1-jadval15 O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
O‘zbekiston auditorlar palatasi
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — XBF) bilan auditning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — AXS)dan davlat tili va boshqa tillarda foydalanish huquqini olish uchun shartnoma tuzadi.
Belgilangan muddatlarda
2-bosqich
O‘zbekiston auditorlar palatasi
AXSni davlat tiliga tarjima qilish uchun uning ingliz tilidagi matnini XBFdan rasmiy ravishda qabul qiladi.
Shartnoma tuzilgandan so‘ng 10 kun mobaynida
3-bosqich
O‘zbekiston auditorlar palatasi
AXS matnini davlat tiliga tarjima qiladi.
Ingliz tilidagi matnini XBFdan rasmiy ravishda qabul qilgandan so‘ng 40 kun muddatda
4-bosqich
Moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
Tarjima qilingan AXS matnini auditorlik tashkilotlari, ekspertlar, ilmiy va pedagogik jamoatchilik vakillari bilan muhokama qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida AXSni amalga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Davlat tili va boshqa tillarga tarjima qilingan AXSni o‘zining va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida e’lon qiladi.
XBFdan tasdiqlangandan so‘ng 5 ish kuni davomida
8-bosqich
Auditorlik tashkilotlari
Auditorlik faoliyatini auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish
Doimiy ravishda
XULOSA Jahon mamlakatlari tajribasidan maʼlumki, iqtisodiy integratsiya mamlakatlarning rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi. Buning ijobiy samarasi oʼlaroq, buxgalteriya hisobi va audit sohasida ham yirik integratsion tuzilmalar, mintaqaviy tashkilotlar tuzilgan. Аyniqsa, mintaqaviy tashkilotlarning faoliyati tahsinga sazovordir. Yevropa mamlakatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Lotin Аmerikasi mamlakatlari buxgalter va auditorlarining mintaqaviy tashkilotlari shular jumlasidandir. Xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvidan oʼtkazishni takomillashtirish borasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
1. Zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini tashkil etish jarayonida moliyaviy hisobot auditini takomillashtirishga oid nazariy taklif va amaliy tavsiyalarning joriy etilishi orqali samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga erishiladi. Tashqi foydalanuvchilar uchun xalqaro standartlarga muvofiq shakllangan auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish axborot olish va umumiqtisodiy koʼrsatkichlar tizimini yaratish imkonini beradi.
2. Аksiyadorlik jamiyatlarida iqtisodiy boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ularning aktsiyalarini xalqaro birjalarda joylashtirish, investorlarning qiziqishini oshirish hozirgi kunda muhim va dolzarb masalaga aylangan. Moliyaviy hisobotning har bir elementini tekshirish, ularning holatini aniqlash va ularga obʼektiv baho berish auditorlik tekshiruvining zaruriy tahliliy amallaridan hisoblanadi. Moliyaviy elementlarining eng asosiy koʼrsatkichlari aktivlar, kapital, majburiyatlar, daromad va xarajatlari chuqur tahlil qilinishi auditorlik xulosasi aniq turining shakllanishiga asos yaratadi.
3. Respublikamizning jahon iqtisodiy integratsiyasiga kirib borishi, Oʼzbekistonda ochiq iqtisodiyotning qaror toptirilayotganligini, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy aloqalarimizning mushtarak ekanligini inobatga oladigan boʼlsak, Markaziy Osiyo mintaqasida buxgalterlar va auditorlar mintaqaviy federatsiyasini tuzish lozim. Bevosita bu tashkilotning asosiy vazifalaridan biri boʼlib, auditorlik standartlarini unifikatsiyalashgan holda ishlab chiqish, deb belgilanishi lozim.
4. Xalqaro audit standartlarini respublikamizda qoʼllash borasida talaygina muammolar mavjud. Bular jumlasiga xalqaro standartlarni biladigan mutaxassislarning yetishmasligi kabi muammolar mavjud boʼlib, ularni oʼz vaqtida hal qilish dolazarbdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O’zbekiston, 2017.
2. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni. (yangi tahriri) 2016 y. 13 aprel.
3. O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni. 2021y. 22 fevral.
4. “Audit” A. To’ychiyev, I. Qo’ziyev, O. Masharipov. Darslik 2019-y
5. Tuychiyev A.J., O.T.Astanaqulov “Xizmat ko’rsatish sohalarida auditning xususiyatlari” O’quv qo’llanma T.: “IQTISOD-MOLIYa” 2017 y
6. A.Karimov, Z.Muqumov, M.Khodjayev, A.Avloqulov “xalqaro audit” darslik, Toshkent-2019y
7. I.Meliyev. M.Abduraimova “Audit” O’quv uslubiy majmua, Toshkent-2021y
8. Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulajodjayeva,SH.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq. Toshkent-2018y
Internet saytlari:
https://www.ifac.org. – Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi rasmiy sayt.
https://www.mf.uz. – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti.
https://www.mineconomu.uz. – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining rasmiy sayti.
https://www.stat.uz. – O’zbekiston Respublikasi Statistika qumitasining rasmiy sayti.
https://www.uzaudit.uz. – O’zbekiston Respublikasi Auditorlar Palatasining rasmiy sayti.
https://www.naab.uz. – O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti.
https://www.theiia.org. – Ichki auditorlar institutining rasmiy sayti.
https://www.aicpa.org - Amerika diplomli jamoatchi buxgalterlar institute rasmiy sayti.
https://www.ifac.org
https://www.mf.uz
https://www.naab.uz.
https://www.uzaudit.uz.
https://lex.uz/ru/docs/-3914502
https://www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari
https://lex.uz/ru/docs/-3914502
1 Sh. Mirziyoyev- “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori - Toshkent 2018y
2 O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni. (yangi tahriri) 2016 y. 13 aprel
3 https://www.ifac.org. – Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi rasmiy sayt.
4 Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos” nomli buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS).
5 “Audit” A. To’ychiyev, I. Qo’ziyev, O. Masharipov. Darslik 2019-y
6 Mirziyoev Sh. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʼnalishlariga bagʼishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «Oʼzbekiston», 2017. 8-bet.
8 http://www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari o’zbekistonda xalqaro audit standartlarni joriy etish tartibi to’g’risida.
9 http://lex.uz/ru/docs/-3914502 Yurtboshimizning 19.09.2018yildagi PQ-3946-son qarori
10 http://www.norma.uz/oz/nhh_loyihalari o’zbekistonda xalqaro audit standartlarni joriy etish tartibi to’g’risida.
11 https://lex.uz/ru/docs/-3914502
12 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Аktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-4720 Farmoni. www.lex.uz
13 Tashnazarov S.N. Moliyaviy hisobotning MHXS boʼyicha transformatsiyasi zarurati, mohiyati va bosqichlari // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyunь, 2017 yil
14 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-3946-son Qarori. www.lex.uz