Auditda tekshiruvida ichki auditorlar ishidan foydalanish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə1/9
tarix01.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#121829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Arraboyev Sh Auditda boshqa auditorlarning ishi


MUNDARIJA:




Kirish...............................................................................................................

3


Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish. ahamiyati va zaruriyati……………….......................................................

5


Auditda tekshiruvida ichki auditorlar ishidan foydalanish.…...................

14


Auditorlar tomonidan jalb qilingan ekspert ishidan foydalanish............................................

20




Xulosa..............................................................................................................

36




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..................................................................

38


Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va respublikamizda bozor iqtisodiyoti asoslarini mustahkamlashga yo'naltirilgan islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida bank -moliya tizimi va xususiy tadbirkorlik sektori barqarorligini ta'minlovchi audit tizirni muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, mustaqil xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samaradorlik va unumdorlik ko'rsatkichlariga asosan baholash, korxonalar boshqaruv va moliyaviy faoliyati bilan bog'liq muammoli masalalar yuzasidan asosli tavsiya hamda yo'nalish berishda zamonaviy mustaqil auditning xizmati beqiyos. Bu esa milliy iqtisodiyotning xususiy sektori rivojida, shu jumladan, xususiy tadbirkorlik va moliyaviy munosabatlarini qo'llab-quvvatlash hamda mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari, demokratik davlat qurish va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratildi. Shu bilan birga bu jarayonda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun va kategoriyalari talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob, audit ishlarining integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda.
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi va auditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablaridan kelib chiqqan holda ko’rib chiqilishi lozim. Uning nazariy, amaliy, huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga oshiradigan auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi ekanligi ko’zga tashlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni ijrosi doirasida “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 4-maqsadida ichki audit xizmati xodimlarini malakasini oshirish va sertifikatlash tizimini yaratish ustuvor yo’nalish sifatida keltirib o’tilgan 1.
Yurtimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli Qarori qabul qilindi2
Bozor infratuzilmasini barpo etish va uning faoliyatini jadallashtirish bevosita qonuniy-me’yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog’liq. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishda qonuniy-me’yoriy asoslarga muhim e’tibor qaratish lozim.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me’yoriy asoslari tarkibida auditorlik standartlari muhim o’rin tutib, u ushbu kasb bilan shug’ullanishning muayyan me’yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditning milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashgaimkon yaratdi. Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin