• AXS hujjatlarining dolzarbligini ta’minlash.
Auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
-auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ta’sirchan tizimini shakllantirish;
-yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta’minlash;
-auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qo‘llash masalalarida faol uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;
-auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qo‘llash sohasida jahonning ilg‘or tajribasini ommalashtirish bo‘yicha faoliyatini faollashtirish ustuvor yo’nalish etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini qo‘llash tartibi:10 auditning xalqaro standartlarini tan olish uchun O‘zbekiston auditorlar palatasi va XBF o‘rtasida shartnoma tuziladi;
auditning xalqaro standartlarini davlat tiliga tarjima qilish uchun uning ingliz tilidagi matnini XBFdan rasmiy ravishda qabul qilinadi;
auditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilinadi;
tarjima qilingan auditning xalqaro standartlari matnini auditorlik tashkilotlari, ekspertlar, ilmiy va pedagogik jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilib boriladi;
Moliya vazirligi tashkil etgan komissiya tomonidan auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligini ko‘rib chiqiladi;
O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan tarjima qilingan auditning xalqaro standartlarini tarjima qilish tartibiga muvofiqligini tasdiqlash uchun XBFga yuboriladi;
XBF tomonidan tarjima qilish tartibiga muvofiqligi tasdiqlangan auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining tan olish to‘g‘risidagi buyrug‘ini qabul qilinadi;
auditning xalqaro standartlarini Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston auditorlar palatasi va XBF o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq XBFdan rasmiy ravishda qabul qilingan auditning xalqaro standartlari davlat tiliga tarjima qilinadi. O‘zbekiston auditorlar palatasi XBFga yillik a’zolik badallarini to‘lab boriladi.
Tarjima qilingan auditning xalqaro standartlari O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi va ularning davlat tilidagi matni Moliya vazirligining hamda Auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlari orqali jamoatchilikka taqdim etib boriladi.
Jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligini ko‘rib chiqish uchun Moliya vazirligida komissiya tuziladi.
Komissiyaning tarkibi va reglamenti O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Komissiyaning tarkibi vakolatli davlat organlari, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, auditning xalqaro standartlaridan foydalanuvchilar, auditorlik tashkilotlari, xalqaro ekspertlar, ilmiy jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lib, kamida yetti nafarni tashkil etadi.
Komissiyaning auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligi bo‘yicha xulosasi asosidagi Auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi tarjimasi O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan XBFga tarjima qilish jarayoniga amal qilinganini tasdiqlash uchun yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini joriy etish to‘g‘risidagi qaror Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini amalga kiritish to‘g‘risidagi qarori XBF tomonidan tarjima qilish jarayoniga muvofiqligi tasdiqlangandan so‘ng qabul qilinadi.
Auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun tan olish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son qaroriga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining auditning xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun tan olish to‘g‘risidagi buyrug‘i Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.11 O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun tan olish to‘g‘risidagi buyrug‘i va auditning xalqaro standartlari matnlari Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Agar auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni bilan uning ingliz tilidagi matni o‘rtasida farq aniqlansa, manfaatdor shaxslar davlat tilidagi matnga aniqlik kiritish uchun O‘zbekiston auditorlar palatasiga murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston auditorlar palatasi auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matniga aniqlik kiritish uchun uni Komissiyaga qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Komissiya ushbu farq tasdiqlangandan so‘ng belgilangan tartibda auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matniga tegishli tushuntirish berish uchun Moliya vazirligiga xulosa beradi.
O‘zbekiston auditorlar palatasi auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matnining doimiy ravishda yangilanib borilishini ta’minlaydi.